Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
SESKANDIM 
 
Seskandim. Sochimning ostigacha ter, 
Osmon kemshik tishin ko‘rsatib kuldi. 
O‘tlarga o‘ranib qunush tortdi yer... 
Tushimda eng yaqin odamim o‘ldi. 
 
Shundog‘am bor bo‘yim shundoq g‘am edi, 
Tumanlar ichida sovqotganlarim... 
Mening boy berganim, nahot kam edi, 
Kammidi o‘ngimda yo‘qotganlarim? 
 
Kechagina quyun xo‘pladi-ketdi, 
Bir jahon quvonchim – bir hovuch gulni. 
Bu nechuk sitamu ne tahqir endi? – 
Tushimda eng aziz odamim o‘ldi. 
 
Soyda tosh sakratgan toza bolaydim, 
Soy suvi sachradi – ko‘zda yosh bugun. 
O‘sha toshlar qayta keldilar daydib, 
U toshlar ulg‘aydi – qabrtosh bugun. 
 
Og‘ridim – barq urgan daraxtday kuydim, 
Shoxlarim dilimni tirnadi, yuldi. 
Boshimga yulduzni tuproqday uydim – 
Tushimda eng aziz odamim o‘ldi. 
 
Ko‘nglimni o‘pgandi mas’um, mehribon, 
Men unga sajdalar qilgandim qadim. 
Azizim... Azizam... Eng aziz inson... 
Faqat eslolmadim... Eslay olmadim... 
 
1995 
 
ESIMDA 
 
Esimda hamma-hammasi: 
Ko‘zlar. Barmoqlar. Gul. Atir... 
Siz ham unutmagansiz, 
Maktublaringiz yo‘ldadir. 
 
Balki ertaga olarman, 
Mayliga, bitta so‘z, bir satr. 
Eng muhimi, men bilaman – 
Maktublaringiz yo‘ldadir. 
 
Umrim shamollarga kulgu, 
Sargashta ayladi taqdir. 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Adashib-adashib kelar-ku, 
Maktublaringiz yo‘ldadir. 
 
Hayotim o‘zgarar batamom, 
Ko‘nglim ko‘zadek to‘ladir. 
Sarhush yashaydirman hamon – 
Maktublaringiz yo‘ldadir. 
 
O‘n yil o‘tibdi. O‘n yil... 
Bu menga yagona daldadir. 
Har tong bir orziqib olar dil – 
Maktublaringiz yo‘ldadir. 
 
1995 
 
DERAZA PARDASI 
 
Deraza pardasi elkanday shishdi, 
Yana seni o‘ylab ko‘nglim uvishdi. 
Seni olib ketdi qaysi daryolar? 
Hamrohing bo‘ldilar qanday sabolar? 
 
Xonamga nastarin bo‘yi bo‘yladi, 
Sochlari rayhonim, seni o‘yladim. 
Bo‘ying to‘kildimi olis bog‘larga? 
Ko‘ngling ko‘nikdimi qarg‘a, zog‘larga? 
 
Kaptarlar bir-birin suyib o‘pishdi, 
Xayolim sen tomon qush bo‘lib uchdi. 
Sen nechun ketding, men nechun ketkazdim? 
Qanotimga o‘zim shikast etkazdim. 
 
Deraza raxiga boshimni qo‘yib, 
O‘yladim, yomg‘irsiz o‘tdimi to‘ying? 
Yig‘lamadim, faqat xo‘rsindim xolos, 
Boladek jimgina o‘ksindim xolos. 
 
1995 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish