Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Download 138,73 Kb.
bet11/27
Sana05.07.2022
Hajmi138,73 Kb.
#741573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
1 5152137094906249810

Qimirlagan qir oshar, derlar Ham tinmagan tinar, derlar. Mushkilotni jiddiylik ketkizar, Har uzoqlarni uzog’in ketkizar.
Haq,- dedilar: intilganga tole’ yor, Har makonda ochiq eshik bor.

Jiddiylik, qat’iyyatlik har qanday va har bir uzoq, mushkil ishni amalgaoshiradi, uni yaqinlashtiradi, yopiq eshiklarni ochadi.


Darvoqe’, hayoti torlik, qiyinchiliklar bilan sinalayotgan kishi, Allohtaoloning bandapari ichida himmat va hayrat sohibi bo’lishga haqlirokdir. Akdpi, olimu fozil insonlar nochor, kambag’al bo’lib, kamtarona hayotlari va shu bilan nodon kishilarning maishatlarining bekamu ko’stligi, Alloh taoloning hikmat bilan xohlagan ishini bajarishiga dalil hisoblanadi. Kim ilmu fahm ne’mati bilan rizqlangan bo’lsa, bahosi yo’q ne’mat egasi bo’libdi. Xikmati ilohiyga ko’ra, bunday bebaho ne’matsohibi ko’pincha, moddiy boylik, mol-dunyo kengchiliklaridan mahrum bo’ladi. Demak, aql bilan nodonlik, boylik bilan kambag’allik hech jamlanmaydilar. Biri boshqasini albatta surib chiqaradi. She’r:




Mehnat ila mashakhat jonga huzur, Adnoyu oliy maqsadlarga yetkuzur. Mehnat qilmay maqsadga intilmoq, Yo’l avvalida orqada ko’p qolmoq. Umidsizlik dashtida o’zin topar Har o’tkinchi it ham uni qopar.

Bemashaqqat, mehnat qilmay, qiyinchilik ko’rmay chuqur bilim egasi, munozara o’tkaza oladigan yetuk olim bo’lishni istaysanmi?! Bilgilki, jinnilikni turlari ham juda ko’p. Ya’ni, bunday yo’l bilan ilm talab qilish aqlsizlik va jinnilikdan dalolatdir. Hatto dunyo ma-tosiga ega bo’lish uchun ham qancha qiyinchilikni, g’amtashvishlarni boshdan o’tkazish kerak. Ilm qiymatsiz boylik bo’lsa, qanday bemashakhat bo’lar ekan?! Zero, mashoyixlarimiz:


Bemashaqqat topilsa har nimarsa,
Aning qadrin bilmas hech kimarsa, - deb, moldunyo va ayniqsa, ilmning qadriga yetmoq uchun, albatta ma-shaqqatini, qiyinchiligini boshdan o’tkazish zarurligini bildiryaptilar. Aks holda, noshukrlik libosiga o’ranib, xorlik ko’chalarida izg’ib yuradi.
Abu Toyyibning she’ri:


Munkar ishdan qaytar, deb iymon aytadi,
O’z ishingdan nari ketma, deb shayton aytadi. Bilgil, bu ishlar misli olov,
Bepoyon tor yo’l, yurarsan vale yayov. Ig’vogar, chaqimchi va ahli g’iybat Digar yo’l topolmay, qolur abad.
Shashtidan bur, ikkilanmay, bilo shak, Qaytarmasang yo’lu gunohga sen sherik.

G’iybatchi, chaqimchi, ig’vogar kishini bosib qo’yishga, uning buzuq, fosiqona harakatlardan qaytarib qo’yishga qodir bo’la turib beparvo, hamiyatsizlik ila qarashlaridek kishining o’zidagi aybni ko’rmadim.


Shoir baytlari bilan insonning ulug’ aybi o’z kam-chiligini ko’rmasligidir,- deydilar. Kishi doim o’ziga ogoh bo’lib, g’iybat, chaqimchilik kabi yomon illatlardan saqlanishi kerak. Bu uni go’zal axloq sohibi va ilm egasi bo’lishiga erishtiradi.


Kechalarini bedor o’tqazish - tolibning maqsadlarini ro’yobga chiqarishda o’z ahamiyatiga molik bir omil-, dir. She’r:




Qancha mashaqqat tortsang Shunchalik martaba toparsan. Bir biriga chambarchas bog’liq, Beparvoning tongla yuzi dog’lik. Kechalari bedorlikni odat qil, Xulus niyat ila toat-ibodat qil.
Kechalarda takror qil ilmingni, Kunlari oshir kishiga hilmingni.

Download 138,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish