ZIKRDAN G’OFIL QOLMA!
Imom Sahl rahmatullohi alayh aytganlar: "Dinda istiqomat, siniq ko‘ngil ila Allohga qullik
qiling, sihhatli bo‘lishni kutmangiz. Chunki sihhatli bo‘lishni kutish tanballikdir".
"Hikom" asarining muallifi Atoulloh Iskandariy rahmatullohi alayh deydilar: "Xushu-xuzu’
bilan zikr qilolmayapman deya zikrni tashlab qo‘yma! Chunki Allohning zikridan g‘ofil
qolishing (zikr etmasliging), Allohni g‘aflat bilan bo‘lsa-da zikr qilganingdan
yomonroqdir. Balki Alloh seni zikridan g‘ofillikdan zikr etishga, zikr etishdan xushu-xuzu’
ila zikr qilishga, Allohdan boshqa har narsadan uzoqlashib zikr qilishga yuksaltirishi
mumkin".
Do'stlaringiz bilan baham: |