Ijtimoiy psixologiyaning nazariy manbalari:
Mavzu yuzasidan qisqacha xulosa:
Ijtimoiy psixologiya mustaqil fan sifatida o`z tarixi, vujudga kelishidagi uch
nazariy manba: xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvor
instinktlari nazariyalariga tayanadi. Uning paydo bo`lishida sotsiologik va
psixologik yondashuv mavjud bo`lib, ijtimoiy shart-sharoit shu fanni yuzaga
kelishiga asos bo`lgandir. Bu fan psixologiyaning alohida fan tarmog`i bo`lib, unda
sotsiologiya, shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy tasavvurlar, muomala, boshqaruv, oila,
katta va kichik guruhlar psixologiyasi to`g`risida umumiy bilimlar o`rganiladi, shu
bilan birga inson va jamiyat munosabatlaridagi o`ziga xos ilmiy yondashuvlarni
tushunib olish imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |