Biznes hujjatlarini yuritish xodimlari mehnatini tashkil etishning asosiy
45
ish unumini oshiradi. Ish vaqtini tashkil qilish va natijasini taxlil qilish maksadga
muvofiqdir. Ish yuritish xodimlari uchun o’z vaqtlarini boshqarishning samarali
tizimini yaratishdagi muxim qadam faoliyat maksadlarini aniqlashdan iboratdir.
Faoliyat maksadlari xam qisqa muddatga, xam uzoq muddatga mo’ljallangan
bo’lishi mumkin. Maqsadlar asosida boshqarish qo’shimcha kuch-g’ayrat sarflash
bilan bog’lik emas, Chunki ular rejalashtirish jarayonlariga asoslanadi, unda
belgilangan harakatlar yoki tadbirlarning bajarilish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
Raxbar tomonidan belgilangan maqsadlarning amalga oshirilishi zarur
bo’lgan harakatlarni belgilab qolmasdan, shu bilan birga ularning ijrosini
rag’batlantiradi xam. Raxbar belgilashi lozim bo’lgan makqsadlar quyidagicha
bo’lishi kerak:
- haqiqiy va aniq bo’lishi;
- faoliyatni amalga oshirishga emas, balki muayyan natijaga erishishga
qaratilgan bo’lishi;
-vaqt jixatidan aniq muddat bilan o’lchanadigan va cheklanadigan
bo’lishi.
2. Maqsadlarni aniqlash — bu faqat boshlang’ich bosqichdir. Maksadni uni
amalga oshirish yuzasidan harakat rejasiga aylantirish kerak. Mavjud maksadlar
va vazifalarning muximlik darajasini aniqlash xamda ulardan qaysilari
xammadan ko’ra muhimroq, qaysilarini xal etishni esa tuxtatib turish
mumkinligini belgilab olish zarur. Muhimlik darajasini aniqlash vazifasini
muvaffaqiyatli xal qilish xodimning ishi samarali bo’lishiga quchli ta’sir qiladi.
Xodimning o’z maqsadiga erishishining muxim sharti uning o’z ish
vaqtini ana shu maksadlarga olib keladigan tadbirlarni amalga oshirishga
sarflashdan iboratdir.
Xodimning har kuni o’z ish vaqtida qanday qilib maksadga muvofiqroq
foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qilishiga to’g’ri keladi. shu ning uchun
xam ish vaqtini rejalashtirish va kutilgan natijalarni uzviy ravishda
bog’lay olish ancha muximdir.
3. shaxsiy ish rejasini tuzib olish. Har bir ish yuritish xodimining ish
yuritish rejasini davrlarini joriy etishi umuman vaziyatga aniq baxo berishiga
imkon tug’diradi, asosiy narsani ajratishiga yordam beradi va hujjatlarni ijro
etish darajasini oshiradi. shu sababli xodim ish vaqtini rejalashtirishda iloji
boricha yaxshiroq natijalarga erishmog’i uchun u "rejalashtirish davrlari": kun,
xafta, oy, yil rejalarini tuzadi va undan unumli foydalanishi lozim.
Rejalashtirish davrlari ichida xodim uchun eng muximi kun hisoblanadi.
Kunni rejalashtirish o’ziga berilgan vaqt mobaynidagi muayyan harakatlarni
belgilab olishni o’z ichiga oladi va faqat maqsadni, istakni yoki muddaolarni
aniqlash bilan chegaralanmaydi. Kunlik rejalashtirish bugungi kun bilan yashash
46
uchun shart-sharoit yaratadi. Kunlik reja shu bugun amalga oshirilishi lozim
bo’lgan barcha ishlarning jamidan iborat bo’ladi va raxbarga ish vaqtidan
samarali foydalanish uchun imkon yaratadi. Kunlik reja ishning pirovard
maqsadlarini ularning axamiyatiga qarab belgilab beradi.
Biznes hujjatlarini yuritish xodimlarining xaftalik ish rejasi eng murakkab
reja hisoblanadi.
Xaftalik rejalashtirish jarayonida ilgari belgilangan aloqalarni aniqlash va
ularni amalga oshirish usullarini belgilab chiqish tavsiya etiladi.
Ish xaftasi tamom bo’lgandan keyin xaftalik vaqtdan foydalanish rejasiga
va erishilgan pirovard natijalarga baxo berish zarur bo’ladi.
Oylik rejalarida quyilgan barcha maqsadlarga erishish va uni amalga
oshirish uchun barcha hujjatlar ijro etilishi nazorat qilinadi va natijada qilingan
barcha ishlar yuzasidan hisobot beriladi.
Yillik rejalashtirishning muxim bugingi faoliyatning zarur yunalishlarini
belgilab chiqishdir. Ana shu muxim natijalar asosida ish yuritish xodimi shaxsiy
faoliyat rejasini va shu yil uchun mo’ljallangan byudjetni ishlab chikishi lozim.
So’ngra uning ixtiyorida bo’lgan vaqt kalendar ish rejasida aloxida tashkil etiladi
va u iloji boricha aniq bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: