www.ziyouz.com kutubxonasi
38
buyurilardi. Kasb-hunarni yaxshilab o’rganib, keyin ilm o’rganishga qo’yilar edi. Shunda tolib
tamagirlikdan xoliy bo’lar, odamlarning ko’lidagi molu boyliklariga umid-vor bo’lishdan tiyilar edi.
Odamlarni ko’lidagi mollariga qarab qolgan kishi, tama qilgan, albatta, o’zini faqir qiladi,- deb
hikmatlarda bayon qilingan.
Ammo olim kishi tamagir bo’lib qolsa, unda na ilmning va na shariatning hurmati qoladi.
Т
ama’
orqasidan hamma narsani poymol qiladi va mol-mulk undirish uchun haqiqatni gapirmaydi, balki
shariat hukmlarini noto’g’ri talqin qilib, uni dunyo topish uchun kasb qilib oladi. Mana shuning uchun,
sohibi shariat janobimiz (s.a.v.) tamadan panoh tilaganlar:
-Parvardigoro! Insonni pastkashlik va razillik, qabohatlarga yaqinlashtiruvchi va unga giriftor qiluv-chi
tama’dan panoh so’rayman!- deb duo qilib, ummatlarga ham bu haqda ta’lim berganlar.
Demak, imonli kishi yolhiz Allohdan umid qilmog’i, faqat O’ziga umid qilmog’i kerak ekan. Yana
Alloxdan qo’rkuv, xavfda bo’lishi zarur. Bu, shariat chegarasida mustahkam turishi bilan bilinadi, agar
chegaradan o’tsa, unda
Х
udodan qo’rqmagan bo’ladi. Ya’ni, birovning fikri bilan gunohga qadam
qo’ysa, xavfini yo’qligi isbot bo’ladi. Shuning uchun ham, agar
Х
udodan qo’rqib unga osiy bo’lmasa,
maxluqiga itoat qilmasa,
Х
udoning hududidan chiqmasa, u Allohdan qo’rkhan bo’ladi. Umid qilishda
ham, mana shunday yo’l tutish kerakdir.
Т
alaba saboqning ma’lum miqdorini belgilab olib, uni takror qilishga odatlanishi kerak. Shunday qilsa,
qalbi bu odatga qaror topib, o’ylagan maqsadiga yetishadi.
Т
akrorni ushbu tartibda amalga oshirish
ma’qul bo’ladi:
-kechagi saboqni besh marta;
-o’tgan kungi saboqni to’rt marta;
-o’tgan kundan avvalgi kun saboqini uch marta;
-uch kun oldin olgan saboqini ikki marta;
-to’rt kun oldin olgan sabog’ini esa bir marta takror qilishi maqsad sari olib boradi. Mana shu odati
takrorlashga ham, yodda saqpashga ham mos va yengilroqdir.
Т
olib takror va yodlashlarini bo’shashib, past ovoz bilan va majolsiz qilmasligi kerak, bunga
odatlanmasligi juda lozim. Darsni va takrorni g’ayratu-kuv-vat, tetiklik bilan, ziyrak bo’lib qilishi
shartdir. Lekin o’zini qiynab, zo’rlab baland ovoz bilan ham qilmasin! Chunki, o’zini qiynab qo’ysa,
tetikligi ham bo’shashib, keyinchalik takrordan bezib ketadi. Keyin takrorni to’xtatib ko’yadi. Zero,
janob Rasululloh (s.a.v.):
-Amallarning xayrlisi o’rtachasidir,- deb aytganlar. Hikoya qilishlaricha, hazrati Abu Yusuf (a.r.) doi-
mo shunday kuvvat va ziyraklik bilan muzokara o’tka-zardilar. Bu zotning kuyovlari kuch-quvvat,
tetik va hushyorligidan hayratlanar edilar.
- Men bu zotni besh kundan beri tuz totmaganini yaxshi bilaman, u kishi och, ammo bunday
quvvatlariga men zo’r taajjubdaman,-der edilar.
Т
olib bo’sh qolish, dangasalik va zaiflikdan saqlanishi kerak. Chunki, bularning barchasi ilm
ofatidandir. Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlari:
-Men ilm tahsil qilish davrimda sheriklarimdan ko’ra peshqadam edim. Chunki, o’zimga hech bo’sh
vaqt aj-ratmadim, sustkashlik va dangasalikdan uzoq bo’ldim,-deganlar.
Shuningdek, shayxul islom, hazrat Imbijobiy (af.) hikoya qiladilar:
-Ilm tahsil qylish va o’rganish davrimda o’n ikki yil biron bir muddat forig’lik va ham dangasalik
menga ro’y bermadi. Mol-mulk kifoyaligi uchun ham, sherigim bilan chiqib, munozara va muzokara
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Do'stlaringiz bilan baham: |