Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
106
Muslim rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat
kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisini hurmat qilsin», deganlar (Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari). Yana Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kim Allohga va
oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin» (Imom
Buxoriy
va Muslim rivoyatlari).
Mo‘minlarning sifatlari husni xulq ekanligini ham zikr qilib aytdilarki: «Mo‘minlarning
iymonda yetukroqlari ularning xulqda chiroyliroqlaridir». Yana aytdilar: «Agar mo‘minni
jim turgan (ko‘p gapirishdan o‘zini tiygan) va viqorli holda ko‘rsangizlar, unga
yaqinlashinglar, chunki unga hikmat talqin qilib turiladi».
Yana Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Qaysi bir insonni qilgan yaxshiliklari xursand qilsa va yomonliklari xafa
qilsa, u mo‘mindir», dedilar (Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyatlari).
Yana u zot alayhissalom aytdilar: «Mo‘min kishi uchun o‘z birodariga aziyat beradigan
nazar bilan ishora qilishi halol bo‘lmaydi» (Ibn Muborak rivoyati). Yana Nabiy sollallohu
alayhi vasallam: «Musulmon kishi uchun boshqa musulmonni qo‘rqitishi halol
bo‘lmaydi», dedilar (Bazzor zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Yana Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam aytdilarki: «Albatta ikki hamroh Alloh azza va jallaning omonati bilan
o‘tiradi. Ularning biri birodariga u yomon ko‘radigan narsani fosh qilmog‘i halol
bo‘lmaydi» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan).
Ba’zilar husni xulq alomatlarini jamlashgan. Aytishlaricha, husni xulqlilik hayosi ko‘p,
aziyati oz, ezguligi ko‘p, tili rostgo‘y, so‘zi oz, amali ko‘p, toyilishi oz va keraksiz gapi
yo‘q, yaxshilik qiluvchi, bordi-keldi qiluvchi, viqorli, sabrli,
shukr qiluvchi, rozi bo‘luvchi,
halim, muloyim, pokiza, shafqatli bo‘lmog‘idir. La’natlovchi, so‘kuvchi, chaqimchi,
g‘iybatchi, shoshqaloq, ginachi, baxil va hasadgo‘y bo‘lmaslik, ochiq yuzli,
xushmuomala, Alloh yo‘lida yaxshi ko‘radigan va Alloh yo‘lida yomon ko‘radigan bo‘lish
husni xulqdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mo‘min va munofiqning alomati haqida so‘raldi.
U zot alayhissalom: «Albatta mo‘minning tashvishi namozi, ro‘zasi va ibodati to‘g‘risida
bo‘ladi. Munofiqning tashvishi esa chorvaga o‘xshab taomi va ichimligi to‘g‘risida
bo‘ladi», dedilar (asli yo‘q hadis).
Xotam ul-Asom aytdilar: «Mo‘min fikr qilish va ibratlanish bilan mashg‘uldir, munofiq esa
harislik va orzular bilan mashg‘uldir. Mo‘min Allohdan
boshqadan umidini uzgan,
munofiq esa Allohdan o‘zga har bir insondan umid qiluvchidir. Mo‘min Allohdan
boshqadan qo‘rqmaydi, munofiq esa Allohdan boshqa har bir kimsadan qo‘rquvchidir.
Mo‘min dini oldida molidan kechadi, munofiq esa moli oldida dinidan kechadi. Mo‘min
yaxshilik qiladi va yana yig‘laydi, munofiq esa yomonlik qiladi va kuladi. Mo‘min xilvatni
va yolg‘izlikni yaxshi ko‘radi, munofiq esa aralashishni va ko‘pchilikni yaxshi ko‘radi.
Mo‘min ekadi va ekinga fasod yetishidan qo‘rqadi, munofiq esa ekinni yulib tashlaydi va
keyin hosil yig‘ishni umid qiladi. Mo‘min boshqarish uchun buyurib-qaytaradi. Shuning
uchun (xalq ishi) yaxshi bo‘ladi, munofiq esa raislik qilish uchun buyurib-qaytaradi.
Shuning uchun (xalq ishi) fasod bo‘ladi».
Husni xulq sinab ko‘riladigan eng yaxshi narsa aziyatlarga
sabr qilish va zulmlarga
chidashdir. Kim sizga birovning xulqi yomonligidan shikoyat qilsa, ana shu o‘zining xulqi
yomonligiga dalolat qiladi, chunki husni xulq aziyatlarga chidashdir. Rivoyat qilinishicha,
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
107
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketayotgan edilar,
Anas roziyallohu anhu ham u
kishi bilan birga edilar. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib oldi va
Rasulullohni (ya’ni, to‘nlaridan) qattiq tortdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
ustilarida chekkasi dag‘al bo‘lgan najroniycha to‘n bor edi. Anas roziyallohu anhu
aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bo‘yinlariga qaradim. Qattiq
tortganligidan bo‘yinlarida to‘nning chekkasi iz qoldirgan edi. Haligi a’robiy: «Ey
Muhammad, huzuringdagi Allohning molidan menga ham ber», dedi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam unga o‘girilib qaradilar va kuldilar. So‘ngra
unga moldan
berilishini buyurdilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Quraysh qavmi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat berishni va urishni
ko‘paytirib yuborgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, qavmimni
kechirgin, chunki ular bilmaydilar», deb duo qildilar (Ibn Hibbon va Bayhaqiy
rivoyatlari).
Bir rivoyatda bu duolari Uhud jangida bo‘lgan edi, deyilgan. Shuning uchun Alloh taolo
mana bu oyatni nozil qildi:
Do'stlaringiz bilan baham: