PRAVOSLAVLAR - xristianlikda, katolik cherkovi bilan bir vaqtda pravoslaviye
yo’nalishi vujudga kelgan. Pravoslaviye Fapbiy Rim imperiyasidagidan keskin farq
qiladigan ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhitda rivojlangan. Vizantiyada
markazlashgan davlat hokimiyatining kuchli boshqaruv tizimi Fapbiy Rim imperiyasi
qulaganidan keyin yana uzoq vaqt davomida saqlanib kelgan. Davlatga imperator
rahbarlik qilgan. Imperator cheklanmagan xokimiyatga ega bo’lib, unga Konstantinopol
cherkovi ham bo’ysungan. Cherkov davlat apparatining tarkibiy qismiga aylantirilgan
va u imperiya manfaatlariga xizmat qilgan.
Sharqiy Rim imperiyasi hududida qadimgi madaniy markazlarning mavjudligi
Konstantinopol cherkovidan mustaqil cherkovlarning ajralib chiqishiga shart-sharoit
yaratgan. Ill—IV asrlarda Sharqiy Rim imperiyasi xududida Konstantinopol cherkovidan
tashqari, Aleksandriya (Misr) Antioxiya (Suriya), Ierusalim (Isroil) kabi mustaqil
cherkovlar paydo bo’lgan va undagi bo’linish jarayoni keyingi davrlarda ham davom
etgan.
Sharqiy Rim (Vizantiya)da mustaqil cherkovlarning mavjudligi bu yerda aslo diniy-
siyosiy markaz yo’qligini anglatmaydi. XI asrgacha Vizantiya imperiyasi Sharqning eng
qudratli davlatlaridan biri bo’lgan. Konstantinopol cherkovi imperiya xududidagi
mustaqil cherkovlarni vaqtinchalik bo’ysundirib, xristianlikning markaziga da’vogarlik
qilib, Rim papasiga qarshi kurash olib borgan.
Sharqiy cherkov rasman grek-kafolik cherkovi deb atalgan. «Cherkov» atamasiga
«kafolik» so’zining qo’shib ishlatilishidan, uning o’z e’tiqodini katolitsizm kabi jahon
diniga aylantirishga intilganligini ko’rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilganidek,
Sharqiy Rim imperiyasidagi vaziyat tamoman boshqacha bo’lgan. Keyinchalik islom
davlatlarining qattiq siquvi imperiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirgan. Birin-
ketin unga bo’ysundirilgan cherkovlar yana mustaqilligini tiklab olgan.
Hozirgi davrda 15 ta avtokefal (grekcha - autox o’zim kephale — boshman, ya’ni
mustaqil degan ma’nolarni anglatadi) pravoslav cherkovi mavjud. Bular -
Konstantinopol (Тurkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiya (Suriya, Livan) Ierusalim
(Isroil), Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Volga Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya va
Amerika cherkovlaridir. Avtokefal cherkovlar bilan birga avtonomiya maqomidagi
Sinay Fin va Yapon cherkovlari faoliyat olib bormoqda. XX asrning oxirlarida, Sharqiy
Yevropadagi siyosiy jarayonlar sababli, avtokefal cherkovlarning soni yanada ortdi.
Bu cherkovlar turli ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda faoliyat ko’rsatadilar va zamonning
dolzarb muammolariga turlicha munosabat bildiradilar.
Pravoslaviye cherkovlari diniy ta’limot, marosim va aqidalar masalasida bir-biridan
farq qilmayli. Diniy ta’limot asosini «e’tiqod ramzi» tashkil etali. «Etiqod ramzi» 12
paragrafdan iborat bo’lib, unda diniy ta’limotning asosiy aqidalari: xudoning
Do'stlaringiz bilan baham: |