www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Iffatli bo’lmoq yuksak insoniy fazilatlardan sanaladi. Iffat - poklik, gunoh va ma’siyatdan forig’-lik,
har jihatdan pokizalik demakdir. Kengroq qilib bularni odob-axloq kitoblaridan bilib olinadi. Adi-bul
Muxtor nomi bilan mashhur, shayxul islom, ruknul islom, hazrati ustoz bir she’r aytganlar:
Husni xulqda taqvo bor,
Т
aqvodorga shikastlik yor.
Kamtarinlik, shirinso’zlik
Komillik karvonin tortar.
Sultoni komilning shayxlar
Maktubiga javobin o’qi: «Siz yaxshisiz, biz yomon, Siz bug’doysiz, biz samon!»
Shubhasiz, tavozulik muttaqiylarning xislatidir. U bilan inson o’z maqsadlariga hamda ulug’liklariga
noil bo’ladi. O’z ilmi va xunarini qolaversa, obro’ e’tiborini yuksaltiradi. Johil, ilmsiz kishini o’z
holini ko’rib ajablanishi, o’ziga o’zi bino ko’yishi aslida juda xunuk ishdir. O’zini sa’id, baxtlik
insonlardan hisoblaydi. Vaholanki, oqibatda kim bo’ladi, umri qanday xotima topadi, shaqiy-
badbaxtlardan bo’ladimi? — buni o’ylab ko’rmaydi.
Kamtarga kamol, man-manga zavol, deganlaridek, kamtar, xoksor inson o’zining go’zal xulqu-odobi
bilan doim ishi rivoj va martaba topadi. Chunki, o’zining haddini saqlay olishi bilan, o’zini mumtoz
tutmasligi bilan kishilar ko’nglida hurmat va e’tibor qozonadi. Man-man, kekkaygan kishi esa, ko’zi
ko’r, qulog’i kar, qalbi kulf bo’ladi, Ishlariga ajablanib, o’zidan uzoqlashib, o’z-o’ziga ishonib asta
halokatga yaqinlashadi. Mansabiga suyanib, boshqalarni mensimay qo’yadi. Nati-jada, o’ziga havasi
kelib, mag’rurlanib qoladi. O’zini ulug’lardan hisoblaydi. Kibriyo - ulug’lik, kattalik -yaratgan
Parvardigorimiz Alloh Zul Jalolga xos si-fatdir.
Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) shogird va ashoblariga shunday der ekanlar:sallalaringizni ulug’lang!
Yenglaringizni keng bo’lsin va salobatlik kiyininglar!
Ushbu so’zlar faqat ilm va ilm ahlini ulug’lash va boshqalar xor va past nazar bilan ko’rmasliklari
uchun aytilgan.
Salla - Islom shiori va ulug’ligining belgisi. Uni haq ma’noda taslim bo’lganlar baxtlik boshlariga
kiyadilar. Salla kishini oxiratga imoni borligini, umri tugashini va bunga ishonishini - o’limni tan
olishining alomatidir. Komil imonlik kishi Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sunnati saniyalarini amalga
oshiruvchiroq bo’lib qoladi.
Т
alaba kiyimlarini pok va saranjom tutishi, sallasini oppoq qilib kiyib yurishi kerak. Bunday kiyimlik
kishi boshqalar ko’nglida dinga nisbatan xayrli tasavvur tug’dirishi kerak.
Т
olibning odobi, kamtarligi
va boshqa fazilatlari ko’ngildagi fikrni quvvatlashi zarurdir.
Imom A’zam hazratlarining shogirdlari imom Abu Yusufga bergan keng qamrovli vasiyatlari bor
bo’lib, uni o’qish, o’rganish ham juda foydalidir. Uni hazrat shogirdlari yurtlariga kaytib
ketayotganlarida berganlar.
Imom Abu Yusufning shogirdlari shayxul islom, imom, hujjati aimma Ali ibn Abu Bakr hazratlari:
-Men shahrimga qaytayotganimda ustozim bu vasiyatni yozib olishimni buyurdilar,- deb eslaydilar.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Do'stlaringiz bilan baham: |