www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
"Albatta, bu eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik va, shubhasiz, O‘zimiz uni
saqlaguvchidirmiz". (Hijr surasi, 9-oyat.) Ya’ni, U (Qur’on) yo‘qolmaydi, buzilmaydi. Birov
yo‘qotolmaydi, buzolmaydi. Yo‘qotaman deganlar o‘zlari yo‘q bo‘lib ketadilar. Bunga 1400 yillik
tarix guvohdir.
Mana shunday to Qiyomatgacha qoladigan Kitobni keltirgan zot — Ollohning eng suyukli bandasi,
Uning so‘nggi Elchisi hazrati Muhammad alayhissalomdir. Demak, "La ilaha illalloh, Muhammadur
Rasululloh" deganimiz — ya’ni, "Olloh bittadir, Muhammad Uning Elchisidir", deganimiz bo‘lib, biz
Olloh taoloning bor va birligiga qanday ishonsak, Muhammad alayhissalom Ollohning elchisi
ekanligiga ham shunchalik ishonganimizdir. Olloh taoloning ko‘rsatmalarini faqat Muhammad
alayhissalomdan olamiz. Chunki bu ko‘rsatmalarni faqat Muhammad alayhissalom haq va to‘laligicha
insonlarga yetkazganlar. Odamlar tomonidan chiqarilgan har qanday bid’atlar, sharhlar Olloh taoloning
buyrug‘i emas.
Demak, biz, har birimiz "Muhammadur Rasululloh" deganimiz — Muhammad alayhissalom
Ollohning elchisi, men shu zotga ergashaman, deganimiz bo‘ladi ekan. Bu shunchaki tilda aytib
takrorlab yuradigan kalima emas, balki butun vujudimiz bilan aytib, bu kalimaning mas’uliyatini his
qilib yashashimiz kerak.
—
O‘rni kelganda Ollohning so‘nggi payg‘ambari Muhammad sallallohu alayhi vasallamning kim
ekani, u kishining qanday zot bo‘lganlari, jismoniy va axloqiy kamolotlari haqida aytib bersangiz...
—
Olloh taolo o‘zining eng so‘ngti va eng mukammal dinini O‘zining eng komil bandasiga
tushirdi. Shu zot orqali butun insoniyatga tarqaldi. Mana shuning o‘zi bu kishining qanday buyuk
shaxs ekanligiga dalolatdir. Qolaversa, tarix bizlarga ochiq dalolat beradiki, Rasulullohning
zamondoshlari — ular xoh payg‘ambarimizning sahobalari bo‘lsinlar, xoh kufr keltirib o‘tib ketganlar
bo‘lsin — ularning barchasi payg‘ambarimizning qanchalik mukammal inson bo‘lganliklari haqida
yozib qoldirib ketganlar. Shu xususdagi tarix kitoblaridan Rasululloh hayotining har bir kuni haqida
aniq hujjatlar topamiz. Bu hujjatlar tarixiy haqiqatlardir.
Muhammad alayhissalomning payg‘ambarlik maqomiga erishishlari, bu dunyo va Oxiratda eng
aziz inson bo‘lib olishlari uchun Olloh taolo u kishini tug‘ilishlaridan boshlab tarbiyaladi. Har qanday
xatoyu gunohdan ma’sum qilib balog‘atga yetkazdi. Haqiqiy voyalari — qirq yoshga yetganlarida
Birinchi oyat nozil bo‘lib, payg‘ambarlik davrlari boshlandi.
Muhammad alayhissalom suratlari juda go‘zal, har qanday kishi ko‘rsa havas qiladigan, chiroylik
qomatli kishi ekanlar. Bir sahoba: "Men Rasulullohni oy to‘lgan kechada ko‘rdim. To‘lin oy
chiroylimidi yoki Muhammad alayhissalommi, bilolmadim", deydilar. Bu Ollohdan qo‘rqadigan, faqat
haq gapni aytadigan sahobaning gapidir. Rasulullohniig butun jismoniy a’zolaridagi go‘zallikni ko‘rib
lol qolgan, u kishining haqiqiy insoniy go‘zal madaniy axloqlariga guvoh bo‘lgan va u kishiga ummat
bo‘lganlar mana shu tarzda tarixlarda o‘zlarining guvohliklarini yozib qoldirganlar. Rasulullohning
aqlu farosatlari shu kadar yetuk ediki, zamondoshlari har qanday kattayu kichik ishda ulardan maslahat
olar edilar. Hamma u kishining har qanday masalani adolat bilan yechib berishlariga ishonar edi.
Muhammad alayhissalomning payg‘ambar bo‘lgunlarigacha biron gunoh yoki xatoga yo‘l
qo‘ymaganliklariga tarix guvoh. Ya’ni, Olloh taolo Qur’ondek ulug‘ yukni qo‘ymoqchi bo‘lgan
bandasini shunday pok saqlab voyaga yetkazgan ekan. Go‘daklik chog‘laridayoq Rasulullohning
payg‘ambar bo‘lishlari alomati zohir bo‘lgan edi. Lekin buni payg‘ambarimizning o‘zlari ham,
boshqalar ham hali bilmas edilar. Bu alomatlar Qur’ondan avval kelgan Kitoblarda ham keltirilgan edi.
Ma’lumki, hazrati Iyso alayhissalomga Injil nozil bo‘ldi. Injil nozil bo‘lishidan avval — Odam
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |