www.ziyouz.com kutubxonasi
85
insonning ishi avvalgisidan ko‘ra qiyinroqdir. Zero, unga vazifalar ko‘payib ketgan.
Chunki u avvalo nafsida o‘rnashib qolgan fasod ishlar odatini yo‘qotishi, so‘ngra nafsiga
yaxshilik sifatlarini ekmoqligi kerak. Qisqasi, bu inson nafsiga jiddu jahd, harakat va
qat’iyat bilan tursa, u ham tarbiya qabul qilish o‘rni hisoblanadi. Uchinchisi - yomon
xulqlarni albatta qilish lozim, u ma’qul ishlardan va albatta u haqdir, chiroylidir, deb
e’tiqod qilgan, ana shu yomon xulqlar bilan tarbiya topgan inson. Bunday odam xulqini
tuzatishdan bosh tortishi ham mumkin. Uning faqat ba’zi bir holatdagina tuzatilishiga
umid qilinadi. Bunga adashish sabablarining ko‘payib ketgani sababdir. To‘rtinchisi -
buzuq fikrga binoan ulg‘aygan va tarbiyasi shunga yo‘naltirilgan kishi. U fazilat yomon
ishlarni ko‘paytirishda, nafslarni halok qilishda, deb biladi. Yomon ishlari bilan faxrlanadi.
Shular qadrimni ko‘taradi, deb gumon qiladi. Bu esa martabalarning eng qiyinrog‘idir.
Bunga o‘xshash narsalar to‘g‘risida aytilganki, qarilikdagi tarbiya o‘zini qiynash,
ayblardan tozalanish o‘zini azoblashdir. Bulardan birinchisi faqat johil kishidir. Ikkinchisi
johil va adashgandir. Uchinchisi johil, adashgan va fosiqdir. To‘rtinchisi johil, adashgan,
fosiq va o‘ta yovuzdir.
Ammo bundaylarning o‘zlariga dalil qilib olgan boshqa fikrlari shunday: odam,
modomiki, tirik ekan, shahvat, g‘azab, dunyoni yaxshi ko‘rish va shunga o‘xshash
boshqa xulqlar undan uzil-kesil yo‘q bo‘lmaydi. Bu ba’zi bir toifa kishilarda voqe bo‘lgan
xatolikdir. Ular o‘ylaydilarki, kurashishdan maqsad bu sifatlarni butkul yo‘qotib, o‘chirib
tashlashdir. Qandayin xato fikr! Chunki shahvat bir foyda uchun yaratilgan. U inson
tabiati uchun zarur. Agar taomga bo‘lgan shahvat (ya’ni, xohish) yo‘q qilinsa, inson
halok bo‘ladi. Agar jimo’ shahvati yo‘q qilinsa, nasl uzilib qoladi. Agar g‘azab butkul yo‘q
qilinsa, inson o‘zidagi halok qiladigan narsalarni daf qila olmay nobud bo‘ladi. Modomiki,
shahvatning asli yo‘q bo‘lmasa, shubhasiz, shahvatga yetaklaydigan dunyoga muhabbat
ham yo‘q bo‘lmaydi. Hatto ana shu holat qizg‘onchiqlikka undaydi. Maqsad bu sifatlarni
butkul olib tashlash emas, balki oshirib yuborish va e’tiborsizlikning o‘rtasi hisoblangan
mo‘‘tadillikka qaytarishdir.
G’azab sifatida ko‘zda tutilgani hamiyatdir. Bu qattiq g‘azablanib o‘zini bilmay qolishdan
va qo‘rqoqlikdan xolilik bilan bo‘ladi. Qisqasi, o‘z nafsida kuchli bo‘lish, shu bilan birga
aqliga bo‘ysunish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |