Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
eshitib, ko’ngli rohatlanardi.
Oradan bir yil o’tdi. Yangi mehmon – chaqaloq tug’ilishi bilan honadondagi hursandchilik
yana-da oshdi. Chaqaloqning hozircha otasiga o’xshashini, lekin ulg’aygan sari onasiga
o’xshab borishini aytishardi. Lekin Atiq bilan uzoq yashash Xadichaning peshonasiga
yozilmagan edi. Ikkinchi yilning yarmi o’tmasdan Atiq vafot etdi. Undan yodgor bo’lib
qizchasi qoldi.
Qurayshliklar Atiqning Xadichaga ko’p mol-dunyo qoldirib ketgani haqida gapirishardi.
Ko’plari uchun mol-dunyosi va husni-nasabini o’ylab, agar rozi bo’lsa, unga uylanishni
aytishardi. Atiqning vafot etganiga ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa-da, Xuvaylid ham uni erga
tegishini istar edi.
Xadicha esa turmushga chiqishni istamas, Atiqdan keyin yolg’iz umrguzaronlik qilishni
o’ylar edi. Ota-onasi yana turmushga chiqish haqida unga so’z qotishga botina olmasdi.
Kunlar, oylar birin-ketin o’ta boshladi. Xadicha hovlidan tashqariga chiqmas,
qizchasining tarbiyasi bilan band edi. Xuvaylid esa uyiga kelayotgan sovchilarning
qadamini tezroq uzib, qizini erga berishni hohlardi.
Bir kuni qizini chaqirib: “Endi motam kiyimingni yechmaysanmi, qizim? Atiq vafot
etganiga ko’p vaqt bo’ldi. Tirikligida ham, vafot etganidan so’ng ham hurmatini joyiga
qo’yding. Axir, tiriklar marhumlar ketidan o’lishi kerak emas”, deb nasihat qila boshladi.
Xadicha otasiga qararkan, ko’zlari yoshga to’ldi. Siniq ovozda: “O’z yaqinini yo’qotgan
kishiga hayotning nima qizig’I bor?” deb qizchasini boshini silab qo’ydi. Ko’zidan yoshi
duv-duv quyular edi.
Xuvaylid qizining ko’zyoshlarini ko’rib qattiq ta’sirlandi. “Qizim, yolgiz ayol boshing bilan
eshigingni qulflab o’tirgandan ko’ra, yoningda panohing bo’lsa yaxshi, deyman-da.
Eridan ajralib qolgan faqatgina sen emassan. Hammasi taqdiri azalda bitilgan. Hohlagan
paytda bizning jonimizni oladi. Taqdirga tan berish kerak. Bunday qilishing yaxshi
emas”, deb Xadichaga taskin va maslahat bera boshladi. Keyin erlaridan ajragan
ayollarni birma – bir sanay ketdi. Ikkinchi marta turmush qurib baxtli yashayotganlarni
ham tilga oldi. “Qizim, umr o’tib borayapti. Men ancha keksayib qoldim. Mendan keyin
dunyoda yolg’iz qolib ketishingdan qo’rqaman. Agar sening kelajagingdan ko’nglim to’q
bo’lmasa, bu dunyoni qayg’u bilan tark etaman. Nahotki, senga faqat yaxshilik
sog’inadigan otangga itoat etmasang?! Yoki qarorimga qarshi chiqib gunohkor
bo’lasanmi?” dedi muloyimlik bilan. Bir oz tin olgach: “Sening qo’lingni so’rab kelgan bir
kishiga rozilik berib qo’ydim. Xudo xohlasa, undan rozi bo’lasan. Kimligini bilishni
istaysanmi? U haqida avval ham eshitgansan, boy-badavlat inson, sahiyligi bilan
tanilgan Nabbosh ibn Zurora Tamimiydir. Qizim, otangga itoat et va rahm qil”, dedi.
Xadicha javob qaytarmay, erga tikilib turardi. Sukut – alomati rizo, deganlar. Xuvaylid
qizi rozi bo’lganidan keyingina joyidan jildi.
Do'stlaringiz bilan baham: