Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/653
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#191735
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   653
Bog'liq
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer 
qarshilik ko‘rsatadi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat 
A. bajarganligi sababli u o‘limdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. A. 
taqvodorlarning jonini oson, gunohkorlarning jonini esa qiynab oladi degan fikrlar 
mavjud. 
 
 
AYNULQUZZOT, asl ismi Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Miyonjiy Hamadoniy (1099-
1132) - shayx, mutasavvif. Hamadon sh.da tug‘ilgan. Uning ilohiy hikmat va 
tabiatshunoslik ilmlariga oid "Yazdon shenoht" ("Xudoni tanish"), tasavvufning o‘n 
asosini talqin qiluvchi "Tamhidot" ("Tekislash"), xudoning sifatlari va zotiga 
bag‘ishlangan "Zubdat-ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar qaymog‘i") kitoblari bor. U aqlni bilim 
hosil qilishning muhim vositasi deb bildi. Mutafakkir fikricha, aql faqat moddiy dunyodagi 
voqealarnigina tushunib yetishi mumkin, Haqning mohiyatini anglashda esa, ojizdir. A. 
insonning mohiyatini ishq tashkil etadi, ishq vositasidagina inson kamolotga erishadi, 
ishq dunyoni harakatlantirib turadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, oliy darajadagi ilohiy 
ishq quyi darajadagi insonning dunyoviy ne’matlarga bo‘lgan rag‘batini inkor etmaydi, 
balki uni to‘ldiradi. "Kimki xudoni sevsa, uning rasuli, o‘zining piru murshidi va o‘z 
hayotini ham sevishi lozim", - deb yozadi. A. bir necha yil qozi ul quzzot - bosh qozi 
bo‘lib ishlagan va adolat yo‘lini tutgan, diniy ixtiloflarga qarshi turgan. Uning ijtimoiy-
axloqiy fikrlari O’rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron mutafakkirlariga ta’sir o‘tkazgan.  
 
 
AYYUB (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. A. ismi Qur’onda to‘rt 
o‘rinda zikr etilgan: Niso surasi 163-oyat, An’om surasi 84-oyat, Anbiyo surasi 83-oyat. 
Sod surasi 41-oyat. A. Muso (as)dan ilgari yashab o‘tganligi rivoyat qilingan, ba’zi 
rivoyatlarda esa, Ibrohim payg‘ambardan yuz yil ilgari yashagan deyiladi. A. o‘ta 
taqvodor, kambag‘allarga mehribon, yetim va bevalarga saxovatli, mehmondo‘st inson 
hamda o‘zi nihoyatda badavlat va serfarzand bo‘lgani rivoyat qilingan. Shunday 
imkoniyatlar sohibi bo‘lgan A. biron marta ham Allohga osiy bo‘ladigan ish sodir etmay, 
ibodatni tark qilmagan, har doim shukrona aytib yurgan. A. katta boylik egasi bo‘la 
turib, Allohga biron bir gunoh ish qilmaganidan shaytoni lain iztirobda edi. Chunki 
boshqa boylar har qadamda Allohga osiylik qilishardi. Va shaytoni lain hasad qilib 
Allohga xitob qiladi va: "Bu A. sening bergan molu davlating, farzandlaring va salomat 
qilib qo‘yganing uchungina senga ibodat qilib yuribdi. Men kafillik berurmanki, agarda 
sen uning molu dunyosini va sog‘ligini ketkazib, imtihon qilsang, albatta u kufrga ketib, 
seni unutadi" - deydi. Shu boisdan Alloh A. molu-dunyosini, farzandlarini halokatga 
uchratib, o‘zini ham og‘ir xastalikka mubtalo qilib sinaydi. Lekin A. boshiga har qancha 
musibat yetganda ham Allohning zikrini tilidan qo‘ymay, ibodatini aslo tark qilmaydi. A. 
yetgan og‘ir xastalik oqibatida u joyidan qo‘zg‘ala olmaydigan holga yetganida ham 
uning vafodor ayoli unga qarab, uni parvarish qilib turadi. Nihoyat shuncha og‘ir 
sinovlarni boshidan o‘tkazgan A.ga Alloh yana sog‘liq in’om qiladi va unga farzandlaru 
ko‘pgina molu dunyo ato etadi. Shu o‘rinda ulamolar bir mulohazani qayd etadilar: A.ga 
yetgan xastalik borasida turli rivoyatlar kelgan, jumladan A.ning tanasini yara bosib, 
qurtlar yeb, odamlar A.ni dashtga chiqarib yuborgan emish. Tavhid ulamolari qayd 
etadilarki, payg‘ambarlar bunday jirkanch xastalikka mubtalo qilinmaydilar. Zero, 
bunday holatga tushishlik payg‘ambarlik maqomiga to‘gri kelmaydi. A. qissasida va 
uning boshiga tushgan musibatlaru xastalikda hamda A.ning Allohga duo qilishi 
oqibatida uning shifo topib yana molu dunyo sohibi bo‘lishida mo’minlarga ibrat va 


Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   653




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish