ANBAR - erkaklar tobutining 4 burchagiga tik qoqilgan tayoqlarga o‘rnatilgan gazlama,
surp; shuningdek, ayollar tobutining tepasiga ishkom tarzida egib o‘rnatilgan tol
yog‘ochlari ustiga yopilgan malla bo‘z.
ANBAR BIBI MAQBARASI - Zangi ota majmuasi tarkibidagi maqbara. Toshkent
yaqinidagi Zangi ota qishlog‘ida barpo etilgan (15-a. boshlarida). Zangi ota maqbarasi
qatori bu yodgorlik ham Amir Temur zamonasi me’morlik an’anasining yorqin
namunasidir. Rivoyatlarga qaraganda, maqbara Zangi otaning xotini Anbar bibining
qabri ustiga qurilgan. Maqbara ichidagi ikkinchi qabr Anbar bibining avvalgi qaynonasi
Ulug‘poshshoniki. A.b.m. keyingi asrlardagi ta’mirlanish oqibatida hozir o‘zining asli
holatini deyarli yo‘qotgan. Anbar bibi xalq orasida afsonaviy shaxsga aylangan. U
kishining ruhiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan urf-odat va marosimlarning ko‘pchiligi suv
toshqini, bola tug‘ilishi va hosildorlik bilan bog‘liq bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |