HAROM MASJIDI (arab. - muqaddas masjid) - Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi va u
bilan bog‘liq bo‘lgan majmua. Qur’onda shu nom bilan tilga olingan. Bu majmua
qadimdan mavjud bo‘lgan, arablarda islomgacha ham sig‘iniladigan muqaddas joylardan
biri hisoblangan. Yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida 2-a.da Makka va undagi
ibodatxonaning mavjudliga qayd qilingan. 630 y. musulmonlar Makkani fath qilishgach,
H.m. islom dinining markazi, eng muqaddas ibodatxona deb tanilgan. H.m.
majmuasining markazida Ka’ba va hovlisida Zamzam bulog‘i, ikki tepalik (Safo va
Marva) bor. Tepaliklar tim bilan tutashtirilgan. Masjid 1570 y.da majmua bo‘lib
shakllangan. H.m. musulmonlar haj qiladigan muqaddas joy hisoblanadi. U
g‘ayrimuslimlar uchun yopiqdir. Oxirgi ta’mirlash ishlaridan so‘ng H.m. maydoni
kengayib, 328 ming kv.m.ni tashkil etadi. Bu esa, bir vaqtning o‘zida 730 ming, haj va
umra paytlarida esa, 1 mln. namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Haj marosimining
boshlanishi va tugallanishida albatta H.m.ga kelib, Ka’ba tavof qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |