www.ziyouz.com kutubxonasi
255
SAVOB (arab. - yaxshilik, ezgulik, ajr) -diniy e’tiqodga ko‘ra, xudoning marhamatiga
loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va
faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat bo‘lib, bu islomda savob va gunoh deb ataladi.
Diniy ko‘rsatmalarni bajarish, inson manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatish kabilar S.
hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai a’moli)ga farishta vositasi bilan yozib boriladi.
Oxiratda insonlarning S. va gunohlari tarozuda tortilib, natijalar Allohning hukmiga
havola etiladi. Lekin, hadisi sharifda ta’kidlanishicha, insonning qilib o‘tgan har qancha
S. ishlari jannatga kirishga sabab bo‘la olmaydi. Unga kirish Allohning fazli, marhamati
va ehsoni xisoblanadi. S. ishlar esa, jannatga kirgandan keyin erishiladigan darajalar
uchun kerak bo‘ladi. S. so‘zi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |