Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim»



Download 459,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/128
Sana01.02.2023
Hajmi459,21 Kb.
#906286
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128
Bog'liq
Qalb kitobi. Abu Homid Gazzoliy

«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim»
(Vaz-
zoriyot surasi, 56-oyat). 
Har bir a’zoda bir foyda bor. Qalbning foydasi esa hikmat va ma’rifatdir. Odam uchun 
nafsning xususiyati chorva hayvonlaridan ajratib turishidir. Chunki inson hayvondan 
yeyish, jimo’ qilish, ko‘ra olish va boshqa narsalarga bo‘lgan imkoni bilangina ajrab 
turmaydi. Balki narsalarni aslidagidek bilishi bilan ajrab turadi.
Narsalarning asli va ularni bor qiluvchi, ixtiro qiluvchi Alloh azza va jalladir. U shunday 
Zotki, narsalarni yaratgandir. Agar inson har bir narsani tanisa-yu, lekin Alloh azza va 
jallani tanimasa, u go‘yo hech narsani tanimabdi. Tanishning belgisi sevishdir. Kim Alloh 
taoloni tanisa, Uni sevadi. Sevgining belgisi esa dunyo va boshqa suyukli narsalarni 
Undan ustun qo‘ymaslikdir. Alloh taolo aytadi: 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
95
«(Ey Muhammad alayhissalom), ayting, agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-
ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz va kasb qilib topgan mol-
dunyolaringiz, kasod bo‘lib qolishidan qo‘rqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi 
ko‘radigan uy-joylaringiz sizga Allohdan, Uning payg‘ambaridan va Uning 
yo‘lida jihod qilishdan suyukliroq bo‘lsa, u holda to Alloh O’z amrini (ya’ni, 
azobini) keltirgunicha kutib turaveringlar. (Zero) Alloh bunday itoatsiz qavmni 
hidoyat qilmas»
(Tavba surasi, 24-oyat). 
Qay bir insonda Allohdan ko‘ra suyukliroq narsa bo‘lsa, uning qalbi kasaldir. Bu 
oshqozonga o‘xshaydi. Har bir oshqozonga non va suvdan ko‘ra loy suyumliroq bo‘lib 
qolsa yoki uning non va suvga bo‘lgan ishtahasi yo‘q bo‘lib qolsa, u oshqozon kasal, 
bular kasallik alomatlaridir. Shundan bilinib turibdiki, qalblardan Alloh xohlaganigina 
sog‘lom, qolganlari esa kasaldir. Lekin kasallar orasida egasi bilmaydiganlari ham bor. 
Qalb kasalligi ham qalb egasi bilmaydigan kasalliklardandir. Shuning uchun egasi 
xastalikdan g‘ofil qoladi. Garchi uni bilsa ham, davolanish mashaqqatiga sabr qilishi qiyin 
bo‘ladi, chunki uning davosi shahvatlarga qarshi chiqishdir. Bu esa jonni sug‘urish 
demakdir. Agar u nafsida shunga sabr qilish quvvatini topsa ham, uni davolaydigan 
o‘tkir tabib topolmaydi. Chunki tabiblar ulamolardir. Ularni ham o‘sha kasallik egallagan. 
Bemor tabib o‘zini davolashga juda kam e’tibor beradi. Shuning uchun dard davosiz 
bo‘lib qoladi. Kasallik surunkali davom etadi. Vaholanki, bu ilmni o‘zi dars qilib o‘rgangan 
va (lekin) qalblarning tabobatini, uning kasal bo‘lishini butkul inkor etgan edi. Dunyo 
muhabbatida zohiran ibodat ko‘ringan, botinan esa odat va riyokorlik bo‘lgan amallarni 
qilish bilan xalqqa yuzlangan edi. Mana shular asl kasalliklar alomatidir. 
Ammo muolajadan keyin uning sog‘liqqa qaytish belgilari tabibning davolayotgan 
kasalligiga qarashidir. Agar halok etuvchi va Alloh taolodan uzoq qiluvchi baxillik 
kasalligini davolayotgan bo‘lsa, uning davosi molni sarflash va uni infoq qilish bilan 
bo‘ladi. Lekin u goho molini isrof qiluvchiga aylanish chegarasiga yetguncha sarflab 
yuboradi. Isrof ham yana bir kasallik hisoblanadi. U kishi go‘yo sovuqlikni issiqlik bilan 
davolab, hatto issiqlig‘i ko‘payib ketgan kishiga o‘xshaydi. Bu ham bir kasallikdir. Balki 
istalayotgan narsa issiq va sovuqning o‘rtasidagi mo‘‘tadillikdir. Shuningdek, 
isrofgarchilik va baxillikning o‘rtasidagi matlubi mo‘‘tadillikdir. Hatto bu mo‘‘tadillikning 
o‘rtada va ikki tomondan ham g‘oyat uzoqlikda bo‘lishidir. 
Agar o‘rtachalikni bilishni xohlasangiz, qaytarilgan xulq keltirib chiqaradigan ishga 
qarang. Agar u sizga yengilroq va ziddidagi ishdan jozibaliroq bo‘lsa, ustun kelgani shu 
holatni keltirib chiqaradigan xulqdir. Bu sizga molga baxillik, uni to‘plash lazzatliroq va 
haqdor kishiga sarflashdan ko‘ra osonroq bo‘lishidir. Bilingki, sizda baxillik xulqi ustun 
kelgan bo‘lsa, davomatli sarflashni ko‘paytiring. Agar nomunosib joylarga sarflash sizga 
lazzatliroq va haq bilan ushlab turishdan ko‘ra yengilroq bo‘lsa, demak, isrofgarchilik 
g‘olib bo‘libdi.
Endi noo‘rin joylarga sarflashdan o‘zingizni ushlab turishga harakat qiling. Endi doim 
nafsingizni kuzatishda, ishlarning oson va qiyin kechishi bilan xulqingizning 
qandayligidan dalil sifatida foydalanish payida bo‘ling. Shunda mol-dunyoga iltifot 
qilishdan qalbingizning aloqasi uziladi. Uni noo‘rin sarflashga va qizg‘anchiqlikka moyil 
bo‘lmaysiz. Balki mol nazdingizda suvga o‘xshab qoladi. Undan hojatga zarurinigina 
ushlab turishni yoki kerakli hojatgagina sarflashni xohlaysiz. Sizga ushlab turishdan 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 459,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish