www.ziyouz.com kutubxonasi
63
ham sen bu ishdan saqlangin! Chunki, buning natijasida ularga ehtiyojing ko’payadi. Ular
hurmatingdan foydalanib, seni vosila qilib o’z hojatlarini arz qiladilar. Endi, hojatlarini talabida
bo’lsang, amaldorlar seni xor qiladilar, hurmat va martabangga suv kuyadilar.
Agar ular uchun harakat qilmasang, seni ayblaydilar va malomat qiladilar.
Kishilarning xatolariga, shariatga xilof odatlariga ergashma! Balki, ularning haq, shar’iy sharifga mu-
vofiq keladigan urf-odatlariga ergashgin!
Agar biron insonni yomonligini, g’arazini bilsang, uni yomon fe’lini gapirma! Uni oshkor etma! Balki,
undan yaxshilik chiqishiga umid qil! Agar yaxshiliklari bo’lsa, unda yaxshiliklari bilan zikr qil!
Ammo yomonligi imon-e’tiqod, dinda bo’lsa, uni al-batta gapir! Boshqalarga pandnasihat bo’lin va uni
bu xatodan xalos qilsin! Ineonlar uning xatolariga ergashmasinlar.
Zero, muhtaram payg’ambarimiz (s.a.v.):
-Fojir, buzg’unchi insonning barcha kamchiliklarini odamlarga ayting.
Т
oki, insonlar ularni bilib olib,
ulardan saqpansinlar va extiyot bo’lsinlar. Boylik, obro’ va boshqa fazilatlari fojirlik, fisqu fasodlarini
gapirishga to’siq bo’lmasin!
Shuning uchun, biron kishini diniy, e’tiqodiy ishlarida kamchilik ko’rsang, uni martabayu obro’sidan
ko’rqmay gapir! Zero, bu ulug’ ishda yolg’iz va qudratli Allohning o’zi senga ham, dinga yordam
beruvchi va ko’llovchidir!
Shunday qilib, bir marta qattiq «kullik» qilsang, sendan qo’rqib qoladilar. Keyin bunday noma’kul
harakatlarga jur’at etmaydilar. Qat’iyyatliging oldida biron kimsa din ishlarida bid’atga jazm
etolmaydi. Jasur-lik va shijoat bilan ham bunday ishga kirisha olmaydi.
Ey, shogird! Boshlig’ing yoki biron amaldorning harakatida ilmga va shariatga to’g’ri kelmaydigan
narsalarni ko’rsang yoki sezsang, itoatingni saqlagan holda, odobu axloq bilan unga buni aytgin. Zero,
uning martabasi, kuch-qudrati ham baland ekanini doim yodingda tutgin! Masalan, shunday deb
fikringni izhor qilsang to’g’ri bo’ladi:
-Men itoatlik fuqaroingizman, siz mening podshoh-im, boshlig’imsiz! Ushbu so’zlarni samimiy
qalbimdan aytib turibman. Shu bilan birga, ilm, Alloh va uning rasulining ko’rsatmalariga nomuvofiq
ba’zi hulq va harakatlaringizni aytib ko’ymoqchiman,- deb, hujjat va dalillarni kamoli ehtirom bilan
keltir. Bu dalillarning mohiyatini ham anglatsang durust bo’ladi.
Bu ishni faqat bir marta qil, zinhor takrorlama! Bir marta qilish bilan nasihat qilib quyish gardanin-
gdan soqit bo’ladi. Ammo, bu ishni takror qilsang yoki doimiy ishingga aylantirib qo’ysang, u ham va
boshqa amaldorlar ham seni yomon ko’rib qoladilar. Natijada ulardan ko’p ko’ngilsiz voqea va fitnalar
amalga oshib diningga va o’zingga zarar, zahmatlar yetadi.
Shubhasiz, bu ishlar diniy imtiyozlarga bo’lgan keng-likni toraytiradi, shariat ahkomlarini ado etishni
katta tahlika ostida qoldiradi.
Х
atto qatag’on, badarg’a va boshqa misli ko’rilmagan ofatlarga sabab
bo’ladi. Ulug’larning kamchiligini aytish juda nozik ish bo’lib o’ta ehtiyotkor bo’lish talab qilinadi.
Din sofligi, shariat ahkomlarining boqiy qolishyga bo’lgan muhabbatin-gni bildirib qo’yish uchun bir
marta va ko’pi bilan ikki martagina nasihat qil! Amri ma’ruf va nahiy munkar degan farzni bajarib
gardaningdan soqit qilgin!
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Do'stlaringiz bilan baham: |