Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

QO‘QON SHAMOLI 
 
 
 
 
 
A’zam O‘ktamga bag‘ishlayman 
 
O‘qtin-o‘qtin g‘azab otiga minib, 
Vahshat solar telba Qo‘qon shamoli. 
Ko‘zlaring qisilib, qulog‘ing tinib, 
Ajrata bilmaysan yerdan samoni. 
 
Uch kun davom etar talotum, qutqu, 
Uch kun kattalarning tilida duo. 
Uch kun el taqvoga burkanar butkul, 
Ramazonda shuncha yodlanmas Xudo. 
 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Ayollar munis va mushfiq yanada, 
Nenidir sarhisob qilar erkaklar. 
Dunyodan uzilgan sirli xonada 
G‘o‘jaloq bolalar tinglar ertaklar. 
 
Nam tortgan devorlar qulaydi guppa, 
O‘qildizi kalta daraxtlar qular. 
Qurtlagan mevalar yer bilan bitta
Tegmanozik gullar, zaifa gullar… 
 
Buyuk imtihon bu! Buyuk sinov bu! 
Borni bor, yo‘qni yo‘q qilib berguvchi. 
Boshingga zo‘r savdo tushmasdan burun 
Kimning kimligini bilib berguvchi! 
 
Yashash qanday engil – shamoldan keyin 
Ajib bir xushhollik, bir ajib surur. 
G‘uborsiz havolar ipakdek mayin… 
Shamol, senga qulluq, senga tashakkur! 
 
…Bitta gap esimdan ketmaydi hamon: 
Bir sayyoh – el kezib rizqini tergan, 
Shamol mavsumiga tushib nogahon
Ko‘chib ketmaysizmi, degan, bu yerdan? 
 
Banda tadbir qilar, YAratgan – taqdir, 
Qismat quyunida chirpirab uchdim. 
Sayyohning so‘zidan kulgandim, oxir – 
She’rimga ergashib poytaxtga ko‘chdim… 
 
Qarayman, qurtlagan yuraklar to‘p-to‘p, 
Ildizsiz og‘ochlar tegar g‘ashimga. 
Ahyonda ko‘tarib suron, taloto‘p, 
Tentak shamollarim kirar tushimga. 
 
Nozik nihollari bo‘lsalar paymol, 
Roziman, bo‘ynimga barin uvoli. 
Bir marta teskari yursang, yuraqol, 
Toshkentda kutaman, Qo‘qon shamoli! 
 
2002 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish