Birinchi shavt duosi:
«Subhonallohi valhamdu lillahi vala ilaha illallohu vallohu akbar vala havla vala quvvata
illa billahil ‘aliyyil aziym. Vassolatu vassalamu ala rasulillahi sollallohu alayhi vasallam.
Allohumma iymanan bika va tasdiyqon bikitabika vavafaan biahdika vattiba’an lisunnati
nabiyyika va habiybika Muhammadin sollallohu alayhi vasallam. Allohumma inniy
as’alukal afva val-’ofiyata val-mu’ofatad daimata fiddiyni vad-dunya val-axirota val-
favza biljannati vannajata minannar».
Alloh barcha aybi-nuqsonlardan pok zotdir. Va hamd-maqtov Alloh uchundir. Hech iloh
yo‘qdir, magar Alloh bordir. Alloh ulug‘dir. Aziym, Aliym bo‘lmish Allohdan boshqa hech
kuch-qudrat yo‘qdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salotu salomlar bo‘lsin.
Allohim Senga iymon keltirgan holatda, kitobingni tasdiqlagan holatda, sening ahdingga
vafo qilib va Payg‘ambaring, habibing Muhammad sollallohu alayhi vasallamning
sunnatlariga ergashgan holatda (haj qilishga keldik). Allohim, albatta men afvni,
ofiyatni, din, dunyo va oxiratda doimiy salomatlikni, jannatni qozonib, do‘zaxdan
qutulishni Sendan so‘rayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |