Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet109/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
Oldimga to‘rlagan qovunni qo‘yar. 
 
Guvala o‘choqda habashday qumg‘on 
Tomog‘ini yirib qilar g‘arg‘ara. 
Hijolat aralash kamsuqum mezbon 
Belbog‘in to‘shaydi: noni qop-qora. 
 
Adabiy gaplarni tushunmaydi u, 
Faqatgina, rahmat, ota, deyoldim. 
Dilimda uyg‘ondi tug‘ishgan tuyg‘u: 
Olifta she’rlarim uchun uyaldim. 
 
Qishloqda qo‘shqo‘llab ko‘rishar bari, 
Begona hurmat bor nigohlarida. 
Toraygan bo‘tanasuv ariqlari, 
Ajriqlar hurpaygan qirg‘oqlarida. 
 
Uzoqqa ketgandim o‘zimni izlab, 
Behuda ish ekan, angladim, bildim. 
Bir payt nazarimga kirmagan qizlar, 
Iqbolim axtarib sizlarga keldim. 
 
Siz menga ishoning, siz meni seving, 
O‘ylagani qo‘rqqan o‘y – siringizman. 
Erka bolasiman shu og‘ir elning, 
Men sizlarning oshiq shoiringizman! 
 
Bitta qo‘shig‘ini kuylar bedana, 
Qovoqdan jonsarak izlaydi qo‘noq. 
Men sizni kuylayman yana va yana
Mayliga, desinlar: maddoh va no‘noq. 
 
Ko‘sakqurtdek semiz, tanbal, yaltiroq 
Shunday toifa bor – bo‘lganman ulfat. 
Yeganda o‘z g‘amin eydilar ko‘proq, 
Men ichu etim eb, chekkanman kulfat. 
 
Mayli, omon bo‘lsin yomon bo‘lsa ham, 
Shular bor, zerikib qolmaysan sira. 
Faqat basharasin eslaganing dam 
Ko‘ngil g‘ash tortadi, dil bo‘lar xira. 
 
Siz zahmat farzandi, mehnat asiri, 
Ukangiz, akangiz, do‘stingizman men. 
Kattamning ketmonda bitgan asari
Sizning aytolmagan so‘zingizman men. 
 
Bugun qoshingizda dardim dasturxon, 
Yuragim qovundek so‘yaman hozir. 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
Ming hijolat chekib, g‘o‘ra va nordon  
She’rimni non kabi qo‘yaman hozir. 
 
Ijozat, bo‘z tuproq kechayin men ham, 
Bo‘yinbog‘im otib kelganman atay. 
Sopol kosada choy ichayin men ham
Kitobimni yoqib qumg‘on qaynatay. 
 
O‘zing baho bergil, yaratguvchi el! 
Sening farmoning haq, sening amring haq. 
Ovozsiz, qog‘ozsiz dardlashaylik, kel, 
Men sening shoiring, jabrdiyda xalq! 
 
2006 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish