«Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar tugab ketur. Allohning huzuridagi narsalar boqiydir» (Nahl surasi, 96-oyat), degan so‘ziga qaradim. Qachon biror
qiymatga ega narsani qo‘lga kiritsam, Allohning huzuriga yubordim, toki u yerda
saqlanib boqiy qolsin. So‘ngra yana shu odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning har biri
mol-dunyoga, mansabga, shon-sharafga va nasabga ruju’ qo‘ygan. Bularning barchasini
o‘ylab ko‘rsam, qiymatsiz narsalar ekan. Keyin Alloh taoloning:
«Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat), degan so‘ziga qaradim. Shuning
uchun Allohning huzurida hurmatli bo‘lay deb, taqvoga muvofiq amal qildim. So‘ng yana
shu odamlarga qaradim. Ular bir-birlariga ta’na qiladilar, la’natlaydilar. Bularning
barchasining asosi hasaddir. Keyin Alloh taoloning:
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy