yilda o`tkazgan mashhur eksperimenti bunga misol bo`lishi mumkin.
Eksperimentning mazmuni kuyidagicha edi. Laper ikkita xitoylik talabalar bilan
AQSh buylab sayohatga chiqadi. Ular hammasi bo`lib 252 ta mexmonxonada
bo`lishib, ularning deyarli barchasida (bittasidan tashqari) iliq, samimiy
munosabatnnng guvohi bo`lishadi. Ma’lumki, o`sha paytlarda irqiy belgi bo`yicha
odamlarga tanlab munosabatda bo`lishar, xitoyliklar ham sariq tanlilar sifatida
kamsitilardi. Laper bilan hamroh bo`lgan talabalarga munosabat bilan olimga
bo`lgan munosabat o`rtasida deyarli farq sezilmadi. Sayohat tugagach, Laper o`sha
barcha mehmonxona egalariga minnatdorchilik xati yozib, yana o`sha talabalar
bilan borsa, yana o`shanday iliq kutib olishlari mumkinligini so`radi. Javob faqat
128 ta mexmonxona egalaridan keldi, ularning ham bittasida ijobiy javob, 58 % da
rad javobi, qolganlarida turlicha formalarda noaniq javoblar olindi. Bundan Laper
shunday xulosaga keldi: demak xitoy millatiga mansub shaxslarga nisbatan
ijtimoiy ustanovka bilan mehmonxona egalarining real xulq-atvorlari o`rtasida farq
bo`lib, aslida ustanovka salbiy ekanligi, vaziyatga qarab esa, u boshqacha — ijobiy
namoyon bo`lganligi aniqlandi.
Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo`lgan umumiy qonuniyatlardan yana biri
uning uzoq muddatli xotira bilan bog`liqligidir. Ayni vaziyatlarda shakllangan
obrazlar uzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya’ni
''jonlanadi". Masalan, ba’zi bir etnik stereotiplar ana shunday xotira
obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka ob’ektga hamda konkret vaziyatga
bog`liqdir.
Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida o`zgarishi mumkinligi
muhim ijtimoiy-psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovland fikricha,
ijtimoiy ustanovka o`rgatish yo`li bilan o`zgarishi mumkin. Ya’ni o`quvchilardagi
turli ustanovkalarni o`zgartirish uchun rag`batlantirish yoki jazolash tizimini
o`zgartirish lozimdir. Ikki shaxs yoki shaxs bilan guruhning ustanovkalari mos
kelmay qolgan sharoitda esa tomonlardan biri ongli ravishda o`z ustanovkalarini
o`zgartirishi shartdir. Aks holda nomutanosiblik prinsipiga ko`ra shaxslararo nizo
yoki kelishmovchilik paydo bo`lishi muqarrardir.
Ijtimoiy ustnovkalarni o`zgartirishning eng sodda va qulay yo`li - bu ayni
vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni
qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz
sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo
bo`lganda, ob’ektivlashadi, ya’ni o`z kuchini va mavjudligini ko`rsatadi. Shuning
uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo`lsak, u yerda biror
g`oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o`z siyosiy, mafkuraviy
yoki boshqa qarashlarini bir xil so`zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi
va shu yo`l bilan ko`p chilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi
tadbirlarida ana shu usul keng qo`llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy
ustanovkalarni o`zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham
dunyoqarashni o`zgartirishga erishish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondatish uni ma’lum
guruhlarning a’zosi, konkret sharoitida o`ziga o`xshash shaxslar bilan muloqotga
kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: