www.ziyouz.com kutubxonasi
65
«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha
narsa bilan hisob-kitob qiladi» (Baqara surasi, 284-oyat) oyati tushgan paytda
sahobalardan bir necha kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib
aytdilarki: «Toqatimiz yetmaydigan narsaga buyurildik. Albatta birimiz qalbida sobit
bo‘lishini xohlamaydigan narsani gapiradi. So‘ngra shunga hisob-kitob qilinadi» (Imom
Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aftidan sizlar yahudiylar
«Eshitdik, unga osiy bo‘ldik», deganlaridek gapiryapsizlar, «Eshitdik va itoat qildik»,
denglar», dedilar. Sahobalar: «Eshitdik va itoat qildik», deyishgan edi, Alloh taolo bir
yildan keyin yengillikni nozil qildi.
Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |