MIR KULOL Buxoriy (taxm. 1288, Buxoro yaqinida (hoz. Kogon tumani)gi Suxor
qishlog‘i – 1371) - xojagon-naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, buxorolik yetti
pirning oltinchisi. Xoja Muhammad Boboyi Samosiydan tahsil olgan. Kulolchilik bilan
shug‘ullanganligi sababli Mir Kulol nomi bilan mashhur. "Silsilai Sharif"da 15-halqaning
piri sifatida kelgan. Uning 114 xalifasi bo‘lib, Bahouddin Naqshband, Shamsuddin Kulol
(Amir Temurning piri), Orif Deggaroniy eng mashhurlari sanalgan. Uning hayoti haqida
"Maqomati Mir Kulol" kitobi yaratilgan. Tug‘ilgan qishlog‘ida dafn etilgan Qabri ustida
maqbara o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |