AZRAQIYLAR - xorijiylardan ajralib chiqqan o‘ta murosasiz firqa tarafdorlari. Asoschisi -
Nafi ibn al-Azraq (685 y. v.e.). 7-a. ning 2-yarmida arab xalifaligining sharqiy hududida
xorijiylar harakati kuchayadi. A.ning umaviylar xalifaligiga hamda shialarga qarshi
qaratilgan eng yirik isyoni Iroq va Eronda boshlandi va 15 y. davom etdi (684-699).
Qullarni ozod etgani, ezilganlarni himoya qilgani uchun qishloq aholisi, ayniqsa forslar
A.ni qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga A.ning islomdagi boshqa oqimlarga nisbatan
mutaassiblarcha murosasiz va qattiqqo‘lligi, o‘z qarashlariga qo‘shilmagan barcha
kishilar, shu jumladan ayol va bolalarni ham o‘ldirishni talab qilishi, zinoga belgilangan
jazoni bekor etishi A. harakatining ijtimoiy negizini susaytirdi. A. tarafdorlari 8-a.dayoq
butunlay yo‘qolib ketgan.
AZROIL - islom dinida to‘rt bosh farishtadan biri (Jabroil, Mikoil va Isrofil bilan birga),
jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga ko‘ra, A. dastlab oddiy farishta bo‘lgan, Alloh
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |