3 – jadval
Aholining 1000 kishi hisobiga
Yillar
Tug‘ilgan
lar soni
ming
kishi
O‘lganlar
soni ming
kishi
Aholining
tabiiy
o‘sishi
ming kishi
Tug‘il
ganlar
soni
O‘lgan
lar soni
Aholining
tabiiy o‘sishi,
kishi
1980
540,0
118,9
421,1
33,9
7,5
26,4
1990
691,6
124,5
567,1
33,7
6,1
27,6
2000
532,1
135,2
397,9
22,1
6,1
16,0
2002
532,5
137,0
396,5
21,0
5,4
15,6
2004
540,4
130,4
410,0
20,8
5,0
15,8
2005
538,0
139,0
399,0
20,5
5,3
15,2
2006
555,9
139,6
416,3
20,9
5,3
15,6
2007
603,7
140,1
463,6
22,4
5,2
17,2
28
Aholining hayotiyligi koeffitsienti tug‘ilganlar sonini shu davrda o‘lganlar
soniga nisbati bilan topiladi. Bu ko‘rsatkich tug‘ilganlar o‘lganlardan necha baravar
ko‘p degan savolga javob beradi.
Tug‘ilganlar soni
Xk = ------------------------------
o‘lganlar soni
Hayotiylik koeffitsientini tug‘ilish koeffitsientini o‘lish koeffitsientiga bo‘lib
ham topiladi; bunda natija 1 dan katta bo‘lsa.
(
Ук
Тк
> 1 dan) aholida tabiiy o‘sish bo‘lgan, agarda
1 dan kichik bo‘lsa (
Ук
Тк
< 1 dan) aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lgan.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Respublika aholisi tabiiy
ravishda har yili 450-500 ming kishiga ko‘paymoqda.
Keyingi yillarda har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar ham, o‘lganlar soni ham
kamayib bormoqda. Tug‘ilganlar sonining kamayishi qishloq aholisining kamayib
borishi, ayollarning ijtimoiy hayotga faol aralashuvi va boshqa omillarga bog‘liq.
Mamlakatimizda o‘limning kamayishi esa, Respublikamizda sog‘lom avlodni
tarbiyalash, onalar sog‘ligini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlarning natijasidir.
Aholining mexanik harakati migratsiya natijasida bo‘ladi. «Migratsiya»
lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘chib yurish» ma’nosini anglatadi. Aholi
mamlakat miqyosida ham bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib borishi mumkin. Bunday
aholining harakati ichki migratsiya hisoblanadi. Keyingi yillarda aholi juda zich
joylashgan Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan cho‘lni o‘zlashtirish maqsadida Sirdaryo
va Jizzax viloyatlariga ko‘chib kelishdi. Aholining ichki migratsiyasi mamlakat
bo‘yicha aholi soniga ta’sir etmaydi, faqat ayrim hududlar uchun ta’siri bo‘ladi.
Aholining mamlakatdan boshqa joyga (chet elga) ko‘chib ketishi yoki chet
eldan kelishi xalqaro migratsiya hisoblanadi. Bunda aholining mutloq mexanik
o‘zgarishi ko‘chib ketganlar va ko‘chib kelganlar o‘rtasidagi farqga bog‘liqdir.
Agarda mamlakatga ko‘chib kelganlar (kk), shu davrda ko‘chib ketganlardan (kt)
ko‘p bo‘lsa, (kk >kt) mexanik o‘sish bo‘ladi. Agarda ketganlar (kt) soni, ko‘chib
kelganlar (kk) dan ko‘p bo‘lsa, mutloq mexanik kamayishni aniqlashimiz mumkin.
Aholi mexanik harakatining nisbiy quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Kelganlar
koeffitsienti (kK) boshqa joylardan ushbu aholi punkitiga doimiy yashash uchun
ko‘chib kelganlar sonini 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lamiz.
ko‘chib kelganlar soni x 1000
KKk = ----------------------------- -----
aholi o‘rtacha soni
Ketganlar koeffitsienti (KTk) – ushbu aholi punkitidan boshqa joyga doimiy
yashash uchun ko‘chib ketganlar sonini 1000 ga ko‘paytirib aholining o‘rtacha soniga
bo‘lamiz.
ko‘chib ketganlar soni x 1000
KTk = ----------------------------- -----
aholi o‘rtacha soni
29
Aholining mexanik harakat koeffitsienti doimiy yashash uchun ko‘chib
kelganlar va ko‘chib ketganlar o‘rtasidagi farqni 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha
soniga bo‘lish bilan topiladi.
Agarda ko‘chib kelganlar soni ko‘chib ketganlar sonidan ko‘p bo‘lsa, unda
mexanik o‘sish koeffitsienti aniqlanadi.
(kk – kt) x 1000
Muk = -------------------------; bu yerda
aholi o‘rtacha soni
Muk
→
aholining mexanik o‘sish koeffitsienti.
Agarda ko‘chib ketganlar soni, ko‘chib kelganlar sonidan ortiq bo‘lsa, unda
mexanik kamayish koeffitsientini (MKk) aniqlash lozim.
(kt – kk) x 1000
MKk = ------------------------- ;
aholi o‘rtacha soni
Har bir hudud miqyosida aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishi natijasida,
aholi sonining istiqboli aniqlanadi. Hududlar xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish,
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish rejalarni belgilashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |