Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
DADAM QABRI 
 
Qora qishdan qutulmasdan turib olam
Dadam qabri ustidan o‘t ko‘klab chiqdi. 
Nima qilib yuribdi, deb, bebosh bolam? 
Balki ko‘ngli tinchimasdan yo‘qlab chiqdi. 
 
Odam bormi bu manzilga kelmaydigan, 
Odam bormi kelishini bilmaydigan
Tirik odam bormi seni tergaydigan? – 
Degan savol maysalarni chulg‘ab chiqdi. 
 
El qatori nasihatdan bezganim rost, 
Umidimni o‘zim tishlab uzganim rost. 
Qayda bo‘lmay, bir nigohni sezganim rost, 
Gunoh qilsam, o‘tkir nigoh tig‘lab chiqdi. 
 
Ba’zan qo‘lim, ba’zan esa sabrim etmas
Hayotimni oqlash uchun umrim etmas. 
Onamni haj qildirgani qurbim etmas, 
Hayit kuni yurakkinam ingrab chiqdi. 
 
Yillar o‘tib kim ulg‘aydi, kim qaridi, 
Kimdan oru nomus, kimdan dard aridi. 
Akalarga to‘kay, deb dil g‘amlarini – 
O‘ksib borsam, eshigidan yig‘lab chiqdi. 
 
Bildim, nega el oldiga osh qo‘yishar, 
Qachon yostiqqa bemalol bosh qo‘yishar. 
Ko‘klamasin deb, ustiga tosh qo‘yishar… 
Mening dadam qabridan o‘t ko‘klab chiqdi. 
 
2004 
 
 
SINGAN ODAM 
 
Singan odam, tuyg‘ulari tingan odam
Singan odam, qismatiga ko‘ngan odam. 
Siniq kulib, siniqqina ko‘rishadi, 
Kun ko‘radi, yashamaydi singan odam. 
 
Yuribmiz-da, deydi endi o‘g‘il-qiz deb, 
Qoraqozon yonidagi qorako‘z deb… 
Men hamisha yoningdaman, ketdik, do‘st, deb, 
Elkangga qo‘l tashlamaydi singan odam. 
 
Ko‘rilmagan katta xavfni ko‘rib qolgan, 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
Qochib borib o‘z ichiga kirib qolgan. 
O‘z jonining mazasini bilib qolgan
Senga jonin to‘shamaydi singan odam. 
 
Ko‘rdim singan shoxni – oppoq guli bilan, 
Egam goho shunday o‘ynar quli bilan. 
Goho urar bandasining qo‘li bilan… 
Odam isin xushlamaydi singan odam. 
 
Unga tegma, u sendan ayb qidirmaydi, 
Aybing bilsa ham birovga bildirmaydi. 
Singan odam singanlarni sindirmaydi. 
Begonaga o‘xshamaydi singan odam. 
 
2001 
 
 
MEHR HAQIDA 
 
Zilziladan to‘rt kun o‘tganda, 
        
 
 
 
Bomdan –  
Bir xabar yurakni titratdi yana. 
Qizchasin panalab qulagan tomdan
Omon asrab qopti jonfido ona. 
 
Qancha fursatimni yoqib isindim, 
Olovga tobladim mudroq tanimni. 
Birdan shu lahzada ro‘y-rost his qildim 
Onamni qanchalar sog‘inganimni. 
 
Mehr – quyosh demak. Har tong darchadan 
Qatim shu’la tushsin, tolim zar tushsin. 
Teng tushsin mehrning nuri barchaga, 
Ogahiy aytgandek, barobar tushsin! 
 
… Tursun Ali polvon bir gap aytgandi: 
Erkalab – suyganni bilarmish ilon. 
Odamzotning mehri tovlangan payti 
Odamday mo‘ltirab yig‘larmish ilon. 
 
Ko‘z yosh tomsagina quturarkan suv, 
Yer ham silkinarkan, qo‘psa nizolar. 
Dunyoni qutqarar faqat bir tuyg‘u – 
Mehrixon ayalar, 
 
  Mehrinisolar… 
 
2004 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish