Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
ishidan mamnunlar kerak bo‘lib, unga qanotlarini yozadilar».
33
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilmdan bir bob o‘rganib
tong ottirishing yuz rakat namoz o‘qishingdan afzaldir».
34
32. Imom Muslim rivoyati.
33. Imom Ahmad, Ibn Hibbon va Hokimlar rivoyati.
34. Ibn Abdulbar Abu Zarrdan rivoyat qilgan. Ibn Mojaniki boshqa lafz ila keladi. Bu hadisni Alboniy zaif degan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Kishi ilmdan bir bob o‘rganishi
uning uchun dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir».
35
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ilmni Chinda bo‘lsa ham
o‘rganinglar».
36
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilm xazina,
uning kalitlari
savol. So‘ranglar, so‘rashda to‘rt kishi savobga ega bo‘ladi: so‘rovchi, olim, eshituvchi,
ularni do‘st tutuvchi».
37
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Johil bilmaganini so‘ramasligi, olim
bilganini aytmasligi durust emas».
38
35. Ibn Abdulbar Hasan Basriydan mavquf holda rivoyat qilgan. Tabaroniy zaif isnod ila rivoyat qilgan.
36. Ibn Adiy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. Alboniy «Az-za’ifa» nomli kitoblarida botil hadis degan.
37. Abu Nu’aym zaif isnod bilan rivoyat qilgan. U isnodiga ko‘ra mavzu’dir.
38. Tabaroniy, Ibn Murdavayh, Ibn Sunniy, Abu Nu’aymlar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan.
Abu Zarr rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):
«Olimning majlisida hozir bo‘lish
ming rakat namozdan, mingta kasalni borib ko‘rishdan,
mingta janozaga ishtirok qilishdan afzaldir», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, Qur’on
tilovatidan ham yaxshiroqmi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi
vasallam) aytdilar: «Ilm bo‘lmasa, Qur’on tilovati foyda beradimi?»
39
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim Islomni tiriltirish uchun ilm
o‘rganayotganida
vafot etsa, jannatda u bilan payg‘ambarlar orasida bir daraja
qoladi».
40
Islom buyuklari ham ilm o‘rganish fazilatini ko‘p ta’kidlashgan.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Ilm olishda (qiynaldim), bir oz xorlandim, tilagim hosil
bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim».
39. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilgan.
40. Doramiy va Ibn Sunniylar hasan holda rivoyat qilishgan.
Ibn Abu Mulayka Ibn Abbos haqida shunday deganlar: «Chiroyda
Ibn Abbosdek
chiroylisini, so‘zlashda tili ravonini, fatvo berishda ilmlisini ko‘rmaganman».
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: «Ilm o‘rganmasdan turib ulug‘likka intilgan kishiga
hayronman».
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Hakimlardan biri aytadi: «Men ikki kishiga achinganimchalik boshqa hech kimga
achinmaganman: ilmni tushunmasdan turib o‘rgangan kishiga,
ilmning muhimligini
tushunib, uni o‘rganmagan kishiga».
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Sen olim, yo o‘rganuvchi yoki unga quloq tutuvchi bo‘l.
Lekin to‘rtinchisi bo‘lmagilki, halok bo‘lasan».
Tobe’inlardan Ato ibn Abu Raboh aytadilar: «Bir ilm majlisi lahv-behuda majlislardan
yetmishtasiga kafforat bo‘ladi».
Umar (r.a.) aytadilar: «Kunduzlari ro‘zador, kechalari qoyim-bedor bo‘lgan mingta
obidning o‘limi halol-haromni ajrata oluvchi bir olimning o‘limidan yengilroqdir».
Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Ilm o‘rganish nafl ibodatidan afzalroq».
Ibn Abdulhakam (r.a.) aytadilar: «Men Imom Molik huzurlarida ilm o‘qirdim. Peshin
vaqti kirishi bilan nafl namoz o‘qish uchun kitoblarimni yig‘ishtira boshladim.
Shunda
ustoz, agar niyating durust bo‘lsa, hozir mashg‘ul bo‘lib turgan ishing bajarmoqchi
bo‘layotgan ishingdan afzalroqdir, dedilar».
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Kim ilm o‘rganishga chiqish jihod emas desa,
uning aqli va
fikrida noqislik bor ekan».
Do'stlaringiz bilan baham: