Umar ibn Xattob roziyallohu taolo anhuning vafotlari
Amr ibn Maymun deydi: «Umar roziyallohu anhuga jarohat yetkazilgan paytda men
bilan amirul mo‘minin orasida Abdulloh ibn Abbosgina bor edi.
Umar roziyallohu anhu qachon safda ochiq joy qolganini ko‘rsalar: «Safni to‘g‘ri
olinglar», deb buyurardilar. Bo‘sh joy to‘lgach, oldga chiqib takbir aytardilar. To jamoat
to‘p-languncha bomdod namozining avvalgi rakatida «Yusuf» yoki «Nahl» yo shunga
o‘xshash suralardan birnni qiroat qilardilar.
O’sha kuni takbirdan so‘ng Umar roziyallohu anhuning: «Meni o‘ldirdi» yoki «Bu it
meni yedi», deganlarini eshitdim. Abu Lu’lu'a ikki tig‘li pichog‘i bilan hazrati Umarga
jarohat yetkazib, keyingi safdagilarni ham yoppasiga yaraladi. O’n uch kishi pichoq
zarbini yedi. Shulardan to‘qkdztasn, yana bir rivoyatda yettitasi olamdan ko‘z
yumdi.O’shanda musulmonlardan biri u qonxo‘rni ko‘rib qolib, ustiga to‘nini otdi. U kofir
ko‘lga tushganini anglab, o‘ziga pichoq urdi.Umar roziyallohu taolo anhu Abdurahmon
ibn Avfni ko‘lidan ushlab, imomlikka o‘tkazdi. Amirul mo‘mininning yonidagilar sodir
bo‘lgan voqeani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Ammo masjid atrofidagilar bo‘lgan ishdan
bexabar edi. Ular Umar roziyallohu anhuning ovozi eshitilmay kolganidan ajabla-nib:
«Subhanolloh, subhanolloh!» deb yuborishdi.
Abdurahmon ibn Avf namozni qisqa o‘qib berdilar.
Jamoat tarqalgach, Umar roziyallohu anhu:
— Ey ibn Abbos! Borib bil-chi, menga tashlangan kim ekan? - dedilar.
Birozdan so‘ng Ibn Abbos kelib, u kofirning nomini aytdi:
— Mug‘ira ibn Sho‘baning quli! Shunda Umar roziyallohu anhu:
— Olloh uni la’natlagay, men unga yaxshilik qilishlari-ni buyurgan edim. Ollohga
hamd bo‘lsin, o‘limimni musulmon kishi qo‘lidan qilmadi. Sen (ey Ibn Abbos) va otang
Ma-dinada qullar ko‘p bo‘lishini xush ko‘rardinglar!
Darhaqiqat, Abbos Madinada kuli eng ko‘p kishilardan edi.
— Agar xohlasangiz, ularning barchasini qatl etamiz,- dedi Ibn Abbos.
Hazrati Umar dedilar:
— Tillaringizda gapirib, qiblangizga yuzlanib, namoz o‘qib, sizga o‘xshab xajlarini ado
qilayotganlaridan so‘ng ular-ni qatl qilmoqchimisiz?!
Keyin Umar roziyallohu anhuni uyiga olib ketishdi. Biz ham birga bordik, Go‘yoki
odamlar bunday musibatni birinchi bor ko‘rayotgan edi! Kimdir: «Bu o‘lim oqibatlaridan
qo‘rqyap-man»,-desa, yana biri: «Hechqisi yo‘q»,- derdi.
Umar roziya
lloh
u anhuga sharbat keltirishdi. Ichdilar. Ichgan sharbat qornidan
to‘kildi. Sut keltirishdi. Ichgan suti jarohatidan oqib chikdi. Shundan so‘ng odamlar,
Olloh rozn bo‘lsin, Umarning o‘limi yaqin qolganini anglashdi.
Amirul mo‘mininning huzuriga kirdik. Odamlar uning fazilatlarini aytishardi. Yoshroq
kishi kelib, dedi: «Ey amiral mo‘minin! Ulug‘ va qudratli O
lloh
dan sizga xushxabar
bo‘lsin. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning do‘sti edingiz.
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |