Microsoft Word hadicha ziyouz com doc


-FASL. MAKKADAGI GAP-SO’ZLAR



Download 263,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/37
Sana20.06.2022
Hajmi263,93 Kb.
#686024
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Abdussalom Ashriy. Hadicha binti Xuvaylid r.a.

16-FASL. MAKKADAGI GAP-SO’ZLAR
Т
ong otdi. 
Х
adicha uyqudan erta uyg’ondi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam 
undanda oldinroq uyg’onib, Ka’ba tavofiga chiqib ketgan edilar. Varaqa ibn Navfal ham 
sahar payti Ka’bani tavof etayotgan edi. Rasulullohni ko’rib, boshi osmonga yetdi. U 
zotni qutlab, sabot bilan ish boshlashga chorladi. So’ngra qavmidan yetishi mumkin 
bo’lgan aziyatlar haqida so’zladi. Qurayshliklar ham Ka’bani o’z bilganlaricha tavof qilib 
yurishgan edi. Ba’zilari Varaqa aytgan so’zlarni eshitdi. U ketgach, Rasulullohdan Varaqa 
nima deganini so’ray boshladilar. Rasululloh ularga qarab:
— Kechasi menga vahiy keldi, — dedilar. Qurayshliklar bir-birlariga ma’nolik qarab 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22
olishdi. Keyin ulardan biri so’radi: 
— Ey Muhammad, senga vahiy jo’natgan kim ekan? 
— Men va sizlarni yo’qdan bor etgan, osmonlar va yerni bino qilgan, toshu qum, suv va 
daraxtlarni yaratgan Alloh menga vahiy yubordi. 
Ikkinchisi qichqirdi:
— Nima sababdan Rabbing senga vahiy yubordi? 
— Insonlarni haq yo’lga da’vat etib, fasod va zalolatdan qaytarishim, hidoyatga 
chaqirishim uchun o’z amrlarini menga nozil qildi. Hayotingizning fisq-fasodga botganini 
ko’rmayapsizmi? Uni o’zgartirish vaqti keldi. 
Ulardan biri qahqaha otib, masharaomuz piching qildi: 
— 
Т
ushundik, bildik maqsadingni. Sen kutilayotgan payg’ambar nomidan 
gapirmoqchisan. Ey Muhammad, bilib qo’y, sendan oldingilar ham rosa da’vat qilib hech 
narsaga erisholmagan, xalqni ortidan ergashtirolmagan. Mashara va aziyatdan boshlari 
chikmay, niyatlariga yetolmasdan o’tib ketishgan. Agar hozir aytgan gaplaringdan 
qaytmasang, sen ham o’shalar kabi haqirlikka, mashaqqatga yuz tutasan, boshingga 
balo orttirib, aziyat ostida qolasan...
*** 
Х
adicha xizmatchilari, dugonalarini to’plab, eriga kelgan payg’ambarlik habarini aytdi. 
Alloh unga vahiy yuborganini so’zlab berdi. Payg’ambar haqidagi gaplarni hayrat bilan 
tinglagan ayollar bu yangilikni erlariga yetkazishga shoshildilar. Oz fursat o’tmasdan bu 
xabardan ko’pchilik ogoh bo’ldi. Ko’plar bu yangilikni mashara va istehzo bilan qabul 
qilishdi. 
"Nima uchun Muhammad birdan buni hohlab qoldi? Uning biror marta yolg’on 
gapirganini bilmaymiz. Rostgo’yligini hamma tan oladi. 
Х
adicha-chi? U ham oqila ayol 
sifatida tanilgan. Muhammadning so’zlariga u nima dedi ekan?" 
O’zlaricha muhokamaga tushib ketishgan edi ular. Keyin 
Х
adichani malomat qila 
boshlashdi. Uni jinni bo’lib qolgan, aqldan ozganga chiqarishdi. Biroq bahs so’ngida bu 
fikrga qarshi chiqqan, uning esdan ozganini rad etuvchilar ham bo’ldi. 
Х
ullas, bu yangilik 
hammani o’ylantirib qoydi.
Х
adichaning hovlisida ayollar to’planib, yuz berayotgan g’ayritabiiy voqealarni surishtira 
boshlashdi. 
Х
adicha ularga hammasini birma-bir aytib berdi. Rasulullohga nozil qilingan 
Qur’on oyatlarini qiroat qildi. 
Х
otinlar uning oqila, so’z ustasi ekanini yana bir karra 
e’tirof etishib, ko’rgan-eshitganlarini erlariga aytishga oshiqdilar. Ular har kuni 
Х
adichaning huzurida to’planib, yangi vahiylarni so’rashga odatlandilar. 
Т
o’satdan vahiy kelishi to’htadi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam oyat nozil 
bo’lishini kutardilar. 
Х
adichani o’y bosdi: "Ayollarga qanday javob bersam ekan? Vahiy 
kelishi to’htagan bo’lsa... Nahotki, Alloh o’z payg’ambarini tark etsa?!" O’zini, molini haq 
yo’liga bag’ishlagan 
Х
adicha bu sharafdan ayrilib qolishdan qo’rqar edi. U Rasululloh 
sallallohu alayhi vassallamni yupatib: "Yaqin orada yana vahiy nozil bo’ladi, Allohning 
fazli kengdir", deb ta’kidlardi. Lekin vahiy nozil bo’lmadi. Rasululloh alayhissalom g’amga 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Download 263,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish