www.ziyouz.com
kutubxonasi
117
Shibliy Hasriyga: «Bir jumadan ikkinchi jumagacha oldimga kelayotganingizda
qalbingizga Allohdan boshqa biron narsa tushsa, oldimga kelishingiz haromdir», dedilar.
Bu yolg‘izlanish faqat rost iroda va Alloh taoloning muhabbati qalbga o‘rnashishi
bilangina bo‘ladi, hatto u aqlini yo‘qotar darajadagi oshiqning suratida bo‘ladi. Uning
uchun faqat bitta g‘am bo‘ladi, xolos. Agar shunday holatda bo‘lsa, shayx unga uyning
bir burchagini lozim tutib o‘tirishga buyuradi va oz miqdorda unga halol taom keltirib
turish uchun bir kishini unga belgilab qo‘yadi. Chunki din yo‘lining asli ham halol
ovqatdir. Shu vaqtda tili ham, qalbi ham mashg‘ul bo‘lib o‘tirishi uchun unga zikrlarni
o‘rgatadi. Masalan, «Alloh, Alloh» yoki «Subhanalloh, subhanalloh», deydi yoxud shayxi
ravo ko‘rgan kalimalarni aytadi. Mana shunday zikrda tilning harakati to‘xtab qolguncha
doim bo‘ladi, go‘yo kalimaning o‘zi harakatlarsiz tilga oqib kelayotgandek bo‘ladi.
So‘ngra shu holatda to tildan kalimaning asari tushib qolguncha va lafzning surati qalbda
qolguncha davom etadi. Qalbda kalimadan boshqasi bo‘lmaydi, chunki qalb agar bir
narsa bilan mashg‘ul bo‘lsa, boshqa narsadan, u nimalar bo‘lmasin, ulardan xoli bo‘ladi.
Agar Allohning zikri bilan mashg‘ul bo‘lsa (asosiy maqsad ham shu edi), qalb shubhasiz
boshqa narsadan xoli bo‘ladi. Shu vaqtda qalb vasvasalari va dunyoga taalluqli
xayollarga va o‘zining o‘tgan holatlariga, boshqalarning holatlarini eslatadigan
narsalarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chunki agar u qalb vasvasalar va esiga tushgan
narsalardan birortasi bilan bir lahzagina mashg‘ul bo‘lsa, shu lahzada qalbi zikrdan xoli
bo‘ladi. Bu ham bir nuqsondir. Shularni daf qilishga kirishsin
Qachonki, vasvasalarning hammasini daf qilib, nafsini o‘sha kalimaga qaytarsa,
vasvasalar unga quyidagi so‘zlar tomonidan keladi: «U nima, Alloh, degan so‘zimizning
ma’nosi nima, nega u iloh va ma’bud bo‘lgandir?» Mana shu paytda fikrlash eshigini
ochadigan xayollar uni qamrab oladi. Ba’zida unga shaytondan kufr va bid’at vasvasalar
ham kelib qoladi. Modomiki, ana shularni yomon ko‘rib, ularni qalbidan yo‘q qilish uchun
yeng shimarib turgan bo‘lsa, vasvasalar unga zarar qilmaydi.
Bu vasvasalar ikkiga bo‘linadi. Birinchisida Alloh taoloning unday narsalardan pokligi
aniq bilinadi. Lekin shayton ana shu narsalarni qalbiga tashlayveradi va xotirasida
aylantiraveradi. Bu vasvasani yo‘qotish sharti unga parvo qilmaslik, Alloh taoloning
zikriga qochish, bularni o‘zidan daf qilishi uchun Allohga iltijo qilish kerak. Alloh taolo
aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |