www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
azizligi va kibri singunicha shu holda davom etishga majburlaydi. Chunki kibr halok
qiluvchi kasalliklardandir. Balandparvozlik ham shunga o‘xshashdir. Agar unda badan va
kiyimidagi pokizalik g‘olib kelganini, qalbining shunga moyilligini va shunga burilib, u
bilan xursandligini ko‘rsa, uni tozalik to‘g‘risidagi balandparvozligi yo‘q bo‘lguncha
hojatxonaga qarab turishga, uni tozalashga, iflos joylarni supurishga, oshxona va tutunli
joylarda xizmat qildiradi. Chunki kiyimlarini o‘ta pokiza tutib, uni ziynatlab yuradigan,
doim pokiza kiyimlarni va rang-barang gilamlarni talab qiladigan kishilar bilan kun bo‘yi
o‘zini ziynatlab yuradigan kelinchakning o‘rtasida farq yo‘q.
Insonning o‘z nafsiga ibodat qilishi yoki butga ibodat qilishi o‘rtasida ham farq yo‘qdir.
Inson qachon Allohdan boshqaga ibodat qiladigan bo‘lsa, u Allohdan to‘sib qo‘yiladi. Kim
kiyimi halol va pok bo‘lishidan tashqari qalbi unga burilib qoladigan darajada e’tibor
bersa, u nafsi bilan mashg‘ul kishidir.
Yana riyozatning ajoyibotlaridan quyidagilar bor: agar murid balandparvozlik yoki
boshqa sifatlarni tark qilishga boshdanoq himmat ko‘rsatmasa yoxud u sifatlarning
ziddini qilishga daf’atan bo‘ysunolmasa, uni yomon xulqdan boshqa yengilroq bir yomon
xulqqa ko‘chirish kerak. Bu agar qonni suv ketkizolmasa, siydik bilan yuvib, so‘ngra
siydik suv bilan yuvilganga o‘xshaydi. Go‘dak bola maktabda avval to‘p, to‘qmoq va
shunga o‘xshash narsalar bilan o‘ynashga qiziqtiriladi. So‘ngra u o‘yindan ziynatlanishga,
ko‘rkam kiyimlar kiyishga ko‘chiriladi. So‘ngra shunday qiziqtirish bilan rahbarlikka va
obro‘ talabiga ko‘chiriladi. Keyin obro‘dan u oxiratga qiziqtirishga ko‘chiriladi.
Shuningdek, kimning nafsi obro‘sini tark qilishga birdaniga bo‘ysunmasa, u o‘zining
obro‘sidan pastroq bir obro‘ga ko‘chiriladi.
Boshqa sifatlar ham shunga o‘xshashdir. Agar shayx muridiga taomga ochko‘zlik kuchli
ekanini ko‘rsa, unga ro‘za tutish, ovqatni ozaytirishni shart qilib qo‘yadi. So‘ngra unga
shirin taomlar tayyorlashni, uni boshqalarga berib, o‘zi undan yemasligini buyuradi.
Hatto u ana shu yo‘l bilan nafsiga kuchi yetadigan bo‘ladi, sabrni odat qilib, ochko‘zligini
sindiradi. Xuddi shuningdek, qo‘li kalta muridning uylanishga juda qiziqayotganini bilsa,
unga ro‘za tutishni buyuradi.
Ba’zan ro‘za tutish bilan ham uning shahvati susaymaydi. Uni bir kecha nonsiz, suvning
o‘ziga iftor qilishga, bir kecha esa suvsiz, nonning o‘ziga iftor qilishga buyuradi. Nafsi xor
bo‘lib, shahvati singuncha go‘sht bilan nonxurushni butkul man qiladi. Xohish-irodaning
boshlanish vaqtida ochlikdan ko‘ra foydaliroq davo bo‘lmaydi. Agar g‘azab g‘olib
bo‘lganini ko‘rsa, unga halimlikni va sukut saqlashni buyuradi hamda unga xulqi yomon
kishilarni sherik qilib, unga ularni hukmron qilib qo‘yadi. Uning nafsini ulardan
yetayotgan yomonlikka chidashga o‘rgatguncha yomon xulqli kishilarga xizmat qilishni
buyuradi. Ba’zilardan hikoya qilinishicha, ular nafsiga halimlikni odatlantirar, o‘zidan
qattiq g‘azablanishni ketkazardi. Hatto odamlar to‘planib turadigan joylarda o‘zini
so‘ktirish uchun kishilarni ishga solardi. Bundaylar nafsini shunga chidashga majbur
qilardi. G’azablarini esa yutib yuborardi. Hatto halimlik bu kishilarga zarbulmasal
darajasida odatga aylanib qolardi. Ba’zilari esa o‘zlarida qo‘rqoqlik va zaif qalblilikni
sezib, shijoat xulqini hosil qilishni istasa, qish faslida to‘lqinlar mavj urib turgan paytda
dengizga chiqardi. Hind ibodatgo‘ylari dangasaliklarini tun bo‘yi bir ustunning ustida
turib chiqish bilan davolaydilar. Ba’zi shayxlar dastlab kechasi qoyim bo‘lishdan
dangasalik qilishardi. So‘ngra oyoqlarida ixtiyoriy qoyim bo‘lish uchun o‘zlarini tun bo‘yi
boshlarida turishga majburlashardi. Ba’zilari esa mollarining hammasini sotib yuborish,
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |