www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
evaziga kun o‘tkazuvchi majzublardan komilroqdir. Alloh taolo hunarsiz obidlardan kasb-
korli obidlarni bir necha xususda ustun qildi va ularga ikrom etdi:
a) insonlarning sadaqalari va zakotlaridan yemay, o‘zlari tirikchilik qilib topganlaridan
yeyishlari;
b) olimlikka da’vogarlik va johillarga nisbatan kekkayishning yo‘qligi. O’zlarining
kichikligini va boshqalarning buyukligini ko‘ra bilishlari;
v) Alloh taolo va payg‘ambarlari xususida aslo shubhaga bormasliklari.
Ustozim Aliyyul Havvos rahmatullohi alayh bunday der edilar: "Qon oluvchi va suv
quvurlarini tozalovchi kabi o‘z mehnatidan kun ko‘rgan kishi, insonlar sadaqasi hisobiga
kun o‘tkazuvchi obiddan ustundir».
Shuni ham bilish lozim: Ko‘paytirish va maqtanish uchun pul topish shar’an ayb
sanaladi.
Hadisi sharifda marhamat qilinadi: «Kim maqtanish, ko‘paytirish uchun (hatto) halol
dunyo molini talab etsa (qiyomat kuni) Alloh taolo undan g‘azabnok bo‘ladi».
Buni ham bil!
Do'stlaringiz bilan baham: |