Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Nafs, ruh (jon), qalb va aqllarning ma’nolari hamda bu lafzlar bilan nima iroda



Download 459,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/128
Sana01.02.2023
Hajmi459,21 Kb.
#906286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Qalb kitobi. Abu Homid Gazzoliy

 
Nafs, ruh (jon), qalb va aqllarning ma’nolari hamda bu lafzlar bilan nima iroda 
qilinganligini bayon etish to‘g‘risidagi bob
Bilingki, ushbu bobda gap asosan shu to‘rtala lafz - nafs, ruh (jon), qalb va aql xususida 
ketadi. Bu lafzlarni to‘laligicha - uning ma’nolari har xilligi, chegaralari bilan, uning 
nomlanish sabablari bilan biladigan kishi katta ulamolar ichida ham oz topiladi. Ko‘p 
xatolarning kelib chiqishi bu lafzlarning ma’nolarini va uning yana boshqa har xil 
nomlangan narsalar bilan mushtarakligini bilmaslikdandir. Biz quyida bahsimiz mavzuiga 
taalluqli bu lafzlarning ma’nolarini sharhlaymiz. 
Avvalgisi «qalb» lafzi bo‘lib, u ikki xil ma’no uchun ishlatiladi. Birinchisi - ko‘krak 
qafasining chap tomoniga joylashtirilgan sanavbar (ignabarg daraxt turi) daraxti 
shaklidagi bir bo‘lak go‘shtdir, uning ichi bo‘shliq bo‘lib, ana shu bo‘shliqda qora qon bor. 
U ruhning bulog‘i va ma’danidir. Lekin hozir qalbning shakli va ko‘rinishini sharhlash 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
3
maqsadida emasmiz. Zero, bu tabiblarga taalluqli masaladir. Diniy-ilmiy maqsadga oid 
joyi ham yo‘q. Biz shaklini zikr qilgan qalb chorva hayvonlarida ham, o‘liklarda ham 
mavjuddir. Biz bu kitobda «qalb» lafzini keltirar ekanmiz, unda bu ma’noni nazarda 
tutmaymiz. Chunki u qadrsiz bir bo‘lak go‘sht, xolos. U mulk va shahodat olamidandir. 
Zero, odamlardan tashqari chorva hayvonlari ham ko‘rish hissiyoti bilan uni biladi. 
Ikkinchi ma’no - Robbimiz bandalariga ato etgan ruhoniy bir narsadirki, uning jismoniy 
qalbga bog‘liqligi bor. Ana shu ilohiy ne’mat insonning asl mohiyati, haqiqatidir. U 
insonning idrok qiluvchisi, biluvchisi va tanuvchisidir. Xitob qilinadigan, jazolanadigan, 
itob qilinadigan va talab qo‘yiladigan ham udir. Uning jismoniy qalb bilan mustahkam 
aloqasi borki, ko‘p insonlarning ana shu mushtaraklik holatini bilishga aqllari yetmay 
qoladi. Chunki ruhoniy qalbning jismoniy qalbga bog‘liqligi arazning, ya’ni shakl-
ranglarning jismlarga, sifatlarning sifatlanuvchiga, biror asbob ishlatuvchining o‘sha 
asbobga, bir yerga o‘rnashgan kishining o‘sha o‘ringa bog‘liqligiga o‘xshaydi. Biz bu 
o‘rinda ikki narsa sababidan mazkur bog‘liqliklarni sharhlashdan tiyilamiz.
Birinchisi - albatta u mukoshafa (kashf etish) ilmlariga tegishlidir. Bizning bu kitobdan 
ko‘zlaganimiz esa faqat muomala ilmlaridir. 
Ikkinchisi esa - qalbning haqiqatini bilishga urinish sir tutilgan ruh ishini oshkor qilishni 
taqozo etadi. Ruh ishi esa hattoki Rasululloh sollallohu alaihi vasallam u to‘g‘rida 
gapirmagan mavzulardandir. Shunday ekan, u zotdan boshqa kishilarning bu to‘g‘rida 
gapirmoqligi joiz emas. Demak, agar bu kitobning qaerida «qalb» lafzi zikr qilinsa, 
albatta undan yuqoridagi ilohiy ne’mat ma’nosini ko‘zda tutamiz. Maqsadimiz qalbning 
mohiyat-haqiqatini emas, balki uning sifat-holatlarini bayon etishdir. Zero, muomala ilmi 
qalbning mohiyat-haqiqatini emas, uning sifat-holatlarini tanishga muhtoj bo‘ladi. 
Ikkinchi lafz - «ruh»dir. U ham ikki xil ma’noda keladi. Birinchisi - u ko‘zga ko‘rinmas bir 
jism, uning manbai jismoniy qalbning, ya’ni yurakning bo‘shlig‘idir. Bas, u yerdan 
uruvchi tomirlar orqali badanning boshqa a’zolariga tarqaladi. Badanda ruhning yurishi
undan a’zolarga hayot, sezish, ko‘rish, eshitish va hidlash kabi hayot nurlarining oqib 
chiqishi go‘yo uyning burchaklarida aylantirilayotgan chiroqdan taralayotgan nurga 
o‘xshaydi. Chunki chiroq uyning qaysi burchagiga bormasa, faqat o‘sha yer yorishadi. 
Hayot bir devorda hosil bo‘lgan nurga o‘xshaydi. Ruh esa go‘yo chiroqqa o‘xshaydi. 
Ruhning ichkarida yurishi uyning atrofida bir harakatlantiruvchining qo‘zg‘ashi bilan 
harakatlanishiga o‘xshaydi. Tabiblar ham «ruh» lafzini tilga olishganida unda shu 
ma’noni nazarda tutishadi. U bir ko‘zga ko‘rinmas bug‘ki, uni qalbning harorati pishiradi, 
deyishadi. Buni sharhlash bizning vazifamiz emas, zero bu badanlarni muolaja qiladigan 
tabiblarning maqsadlaridir. Ammo bu qalblarni olamlarning Robbi yaqinligiga 
yetaklashga qadar davolovchi din tabiblarining maqsadlaridir, bas, bu ruhni sharhlashga 
aslo taalluqli emas. 
Ikkinchi ma’no - u insondagi biluvchi va idrok qiluvchi bir ilohiy ne’matdir. Bu haqda qalb 
ma’nolarining ikkinchisini sharhlaganimizda aytib o‘tdik. U Alloh taoloning quyidagi oyati 
bilan iroda qilgan narsasidir: 
«Ayting: 

Download 459,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish