3 -rasm. Ishlab chiqarish omillari.
Yer ishlab chiqarishning tabiiy omilidir. U inson faoliyatining natijasi emas, balki tabiat in’omidir.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchisi uchun yer ishlab chiqarishning asosiy va bosh vositasi hisoblanib, u bir qator xususiyatlarga ega:
yer tabiiy va sun’iy hosildorlikka ega bo’lishi mumkin;
yer - tabiatning in’omi, u erkin asosda takror ishlab chiqarilishi mumkin emas;
insonning yer hosildorligiga ta’siri cheksiz bo’lishi mumkin
emas, chunki qaytimning kamayib borish qonuni bu sohada ham amalda bo’ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p j ihatdan ishlab
chiqarish jarayonida foydalaniluvchi asbob - uskunalar, mashinalar, inshootlar umumiyligini ifoda etuvchi kapital sifatiga bog’liqdir.
Insonning bilimi, ko’nikmalari, sog’lig’i ham iqtisodiyotda inson kapitali sifatida baholanadi.
Axborotlar ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va
boshqarish borasidagi bilimlar tizimini ifoda etadi. Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida axborotlar muhim o’rin tuta boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |