SALOT - bir kunda, muayyan vaqtlarda ko‘rsatilgan tartib va shartlar asosida qilinadigan
ibodat. S. 5 ta islom ruknlarining eng muhimidir (yana q. Namoz).
SAMOSIY Xoja Muhammad Boboyi (13-a. oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlog‘i -
1340/1354) - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti
pirning beshinchisi.
Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan so‘ng xojagonlik silsilasini boshqargan.
"Silsilai sharif"da 14-halqaning piri sifatida keladi. U sayyid Mir Kulol Buxoriyga ta’lim
bergan. Bahouddin Naqshband tug‘ilgach, uch kunlik chaqaloqni ma’naviy farzandlikka
qabul qilib, shogirdi Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi bilan shug‘ullanishni topshirgan. S.
haqida "Maqomati Mir Kulol", "Maqomati Shohi Naqshband", "Nasoyim ul-muhabbat"
asarlarida muhim ma’lumotlar bor. Samos qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri ustidagi
maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida ta’mirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |