www.ziyouz.com kutubxonasi
111
IBN ASOKIR (Abulqosim Ali ibn al-Hasan) (1105 - Damashq -1176) - tarixchi,
muhaddis, faqih va shoir. Madrasada tahsil ko‘rgach, o‘z bilimlarini yanada ziyoda
qilmoq istagida Iroq va Xuroson bo‘ylab kezib, u yerlardagi ulamolardan ta’lim olgan.
So‘ng Damashqqa qaytib, An-Nuriyya madrasasida mudarrislik qilgan. Tarix, hadis va
fiqhga doir ko‘plab asarlar yaratib, "Sadiqat ud-diyn" (Din vafodori) hamda "Nur ud-
diyn" (Din nuri) kabi faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan. Uning eng yirik asari "Tarixu
madiynati Dimashq" ("Damashq shahri tarixi") bo‘lib, u ko‘proq "Tarixu ibn Asokir" ("Ibn
Asokir tarixi") nomi bilan ma’lum. Shom (Suriya) va Damashq tarixi hamda shomlik
mashhur kishilar tarixiga bag‘ishlangan mazkur asar 80 jilddan iborat. I. A. hadis va fiqh
ilmiga oid "Al-Muvofaqot", "Al-Atrof lis-sunan", "Mu’jam ash-shuyux", "Manoqib ash-
shabob" nomli asarlar ham yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |