Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol
Mirzo
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Quyun ho‘pladi gulbog‘larimni,
Bo‘ron ko‘tardi tuproqlarimni,
Bilmayin qoldim gunohlarimni.
Ishonganlarim – sirdosh bo‘lganlar,
Suhbati shirin, dildosh bo‘lganlar,
Yo‘lning yarmida yo‘ldosh bo‘lganlar –
Qayda, kim ko‘rdi hamrohlarimni,
Bilmayin qoldim gunohlarimni.
Jon desam, jondek jononim qani?
Har so‘zimga yuz qurbonim qani?
O‘zi – chin, so‘zi yolg‘onim qani?
Muncha
xor etdi nigohlarimni,
Bilmayin qoldim gunohlarimni.
Bitta gulim bor – so‘lmaydi aslo,
Mendan o‘zgaga ko‘nmaydi aslo,
Shukurki, ushlab bo‘lmaydi aslo,
Sizga ko‘rsatay barmoqlarimni
Bilmayin qoldim gunohlarimni.
2002
Do'stlaringiz bilan baham: