@diplom_ishlari telegram kanali
1
O’ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI
XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O’RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM
MUASSASASI
“HIMOYAGA RUHSAT ETILDI”
Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta
maxsus islom ta’lim muassasasi
direktori
_____________ N. Ibragimova
“____”____________ 2020 yil
NAJIMOVA HABIBA QOBILJON QIZI
MAVZU: “TAJVID ILMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA
ULARNING XUSUSIYATLARI”
Kod____– Dinshunoslik
o’rta maxsus darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: Kenjaboy G.M
Taqrizchi: Qurbonova G. Q
Toshkent 2020
@diplom_ishlari telegram kanali
2
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………...…………………………….…3
I BOB. TAJVID ILMINING TARIXI
1.1. Tajvid ilmining ta`rifi va ahamiyati ……………………………….……….7
1.2. Tajvid ilmining kelib chiqish tarixi ………………………………….……21
II BOB TAJVID ILMINING O’ZBEKISTONGA KIRIB KELISHI
2.1. O’zbekistonga tajvid ilmining kirib kelishi va rivojlanish bosqichlari…........32
2.2. XIX-XX asrda O’zbekistonda yetishib chiqqan mashhur qorilar.….….…….45
XULOSA……………………………………………...…………………...…….57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR......………….……………………….59
@diplom_ishlari telegram kanali
3
ِﱠ ِمْسِب
مي ِح ﱠرْلا ِناَمْح ﱠرْلا
KIRISH
“Biz baxtiyor avlodmiz, baxtli
xalqmiz, chunki shunday buyuk
allomalarning vorisimiz. Xalqimiz
farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi
yo’lida qilayotgan ishlarimiz bilan
ulug’ ajdodlarimizga munosib
bo’lishimiz
kerak.
Bu
barchamizdan yuksak ma’suliyat
talab qiladi”.
Shavkat Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, o’zbek xalqi milliy va diniy
qadriyatlarini to’la o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ma’lumki, “Sho’rolar
zamonida tarixiy xaqiqatni bilishning o’zi jinoyat edi, hukmron mafkura
manfaatlariga hizmat qilmaydigan har qanday manbalar iloji boricha xalq
ko’zidan yiroq saqlanardi. Ahvol shu darajaga yetib borgan ediki, o’z tariximizni
o’zimiz yozish huquqidan mahrum bo’lib qolgan edik
1
”
Yaratganga ming shukurlar bo’lsinki, o’sha qaro kunlar ortidan bugungi
kunimizdek, tinch va osoyishta kunlar ham yetib keldi. Bu istiqlol sharofati bilan
barcha sohada yangilanish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, ma’naviy sohada
1
Karimov I.A. Tarixiy hotirasiz kelajak yo’q. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7-T_. O’zbekiston, 1999. –
B. 142.
@diplom_ishlari telegram kanali
4
xalqimizdan yetishib chiqqan buyuk siymolar tarixini o’rganishdek buyuk baxt
biz yoshlarga nasb qilib turibdi.
Shu ma’noda har bir millat va xalqning iftihori uning dunyoda ilm-fan madaniyat
ravnaqiga o’z mehnatini ayamagan olimlari va jahon tamadduni rivojiga qo’shgan
hissalari bilan ham o’lchanadi.
Mana shu me’zonga qarab aytadigan bo’lsak, bizning ushbu ko’hna zaminimiz
ham hech bir mubolag’asiz, dunyoda eng ilg’or o’rinlardan birini egallaydi.
Chunki bu o’lkadan yetishib chiqqan olimlar, fozillar ilmning deyarli har bir
sohasi rivojiga o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shganlar.
Imom al-Buhoriy, Muhammad Muso al-Horazmiy, Imom Moturudiy,
Burhoniddin al-Marg’inoniy, Mahmud az-Zamahshariy va shu kabi yuzlab, balki
minglab siymolarni sanab o’tishimiz mumkin. Lekin ming afsuslar bo’lsinki XX
asrning oxirgi o’n yilligiga qadar-Sobiq ittifoq davrida asrlar davomida ota-
bobolarimiz e’tiqod qilib kelgan muqaddas islom dinimiz, uning rivoji va ilmiga
o’zining hissasini qo’shgan allomalarimiz nomlari yashirildi, hatto uylaridan arab
yozuvidagi bir sahifa chiqib qolgan vaqtda dindor, jamiyatni orqaga suruvchi
qoloq, degan ayblar bilan tamg’a bosildi.
Allohga ming shukurlar bo’lsinki, haqiqat bukilar ammo sinmas ekan, Allohning
marhamati bilan bo’ynimizdagi barcha noto’g’ri qo’yilgan ayblar va mute’lik
kishanlari olib tashlangandan so’ng, yurtimizda bebaho merosimizni o’rganish va
undan xalqimizni bahramand qilishdek hayrli ishlarni bizlarga nasib etdi. Ya’ni
1990 yillardan boshlab xalqimiz ko’ziga turli mavzulardagi diniy adabiyotlarni
yetkazib berish boshlab yuborildi.
Shu jumladan Islom dinining asosiy manbasi bo’lmish Qur’oni karim va
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning eng to’g’ri hadis
to’plamlari bir necha martta nashr qilindi. Qur’oni Karim dunyoning barcha
tillariga qayta-qayta tarjima qilinsa ham, uning asl ma’nosiga yetib borishlik
mushkul ekanligi hammaga ayon. Uning mo’jizaliligi ham shunda. Bu haqida
@diplom_ishlari telegram kanali
5
ulamolar shunday deyishadi: “Qur’on Alloh taoloning Muhammad sollallohu
alayhi va sallamga tushirgan, tilovati ibodat hisoblanadigan, ojiz qoldiruvchi
kalomidir
2
”.
Yurtimiz mustaqilikka erishgach, milliy o’zligini anglash yo’lida ko’plab hayrli
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, buyuk siymolarimizni nomini tiklash, ularni
qadamjolarini obodonlashtirish eng asosiysi, ular bitib ketgan mo’tabar asarlarni
jamiyat rivojida keng miqyosda foydalanishlik sharoiti yaratib berildi. Shunday
ishlar qatori tajvid ilmi va uning tarixi xaqidagi ma’lumotlarni o’rganib, ularni
tahlil qilib halqimizga yetkazib berish biz tolibi ilmlarning burchimiz hisoblanadi.
Shu ma’nolarni fikr mulohaza qilgan holda ota-bobolarimiz bosib o’tgan izlarini
davom ettirish biz farzandlar uchun sharafdir.
Mazkur Qur’oni karim ilmlari haqida turli davrlarda olimlar so’z yuritganlarida
o’z fikrlarini hadis shariflarda kelgan “yetti harf”, degan jumlani sharhlash bilan
qisqacha bayon qilib o’tishgan. Tadqiqot davomida “Tajvid ilmining rivojlanishi
bosqichlari va ularning xususiyatlari” mavzusi orqali qiroat ilmiga oid ihtilofli
masalalar yechimini topishga baholi qudrat harakat qilindi. Bilamizki, Qur’oni
karimning tafsiri va tarjimalari bilan shug’ullanishda jumhur ulamolar bir qator
ilmlarni puxta egallashlikni shart deb bilishgan. Biz o’rganayotgan mavzu ham
shular jumlasiga kiradi. Peshqadam olimlar qiroat ilmi haqida o’zlarining shoh
asarlarini bitib o’tganlar. Shu jumladan bizning zaminimizdan yetishib chiqqan
olimlar ham bu borada qalam tebratishgan. Ushbu “Tajvid ilmining rivojlanishi
bosqichlari va ularning xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi kirish,
ikki bob, to’rt bo’lim, hulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat.
Mavzuni o’rganganlik darajasi: Ushbu mavzuning o’rganilganlik darajasi
sifatida shuni aytish mumkinki, tajvid ilmi va uning tarixi hozirgacha dunyoning
ko’pgina yurtlarida islomshunos olimlar tomonidan turkiy tillarda o’rganib
kelingan. O’zbek tilida esa bu borada deyarli juda kam ma’lumot uchratish
2
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Sunniy aqidalar. Movarounnahr. Toshkent. 2005. 356-bet
@diplom_ishlari telegram kanali
6
mumkin. O’zbek tilida yozilgan tajvid asarlari ham faqat Qur’on o’qish uchun
ishlatiladigan qoidalarni sharhlash bilan cheklanilgan.
Shunday bo’lsada bu borada qalam tebratgan olimlar sirasiga yurtimizning ulug’
siymolaridan Shayx Ismoil Mahdum, Yusufxon Shokirov, Rahmatulloh qori
Obidov, Abdulloh Salohiddin, Rahmatulloh Mirzaqosim, Jahongir Ne’matov,
Odinaxon Muhammad Yusuf, Qurbonova Gulobod va Kenjaboy Gulruhlarning
nomlarini keltirib o’tish lozim.
Mavzuning maqsad va vazifalari: Ushbu mavzuning maqsad va vazifasi
sifatida shuni aytish mumkinki, “Tajvid ilmining rivojlanish bosqichlari va
ularning xususiyatlari” mavzusi qadimda ham musulmon olami uchun ahamiyatli
bo’lib kelgan. Xususan O’zbekiston diyorida bu borada ilmiy ishlar olib borgan
olimlar kam uchraydi. Bu borada olib borilgan ishlar bor bo’lsa ham ular ko’p
Qur’on o’qish qonun qoidalariga bag’ishlangan. Bu ilmiy ishni tayyorlash
jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, Qur’on ilmlari nafaqat tajvid qoidalari
balki Qur’on tarixi, tafsiri va ta’vili, shuningdek, tajvid ilmi tarixi va qiroat turlari
va imomlari haqida ham ma’lumotga ega bo’lish kabi ishlarni ham o’z ichiga olar
ekan. Ushbu ma’lumotlarni o’rganish va boshqalarga ilmiy uslubda bildirishni
asosiy maqsad va vazifamiz deb bildik.
Mavzuning ilmiy ahamiyati: Mavzuning ilmiy ahamiyati sifatida shuni aytish
lozimki, bugungi kunda har bir millat o’z dini tarixi va o’sha dinda bitilgan
asarlarini o’rganayotgan bir paytda, musulmon olamida yashayotgan insonlar
uchun ham o’z dinlari bo’lmish islomni o’rganish va uning eng asosiy manbasi
bo’lmish Qur’onni o’rganish va uning o’qilish qonun qoidalarini va
grammatikalarini puxta egallash bilan bo’ladi. Shuningdek, bu kitobni o’qishda
ishlatiladigan qonun qoidalar, qachon va kimlar tomonidan ta’lif etilganligini ham
bilish yanada ahamiyatliroqdir. “Tajvid ilmining rivojlanish bosqichlari va
ularning xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy ishimiz yuqorida zikr etilgan
ma’lumotlarni o’rganishda muhimdir.
@diplom_ishlari telegram kanali
7
1.1. Tajvid ilmining ta’rifi va ahamiyati
Barchamizga ma’lumki, musulmonlar qadimdan tajvid ilmiga katta ahamiyat
berib kelgan. O’tgan ulamolar bu yo’lda o’zlarining ko’p xizmatlari va
g’amxo’rliklarini ko’rsatib, ko’plab asarlar ta’lif qilganlar.
Mo’min-musulmonlar zimmasida Qur’oni karimni o’rganish mas’uliyati mavjud
ekan, ularning eng asosiysi Qur’onni to’g’ri, tajvid qoidalariga mos holatda qiroat
qilishdir. Maqsad - Allohning Kalomini tadabbur etish, uning ma’nolarini to’g’ri
fahmlab yetish va amal qilish. Bu narsa tajvid ilmini mukammal egallagan
ustozlardan ta’lim olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Hamma o’z imkoniyatiga
qarab bir ustoz topishi va tajvid ilmini ana o’sha ustoz yordamida egallashi lozim.
Endi bevosita tajvid ilmi haqida to’xtalib o’tamiz. “Tajvid” so’zi lug’atda
“javvada” fe’lidan olingan bo’lib, lug’atda “sifatni oshirmoq”, “yaxshilamoq”,
“ziynatlash”, “(Qur’oni Karimni) qiroat bilan o’qimoq”, “puxta qilish”, “go’zal
qiroat” ma’nolarini beradi. Ilmiy istelohda esa, Qur’oni Karimni Alloh Taolo
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nozil qilganidek, har
bir harfiga haq va huquq berib, o’z maxrajidan chiqarib, istelo va istifola
harflarini bir biridan farqlab, uning zotiy va oriziy sifatlarini ado qilgan holda
talaffuz etish, tafhim-tarqiq, idg’om va izhor kabi qoidalarga amal qilib o’qishni
ta’lim beruvchi ilmdir. “Haq” deganda harflarni o’z chiqadigan joylaridan
chiqarish va lozim bo’lgan sifatlarni ado qilish tushuniladi. Istelo va istefolaga
o’xshash. “Huquq” deganda esa, tafhim va idg’om kabi sifatlarni ado qilish
tushuniladi. Tajvid ilmini mukammal o’rganish farzi kifoyadir. Ammo Qur’oni
Karimni o’qiyotganda tajvidga amal qilish har bir mo’min-musulmonga farzi
ayndir. Qur’oni Karimni tajvid bilan o’qishga Qur’oni karim, hadis, ijmodan turli
dalilar keltirilgan. Alloh taolo o’zining muborak Kalomi bo’lmish Qur’oni
Karimning “Muzzammil” surasi 4- oyatida shunday marhamat qiladi:
@diplom_ishlari telegram kanali
8
ًﻞﻴِﺗْﺮَـﺗ َنَآْﺮُﻘْﻟا ِﻞِّﺗَرَو
“Va Qur’onni tartil bilan tilovat qil”.
Qur’onni tartil bilan o’qishga bo’lgan farmoni ilohiy barcha mo’min
musulmonlarga ommaviy farmondir. Muhammad sollallou alayhi va sallamga
farishta Jabroil alayhissalom Qur’onni tartil bilan o’qib berganlar. Musulmon
ummati esa, avloddan avlodga o’z Payg’ambaridan qandoq qilib olgan bo’lsa,
shundoq o’tqazib kelmoqda. Qorilarimiz Qur’oni karim qoidalarini tartibga solib
kitoblar yozishgan. Bu qoidalarni bilish har bir musulmon uchun zarur. Shuning
uchun, har bir musulmon tajvid qoidalari bo’yicha bir kitob o’qimog’i lozim.
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi
va sallam shunday bashorat qiladilar:
“Qiyomat kunida Alloh Qur’on qorisiga: o’qib ko’tarilib boraver, u dunyoda
qandoq o’qigan bo’lsang, shundoq o’qi, oxirgi oyatni o’qigan joying sening
(jannatdagi) martaba manziling bo’ladi, deydi”.
“Tartil” so’zi biron narsani shoshmasdan, ochiq-oydin va tushunarli aytish
ma’nosiga ega. Ibn Abbos roziyallohu anhu ushbu oyatni “Hamma tushunadigan
qilib o’qing”, Zahhok esa, “Harfma-harf qiroat, oyatni dona-dona qilib o’qing”,
deya tafsir qilishgan.
Abu Is’hoq: “Tartil qiroatda shoshilmaslikdir. Bu harf qiroatni o’z mahrajidan
chiqarib, ularni bir-biri bilan aralashtirib yubormay o’qish orqali bo’ladi”, deb
aytgan.
Yana bir oyati karimada Alloh taolo O’zining Kitobini to’g’ri tilovat qiladigan
bandalarini maqtab shunday deydi:
َﻚِﺌَﻟوُﺄَﻓ ِﻪِﺑ ْﺮُﻔْﻜَﻳ ْﻦَﻣَو ِﻪِﺑ َنﻮُﻨِﻣْﺆُـﻳ َﻚِﺌَﻟوُأ ِﻪِﺗَو َﻼِﺗ ﱠﻖَﺣ ُﻪَﻧﻮُﻠْـﺘَـﻳ َبﺎَﺘِﻜْﻟا ُﻢُﻫﺎَﻨْـﻴَـﺗَآ َﻦﻳِﺬﱠﻟا
َنوُﺮِﺳﺎَْﳋا ُﻢُﻫ
@diplom_ishlari telegram kanali
9
“Biz kitob bandalaridan uni o’rniga qo’yib tilovat qiladiganlari, ana o’shalari
unga iymon keltiradilar. Kim unga kufr keltirsa, ana o’shalar o’zlari
yutqazganlardir
3
”
Agar yahudiylar haqiqiy Tavrotni insof bilan, o’rniga qo’yib o’qisalar,
Muhammad alayhissalomga iymon keltirish zarurligini tushunib yetadilar.
Nasroniylar ham Injilni buzmasdan, insof bilan, o’rniga qo’yib o’qisa, unga
iymon keltirish zarurligini tushunib yetadi. Bu ulkan haqiqatni ushbu oyati
karimaning birinchi jumalasidan tushunib olamiz.
“Biz kitob berganlardan uni o’rniga qo’yib tilovat qiladiganlari, ana o’shalari
unga iymon keltiradilar”.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu “o’rniga qo’yib tilovat qilish”ni: “Halol
deganini halol bilib, harom deganini harom bilish, Alloh qanday tushirgan bo’lsa,
shunday holda o’qish, ma’nolarini buzmaslik, o’zicha noto’g’ri ta’viyl qilmaslik”,
deb ta’viyl qilganlar.
Shu va shunga o’xshash shartlarga amal qilib, insof bilan tilovat etganlar
iymonga kelib, ikki dunyo saodatiga ega bo’ladilar. Kimki kofir bo’lsa, ikki
dunyoda yutqazadi.
“Kim kufr keltirsa, ana o’shalar o’zlari yutqizganlardir”.
Alloh taoloning kitobiga kufr keltirganlar yutqazmasalar, kim yutqazar edi.
Ushbu oyatda Alloh taoloning Kitobini to’g’ri o’qimaydigan, tajvid qoidalariga
amal qilmaydigan e’tiborsiz kishilar mazzammat (malomat) qilinmoqda.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Qur’onni tag’anniy
qilmagan odam bizdan emas!” (Buhoriy rivoyati)
Imom Shofeiy: “Ushbu hadisning ma’nosi qiroatda ovozni chiroyli va mayin
qilishdir”, deb aytgan.
3
Shayx Abdulaziz Mansur, sharq-T.: 2007 Baqara surasi 121-oyat
@diplom_ishlari telegram kanali
10
Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Har bir Qur’on o’quvchiga tajvidga
amal qilmoq farzi ayndir”.
She’r: Tajvid rioyasini mahkam tutmoq farzu lozimdir,
Qur’onni tajvid-la go’zal qilmas osiyu –osimdir.
Zero, Ilohimiz bizga shunday tushirgan,
Huddi shu tilovati undan bizga yetib pishirgan.
Janob Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Har bir Qur’on o’quvchiga
xoh ayol, xoh erkak bo’lsin, tajvidni bilmog’i va unga amal qilmog’i farzdir”-
deganlar. Ya’ni tajvidga taaluqli ravishda “Qur’oni karim goh sening foydangga
bo’lur yoki batahqiq sening zararingga bo’lur”, - deganlar.
Demak, tajvid bilan o’quvchi najot topib, tajvidsiz o’quvchi esa najot topmas
ekan. Tajvidning vojibligi hususida tajvid olimlarimiz ulug’ sahobalar bilan ro’y
bergan ikki voqeani keltiradilar.
Hazrati Umar roziyallohu anhu davrlarida yahudiylar yuzta qizil tuyaga
qimmatbaho sovg’alar ortib Ul zotning huzurlariga keladi va Qur’ondagi bir
nuqtani o’zgartirishni so’raydilar. Buning evaziga shu yuz tuyani sovg’alari bilan
berishlarini aytadilar. Sabab: Hazrat Muso va Hizr alayhissalomlar bir boy
yahudiyni uyida bir kecha tunab qolishni so’raganlarida, u rad javobini bergan
edi.
Qur’oni karimning Kahf surasida bu voqea bayon etilar ekan, so’rovlarini rad
etishlarini “abo” lafzi bilan keltiradi. Ma’lumki, “bo” harfining nuqtasi tagiga
qo’yiladi. Agar shu nuqtani tepasiga chiqarib, uni ikkita nuqta bilan “to”, qilinsa
“ato” lafziga aylanadi, oyatning mazmuni butkul o’zgarib, yahudiylarning hunuk
qilmishlari yopilgan bo’lur edi. Qur’onni o’zgartirishdan Alloh saqlasin.
@diplom_ishlari telegram kanali
11
Lekin hazrati Umar roziyallohu anhu bunga zinhor rozi bo’lmadilar, balki
aytdilarki:
“Bir qo’limga dunyodagi barcha boyliklarni qo’yib, boshqasiga Qur’ondagi bir
dona nuqtani qo’ysalar ham bunga hech rozi bo’lmayman”.
Ikkinchi voqea hazrati Ali roziyallohu anhu davrlarida bo’lib, ul zotga bir kishini
janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bezor ekani haqida habar beradi.
Albatta shariat yuzasidan uni dorga osish shart edi. Hazrati Ali roziyallohu anhu
undan buning sababini bilmoqni istaydilar. Shunda haligi so’zni aytayotgan kishi:
“Men Alloh bezor bo’lgan Rasuldan bezorman”, deb javob beradi. Shundan
ma’lum bo’ladiki, u joydagi taniqli qorilardan biri “Tavba” surasining avvalgi
oyatlaridan birini buzib o’qiyotgan qorini chaqirtiradi va u “Alloh mushriklardan
bezordir va uning rasuli ham bor” oyatidagi “rosuluhu”ni “rosulihi” shaklida
o’qib uning ma’nosini to’g’ri deb da’vo qildi. Ya’ni, “Alloh mushriklardan va
Rasulidan bezordir”. Qori da’vosidan qaytmadi, shunda uni qatl qilishga hukm
qildilar. Mana shu kabi Qur’oni karimni sha’nini qattiq himoya qilish voqealari
dinimiz tarixi bitilgan ko’plab kitoblardan ko’rish mumkin.
Qur’oni Karim Alloh taolo tomonidan tajvidli holida nozil qilingani hammamizga
ma’lum. Bu yerda tajvidning ilm sifatida dunyoga kelishiga sabab bo’lgan
kishilar haqida so’z ketmoqda. Islom dini keng tarqala boshlaganidan keyin uni
har hil millatlarning qabul qilishi ko’paydi. Ularning tili arab tili bilan aralashib,
arab tiliga ba’zi o’zgarishlar kira boshladi. Musulmonlar bu o’zgarishlar Alloh
taoloning Kitobiga ham ta’sir qilishidan qo’rqib, uning oldini olish chorasini
axtardilar.
Avvalda nuqta va harakatlardan holi bo’lgan Usmoniy Mus’hafga nuqta va
harakatlar qiroat sohasi mutahassislari va tilshunos olimlar tomonidan qo’yildi.
Masalan: Avvalda “t”, “q”, “f” harflarining nuqtalari qo’yilmagan edi. Chunki, u
davrda aksariyat kishilar Qur’onni yod bilgan, keyinchalik esa, yuqorida ta’kidlab
o’tganimizdek, harflar usti yoki ostiga nuqta va belgilar qo’yishga ehtiyoj
@diplom_ishlari telegram kanali
12
sezilgan. Shu tariqa asta sekinlik bilan Qur’oni karimni o’quvchi har bir kishi
amal qilishi lozim bo’lgan tajvid qoidalari amalga tatbiq qilina boshlandi.
Ba’zilar uning asoschisi Halil ibn Ahmad al-Farahidiy, desa, yana ba’zilar Abul
Asvad ad-Dualiy, deb keltirishadi. So’ng Qur’oni karimni tilovat qiluvchi odam
xatoga yo’l qo’ymasligi uchun tajvid ilmi yozildi.
Bu ilm tajvid va qiroat ulamolari tarafidan ijod etilgan fikrlar emas, balki Alloh
taoloning amri bilan lavhul mahfuzdan farishta Jabroil alayhissalom orqali
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga yetkazilgan omonatdir. Sahobai
Kiromlar Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan tajvid sohasida olgan
ta’limlarini sofligicha bu fan ulamolariga yetkazib berdilar.
Hijriy yilning uchinchi asrida qiroat ilmi bo’yicha Abu Ubayd al-Qosim ibn
Sallam birinchi bo’lib “Al-Qiroat” kitobini yozdi.
Tajvid ilmiga oid ilk kitob Abu Muhozim al-Hoqoniyga tegishlidir. Mazkur kitob
hijriy uchinchi asrning oxirida yozilgan.
Hijriy yilning to’rtinchi asriga kelib, Hofiz Abu Bakr ibn Mujohaq al-Bag’dodiy
yetti qiroat ilmi haqida kitob yozdi. U hijriy 324 yilda vafot etgan.
Hijriy yilning oltinchi asriga kelib Imom Shotibiy “Hirzu al-amoniy va vajhu at-
tahaniy” kitobini yozdi. Bu kitob “Shotibiyya” nomi bilan mashhur bo’lgan.
Tajvid bobida eng mo’tabar va mashhur asarlar sirasidan hisoblanadi. Muallif
ko’zi ojiz bo’lsada, ushbu mashhur qasidasida etti qiroat she’riy uslubda bitilgan
bo’lib, 1173 baytdan iborat. Asarning juda ko’p sharhlari va muxtasar shakllari
mavjud. So’ngra mana shu ilmga oid bir necha kitoblar ta’lif qilindi. Ular orasida
Muhammad al-Jazariyning kitobi diqqatga sazovor bo’lib, u olim bir necha qiroat
va tajvid qoidalariga mualliflik qilgan.
@diplom_ishlari telegram kanali
13
Islom ummatining tajvid ilmiga bo’lgan e’tibori.
Islom ummati tajvid ilmiga zo’r e’tibor bergan. Bu borada o’tgan olimlarimiz
tajvid ilmini tahqiqlash, kitob ta’vil qilish, o’qish yoki o’qitishdan iborat buyuk
hizmatlarni amalga oshirganlar.
Shuning uchun ham Qur’oni Karim Alloh taoloning:
إ
َنﻮُظِﻓﺎََﳊ ُﻪَﻟ ﱠِإَو َﺮْكِّﺬﻟا ﺎَﻨْﻟﱠزَـﻧ ُﻦَْﳓ ﱠ
“Albatta bu Eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz O’zimiz nozil qildik va shubhasiz,
O’zimiz uni saqlaguvchimiz”, degan va’dasi tufayli tartil, tajvid-u tahqiq bilan
o’qilib asrlar osha hanuz mo’minlar qalbida saqlanib kelmoqda. Demak Qur’oni
karimning biz musulmonlardagi haqqi, uni tajvid bilan o’qishda bardavom
bo’lmog’imiz lozim. Toki Qur’on ma’nolarini tushunib, uni idrok qilishimiz oson
bo’lsin. Ammo bu o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Balki tajvid ilmining qoida va
ahkomlarini mujavvid qoidalarini eshitish orqali dars olib-o’rganib yoki yetuk
hofizi Qur’on ustozlar oldida o’qib berish orqali tatbiq qilish bilangina amalga
oshadi.
Endi tajvid ilmi hususida gapirish vaqti yetdi.
Amaliy tajvid turlari: Tajvid amaliy va ilmiy turlarga bo’linadi.
1. Amaliy tajvid, bundan Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga
qanday nozil bo’lgan bo’lsa shunday holda tilovat qilish tushuniladi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Qur’oni karimni sahobalariga ham o’qib
berib, ulardan eshitib yetkazar edilar. Shu e’tibor bilan amaliy tajvid ilmiga
birinchi asos solgan zot Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdir.
Ilmiy tajvidning hukmi
Har bir muslim-muslima uchun Qur’oni Karimni tajvid bilan qiroat qilish farzi
ayndir. Bu Qur’on, sunnat va ijmoi ummat bilan sobitdir. Bu xususda yuqorida
@diplom_ishlari telegram kanali
14
so’z o’tgan. Shuningdek Alloh, Qur’onni yodlab, uni to’g’ri tilovat qilgan
kimsalarni ham ulug’lab shunday deydi:
ُﻢُﻫﺎَﻨْـﻴَـﺗآ َﻦﻳِﺬﱠﻟا
َﻼِﺗ ﱠﻖَﺣ ُﻪَﻧﻮُﻠْـﺘَـﻳ َبﺎَﺘِﻜْﻟا
ِﻪِﺑ ْﺮُﻔْﻜَﻳ ﻦﻣَو ِﻪِﺑ َنﻮُﻨِﻣْﺆُـﻳ َﻚِﺌـَﻟْوُأ ِﻪِﺗَو
َنوُﺮِﺳﺎَْﳋا ُﻢُﻫ َﻚِﺌـَﻟْوُﺄَﻓ
“Biz Kitob (ya’ni Tavrot, Injil) ato etgan zotlar (orasida) uni to’g’ri tilovat
qiladigan kishilar (ham) bordirki, ana o’shalar (Qur’onga) iymon keltirurlar
4
”
Qatoda roziyallohu anhu “bu oyatdagi ato etilganlardan murod sahobalar”, degan.
Bu ta’vilga qaraganda kitobdan murod Qur’ondir. Abdurrahmon ibn Zaid ibn
Aslam: “Kitob berilganlardan murod islomga kirgan Bani Isroillardir”, degan. Bu
ta’vil bo’yicha kitobdan murod Tavrot va Injil bo’ladi. Oyatdagi so’nggi so’zi
umumiy bo’lib, har ikkala toifaga tegishli va bulardan Qur’onni tilovat
qiluvchilar ko’zda tutilgan
5
.
“To’g’ri tilovatdan murod esa, harf va kalimalarning haqqini berib, oyatlarni o’z
maromida husni ado bilan tilovat qilishdir. Imomi Shavqoniy o’zining “Fathul
Qodir” nomli tafsirida “to’g’ri tilovat” dan murod harflarni o’z joylaridan
jildirmay va almashtirmay o’qish deganlar.
Shubhasiz bu oyatdan, Qur’oni Karimni to’g’ri tilovat qilmagan va tajvid
qoidalariga rioya qilmagan kimsalarning mazammati ham tushuniladi. Ya’ni ibn
Mumlik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qiroatlari va namozlari
qanday bo’lganligi haqida Ummu Salama onamizdan so’raganlarida, shunday
javob berganlar:
4
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol, 1-j, Baqara surasi, 121-oyat.
5
Qurtubiy tafsiri
@diplom_ishlari telegram kanali
15
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning namozlari bilan sizning nima ishingiz
bor? Yaxshisi Qur’onni qanday o’qishlarini aytib beray
6
”-deb, Rasululloh qanday
tilovat qilganlarini harfma harf tushuntirib aytib berdilar.
Muso ibn Yazid Al-Kindiy aytadilar: Ibn Mas’ud bir kishiga Qur’on o’qitayotgan
edi, o’sha kishi oyatdagi bir so’zning madini qisqa qilib, cho’zmay qiroat qildi,
shunda Ibn Mas’ud, Rasululloh menga bunday o’qitmagan deganlarida, u kishi,
bo’lmasa qanday o’qitganlar ey Abu Abdurrahmon? - dedi, keyin Abdulloh
mazkur kalimani madini cho’zib o’qib berdi.
Bu hadis ham Qur’onni tajvid bilan o’qish vojibligiga dalolat qiladi. Darhaqiqat
odamlar uchun Qur’oni karim ma’nolarini fahmlash, uning ahkomlari chegarasida
yashash ibodat bo’lgani kabi uning harflari va lafzlarini ham sanadlari Nabiy
sollallohu alayhi va sallamga yetib borgan qiroat imomlaridan olingan sifatda
sahih qilib o’qish ham ibodatdir. Lekin bu sifatni sahifa va kitoblardan qilish
qiyin, uni faqat mutaxassis ulamolardangina olish mumkin. Tajvid ilmidagi
“ravm”, “ishmom”, “tas’hil” kabi ba’zi nozik ahkomlarni faqat eshitish bilangina
emas, balki ko’z bilan ham ko’rib o’rganish mumkin holos.
Qur’oni Karimni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrlaridan to bizning
zamonimizgacha tajvid bilan tilovat qilish vojibligiga islom ummati ijmo qilgan,
bunga hech kim hilof qilmagan. Qaysi bir qori uni betajvid o’qisa uni quyidagi
oyat vaidining taxtiga kiradi:
َﻢﱠﻨَﻬَﺟ ِﻪِﻠ ْﺼُﻧَو ﱠﱃ َﻮَـﺗ ﺎَﻣ ِﻪِّﻟَﻮُـﻧ َﲔِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا ِﻞﻴِﺒَﺳ َﺮْـﻴَﻏ ْﻊِﺒﱠﺘَـﻳَو ىَﺪُْﳍا ُﻪَﻟ َﱠﲔَـﺒَـﺗ ﺎَﻣ ِﺪْﻌَـﺑ ﻦِﻣ َلﻮُﺳﱠﺮﻟا ِﻖِﻗﺎَﺸُﻳ ﻦَﻣَو
ﲑِﺼَﻣ ْتءﺎَﺳَو
6
Imomi Termiziy bu hadisni Hasan Sahih deb baholagan.
@diplom_ishlari telegram kanali
16
“Kim o’zi uchun Haq Yo’l aniq bo’lganidan keyin Payg’ambarga hilof ish qilsa
va mo’minlarning yo’lidan boshqa yo’lga ergashib ketsa, Biz uni ketganichaa
qo’yib beramiz. So’gra jahannamga dohil qilamiz naqadar yomon joydir
7
”
Imom Ibn al-Jazariy shunday deydi:
Qiroat qilmoq uchun tajvid darkordir,
Tajvidni o’rganmagan bilki gumrohdir,
Qur’onning nuzuli tajvid bilandir,
Shu bilan Qur’onimiz bizga tushgandir,
U yana qiroat ijrosining ziynati,
Har bir qori tilovatining bezagi.
“Tilovat”, deganda qorining ketma ket oyat ketidan oyat, sura ketidan sura,
shuningdek, kunma kun qo’ymay qiroat qilishini aytiladi.
“Ado”, deganda qorining ustoziga o’qib berib, yana undan to’gri talaffuzini
eshitib olishini aytiladi. “Qiroat” esa bularning har ikkisini ham o’z ichiga oladi.
Ibn Jazariy tajvidga muvofiq qiroatni shar’an vojib deganlar, bu degani shunday
o’qimagan odam gunohkor bo’ladi deganidir. Ko’pchilik fuqaho va ulamolar
shunday deydilar. Chunki Qur’on tajvidga muvofiq tushgan va Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam Jabroil alayhissalomdan shunday olib sahobalarga
shunday o’rgatganlar.
Ilmiy tajvid
Ilmiy tajvid biz zikr qilmoqchi bo’lgan tajvidning ilmiy (nazariy) qoida va
ahkomlaridir. Buning hukmida odamlar ikkiga bo’linadi.
1. Omma uchun bu ilmni o’rganish vojib emas, balki mustahabdir.
7
Shayx Abdulaziz Mansur, sharq-T.:2007, Niso surasi 115-oyat.
@diplom_ishlari telegram kanali
17
2. Qur’oni Karimni o’qish va o’qitish va o’rganish bilan shug’ullanadigan hos
kishilar uchun ayni vojib bo’lib, bular Qur’onni haqiqiy tilovat bilan o’qishda
odamlarga namuna bo’lishlari lozim. Bunga Allohning ushbu oyati dalildir:
“Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?
(qolganlari esa Madinada) Dinni o’rgangani (qolmaydilarmi)?!”…
8
Tajvid ilmini
bilish ham dinda olim bo’lishga kiradi. Bu ilm bilan bir jamoa hos kishilar
shug’ullansalar qolganlardan soqit bo’ladi, agar hech kim bu ilm bilan
shug’ullanmasa barcha barobar gunohkor bo’ladi. Imom ibn Jazariy tajvid ilmiga
ishora qilib shunday deydi: “Tajvid bu harfning haqqini bermoqlik, harflarga o’z
sifatini joriy qilmoqlikdir”. Demak tajvidning g’oyasi har bir harfning o’z sifat va
haqqini berib, husni ado bilan qiroat qilish, va Qur’oni karimda xato ketish ya’ni
lahndan tilni saqlash, va bu bilan Allohning rizoligini topib, dunyo va ohiratda
saodatga erishishdir.
Lahn ikki hil bo’ladi, jal’iy va xafiy. Lahni jal’iy, ma’noga xoh halal bersin xoh
bermasin kalimaning tuzilishiga halal beradigan hatodir. Lahnning bu qismi
hususan qori qasddan yoki beparvolik bilan pisand qilmay o’qisa ijmoga ko’ra
haromdir.
Lahn xafiy, ma’noga halal bermasada, qiroat urfini bizadigan xatodir. Masalan
izhor, idg’om, ihfo kabi tajvid ahkomlariga rioya qilmay o’qishga o’xshagan. Bu
ham ulamolar nazdida ishonchli qavlga qaraganda haromdir, ammo ba’zilar uni
makruh ham deganlar.
Imom Ibn Jazariy shunday deydi: “Tilovat qilishda bandalar uch xildir: Muhsin-
yaxshilik qiluvchi, Musiy-gunohkor yoki Ma’zur uzurlidir.
Ya’ni, bu borada odamlar uchga bo’linadilar, to’g’ri o’qib savobga, noto’g’ri
o’qib gunohga mustahiq bo’luvchilar va tillari o’zlariga itoat qilmaydigan yoki
o’rgatadigan ustoz topolmaydigan uzrli kishilar. So’nggi toifani Alloh kechiradi,
chunki U zot hech bir jonga toqatidan tashqari yuk yuklamaydi. Hullas, har bir
musulmon Yaratganning kalomini lahn va tahrifdan holi, sahih qiroat bilan
o’qishga jon-jahdi bilan harakat qilmog’i lozim.
8
Shayx Abdulaziz Mansur, sharq-T: 2007 Tavba surasi 122-oyat.
@diplom_ishlari telegram kanali
18
Qur’onni o’rganish va o’rgatishning ahamiyati.
Qur’onni ta’lim berish, ummati Muhammadiyyaga farzi kifoya, uni yod olish esa
vojibi kifoyadir, toki uning mutavotirligiga futur yetib, unga tag’yir va tabdil yo’l
topmasin. Bu vazifani bir qism mo’minlar bajarsalar qolganlardan soqit bo’ladi
va illo barcha barobar gunohkor bo’ladi. Janobi Rasululloh oyat va suralarni
nozil bo’lgan vaqtdayoq yetkazib ta’lim berishdan sustlik qilmas edilar. Alloh
taolo: “Ey Payg’ambar, sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsani
yetkazing! Agar (bu farmonga amal) qilmasangiz, uning elchiligini (bandalarga)
yetkazmagan bo’lursiz
9
”, degan.
Rasululloh Qur’onni o’rganish va o’rgatish bilan shug’ullangan kimsalar,
odamlarning eng afzali ekanligini quyidagi Usmon ibn Affon roziyallohu anhu
rivoyat qilgan hadislarida shunday bayon qilganlar: “Sizlarning eng yaxshingiz
Qur’onni o’rgangan va o’rgatganingizdir
10
”.
Va yana Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilarki: “Ichida
andak bo’lsa ham Qur’on bo’lmagan kishi xarobaga aylangan uyga o’xshaydi
11
”
Anas ibn Molik roziyallohu anhu, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan
quyidagi hadisni rivoyat qiladilar: ushbu hadisi sharif, Ahli Qur’onlar Allohning
do’stlari, ansorlari, sof va hos bandalaridirlar, degan ma’nodadir
12
.
Qur’on tilovatining odoblari
Tilovati Qur’onning o’ziga hos odoblari bor. Ularning ba’zilariga qisqacha ishora
qilib o’tamiz. Har bir qori uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish vojibdir.
1. Mumkin qadar qiblaga qarab o’qish
2. Qur’oni ta’zimi va og’iz pok bo’lishi uchun misvok bilan tishlarini tozalash.
3. Ikkala betahoratlikdan pok bo’lish
4. Badanlari va kiyimlarini pok tutish
5. Hushbo’y bo’lish
6. Hushu, tadabbur va tafakkur bilan qiroat qilish
9
Shayx Abdulaziz Mansur, sharq-T.:2007, Moida surasi 67-oyat
10
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadis
11
Bu hadisni Abdulloh ibn Abbos rivoyat qilganlar
12
Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyati
@diplom_ishlari telegram kanali
19
7. Huzuri qalb bilan o’qilayotgan oyatlardan ta’siranib, o’zi-o’zi bilan
so’zlashmaslik
8. Qori uchun Qur’onni yig’lab o’qishi mustahab ko’rilgan, agar yig’lay olmasa
yig’lashga urinishi lozim.
9. Qo’lidan kelganicha qiroatni chiroyli ovoz bilan ziynatlab tafakkur bilan o’qish.
Chunonchi Haq Subhanahu va taolo shunday deydi:
ِﻟَو ِﻪِﺗَآ اوُﺮﱠـﺑﱠﺪَﻴِّﻟ ٌكَرﺎَﺒُﻣ َﻚْﻴَﻟِإ ُهﺎَﻨْﻟَزﻧَأ ٌبﺎَﺘِك
اﻮُﻟْوُأ َﺮﱠكَﺬَﺘَـﻴ
ِبﺎَﺒْﻟَْﻷا
Ey Muhammad alayhissalom ushbu Qur’on barcha odamlar) oyatlarni tafakkur
qilishlari va aql egalari eslatma ibrat olishlari uchun Biz nozil qilgan bir muborak
kitobdir.
Qur’onni qanday o’qish kerak.
Alloh taolo Qur’on tilovati uchun muayyan sifat, sobit bir kayfiyatni shariat qilib,
Payg’ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamga:
ًﻼﻴِﺗْﺮَـﺗ َنآْﺮُﻘْﻟا ِﻞِّﺗَرَو
“Qur’onni shoshmasdan, hotirjamlik va tadabbur bilan o’qigin
13
”- deb buyurdi.
Bu esa harflarning o’z sifatlarini ado etib ya’ni doim tilining riyozati bilan tajvid
qoidalariga rioya qilib o’qish bilan bo’ladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
ًﻼﻳِزﻨَﺗ ُهﺎَﻨْﻟﱠزَـﻧَو ٍثْﻜُﻣ ىَﻠَع ِسﺎﱠﻨﻟا ىَﻠَع ُهَأَﺮْﻘَـﺘِﻟ ُهﺎَﻨْـﻗَﺮَـﻓ ً آْﺮُـﻗَو
“Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o’qib berishingiz uchun Biz uni bo’laklarga
bo’ldik va bo’lib-bo’lib nozil qildik
14
”.
Chunki bunday o’qish fahmga yaqin, yodlashga osondir. Ko’rib turibsizki, tajvid
qoidalari Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qiroatlariga mos qilib yozilgan va
bu bizga mutavotir sahih hadislar orqali yetib kelgan. Anas ibn Molik roziyallohu
anhudan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qiroatlari qanday bo’lgan?
deb so’ralganda, U zotning qiroatlari madliy bo’lgan deb, javob berdilar. Bizlarga
bu sifat qiroat, rivoyatning eng a’lo martabasi bo’lgan mushohafa ya’ni og’izma-
13
Shayx Abdulaziz Mansur, sharq-T.:2007, Muzammil surasi 4-oyat
14
Shayx Abdulaziz Mansur, sharq-T.:2007, Isro surasi 106-oyat
@diplom_ishlari telegram kanali
20
og’iz saboq olib o’qish yo’li bilan yetib kelgan. Qur’on tarixidan aniq ma’lumki,
sahobalar qiroatni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan, U zot Jabroil
alayhissalomdan, U kishi Alloh taolodan qabul qilib olganlar va sahobalarga
huddi mana shu sifatda talqin qilib ta’lim berganlar. Tarixdan ma’lumki Nabiy
sollallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning namozda
qiroat qilayotganini shunday deganlar: “Kimni Qur’oni karimni yangi
tushirilgandek holda o’qish hursand qilsa, Abdulloh ibn Mas’ud qiroatida
o’qisin!
15
”.
Bu hususda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qiroatni, puxta o’rgangan bir
necha nafar sahobalarni hoslab gapirganlar. Bular Ubay ibn Ka’b, Abdulloh ibn
Mas’ud, Zayd ibn Sobit, Abu Muso al-Ash’ariy, Usmon ibn Affon, Aliy ibn Abu
Tolib, Abu Dardo, Muoz ibn Jabal va boshqalardir.
Mana shu ma’lumotlar qiroatni muayyan sifat va kayfiyatda o’qish lozim
ekanligiga dalildir. Bu esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan olingan
sifatda o’qish demakdir. Qur’on shu kayfiyatda nozil bo’lgan. Kim bunga hilof
qilib ahamiyat bermasa sunnatga hilof qilib, Allohdan nozil bo’lmagan sifatda
o’qigan bo’ladi.
Qiroat boshlash duosi.
Qur’on o’qishga kirishmoqchi bo’lgan kishi, yuqorida aytilgan sifatlarga amal
qilishi bilan birga ushbu duoni ham o’qishi maqsadga muvofiqdir. “Allohim,
Qur’onga bo’lgan rag’batimni kuchaytir, uni ko’zimga nur, qalbimga shifo va
mendan g’am anduhimni ketkazuvchi qilib, u bilan tilimni ziynat etgaysan!
Allohim Qiyomat kuni Rasuling jamoasiga qo’shgaysan!”
15
Imom Buhoriy rivoyat qilgan hadis
@diplom_ishlari telegram kanali
21
1.2. Tajvid ilmining kelib chiqish tarixi
Darhaqiqat, har bir ilmning asoslari va muqaddimalari mavjud bo’lib, o’quvchilar
o’zlari o’rganayotgan ilmning mohiyatini chuqur anglab yetishlari uchun mazkur
asoslardan boxabar bo’lishlari zarurdir. Ba’zi ulamolar ana shu muqaddima va
asoslarni o’nta deganlar. Tajvid ilmi borasida tadqiqot olib boruvchi ayrim
olimlar ularning ba’zisi bilan kifoyalanganlar. Bu asos va muqaddimalar
quyidagilardir:
ةرمثلا مث عوضوملا و دحلا ةرشع نف لك ىدابم نإ
عضاولا و ةبسن و هلضف و
و
متسﻻا
عراشلا مكح داد
ىفتكا ضعبلب ضعبلاو لءاسم
افرشلا زلح عيمجلا ىرد نمو
Har bir fanning asoslari o’ntadir: ta’rifi, mavzusi, vazifasi, fazilati, boshqa
ilmlarga munosabati, asoschisi, nomi, tayanchi, shariatdagi hukmi, umumiy
qoidalari.
Tajvid ilmining ta’rifi: tajvid lug’atda chiroyli qilish degani, istelohda esa,
harflarning mahraj, va sifat jihatidan haqqini ado qilish, to’xtaydigan va
boshlaydigan joylarini, bilish va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan
qanday olingan bo’lsa shunday o’qishni o’rgatadigan ilmdir.
Tajvid ilmining mavzusi: Qur’oni karimning kalimalari
Tajvid ilmining vazifasi: Alloh taoloning kalomida tilni hatodan saqlash, foydasi
esa, Alloh taoloning roziligiga erishish.
Fazilati: Tajvid ilmi Qur’oni karimga bog’liq bo’lganligi uchun ilmlarning eng
afzali va sharaflisi hisoblanadi.
Boshqa ilmlarga munosabati: tajvid ilmi boshqa ilmlarga munosabati umuman
farqli. Farqi shundaki inson o’z qiroatini mutqin muallimsiz yaxshilay olmaydi.
Asoschisi: Tajvid ilmining nazariy qoidalarining asoschisi qiroat imomlari va
ushbu fanning ahllari. Bu ilmni ilmu diroyat ham deyiladi. Ammo ilmu
@diplom_ishlari telegram kanali
22
rivoyatning masdari Nabiy sollallohu alayhi va sallamning qalblariga nozil
qilingan vahiy. Tajvid ilmining qoidalari, harflarning mahrajlari, sifatlari bular
arab ulamolari tomonidan asos solingan qoidalardir. Tajvid ilmi III-asr oxiri va
IV-asr boshlarida mustaqil ilm sifatida alohida kitoblarga yozila boshladi. Bu
borada birinchi kitob yozgan kishi Muso al-Hoqoniydir u kishi 325-yilda vafot
etganlar. Bu ilmnning nomi “Tajvid ilmi”, ba’zilar “Tartil fani”, yana ba’zilar
“Haqqu at-tilavah” deganlar.
Bu ilmning tayanchi: bu ilmni o’rganishlik Qur’oni karimdan va Nabiy sollallohu
alayhi va sallamning fellari va sahobalarga talqinlari kayfiyati va so’ngra o’sha
kayfiyatga ko’ra muhofaza qilgan ulamolarning to bizgacha mutavotir sanad bilan
yetib kelayotgandek kayfiyatlaridir.
Shariatdagi hukmi: bu ilmni o’rganishdagi shariatning hukmi ikki qismdir. 1-
nazariy bu tajvid ilmining qoidalari buni bilish farzi kifoya bo’lib, 2-tajvidul
amaliy, bunga amal qilish barcha mukallaflarga farzi ayndir.
Mashhur bo’lgan tajvid ilmining umumiy qoidalari. Tajvid ilmining 10 ta asoslari
shulardan iboratdir
Tajvid ilmining tamal toshi qiroat sohasi mutahassislari va tilshunos olimlar
tomonidan qo’yilgan. Ba’zilar bu ilmning asoschisi Halil ibn Ahmad desa, yana
ba’zilar, Abul Asvad ad-Dualiy, deb kelirishadi. Bu jarayon islom o’lkalarining
hududi kengayib, ko’plab ajam xalqlari, Islomni qabul qilishlari bilan boshlanadi.
Sababi-ajamiy va arabiy tillar bir-biri bilan aralashib, qiroatda kamchilik va
nuqsonlar, ko’zga tashlandi. Buni o’z vaqtida payqagan mas’ul kishilar Alloh
taoloning Kitobini sof holda asrash, turli xil xatolardan saqlanish maqsadida
Qur’oni Karim harflari ustiga nuqta va turli shakllar qo’yishni joriy qildilar.
Usmoniy mus’haf bunday nuqtalardan holi bo’lgan.
Masalan
"
ف ق ت
"
harflarining nuqtalari qo’yilmagan. Chunki, u davrda aksariyat
kishilar Qur’onni yod bilgan, keyinchalik esa, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek,
harflar usti yoki ostiga nuqta va belgilar qo’yishga ehtiyoj sezilgan. Shu tariqa
@diplom_ishlari telegram kanali
23
sekin-astalik bilan Qur’oni karimni o’quvchi har bir kishi amal qilishi lozim
bo’lgan tajvid qoidalari amalga tadbiq qilina boshlandi.
Tajvid ilmiga oid ilk kitob Abu Muzohib al-Xoqoniyga tegishlidir. Mazkur kitob
hijriy uchinchi asrning oxirlarida yozilgan
16
.
Tajvid, avvalgilarning va oxirgilarning sayyidi bo’lgan payg’ambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qalblariga Qur’on karim birinchi
marta nozil bo’lgan vaqtdan boshlab paydo bo’ldi. Ya’ni Alloh taoloning Alaq
surasidagi quyidagi oyatlar nozil bo’lgandan boshlab.
َﻖَﻠَخ يِﺬﱠﻟا َﻚِّﺑَر ِﻢْﺳِ ْأَﺮْـﻗا
}
1
{
َﻠَخ
ٍﻖَﻠَع ْﻦِﻣ َنﺎَﺴﻧِْﻹا َﻖ
}
2
{
َﻚﱡﺑَرَو ْأَﺮْـﻗا
ُمَﺮْكَْﻷا
}
3
{
ِﻢَﻠَﻘْﻟِ َﻢﱠﻠَع يِﺬﱠﻟا
}
4
{
ِْﻹا َﻢﱠﻠَع
ْﻢَﻠْﻌَـﻳ َْﱂ ﺎَﻣ َنﺎَﺴﻧ
}
5
{
Ya’ni “O’qing (Ey Muhammad Butun borliqni) yaratgan zot bo’lmish Robbingiz
ismi bilan. (U) insonni lahta qondan yaratdi. O’qing Robbingiz esa karamli
Zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o’rgatdi. U insonga bilmagan
narsalarini bildirdi
17
” “Alaq 1-5-oyatlari”
Bu oyati karimani Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga
tartil bilan (tajvidlik, dona-dona qilib) o’qib berganlar, u zot bu oyati karimalarni
ana shunday holatda yodlab oldilar va eshitganlaridek yetkazdilar.
Ko’pchilik aytadiki: Qur’oni karim birinchi tushishidan boshlab tajvidli, tartil
bilan tushgan bo’lsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nozil qilinganidek
o’qigan bo’lsalar, unda Alloh taoloning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga
Qur’oni karimni Muzzamil surasini 4-oyatida “
ًﻼﻴِﺗْﺮَـﺗ َنآْﺮُﻘْﻟا ِﻞِّﺗَرَو”
“Tartil” bilan
(dona-dona) qilib tilovat qiling
18
” deb amr qilishini ma’nosi nimada, vaholanki bu
oyati karima Alaq surasidagi oyatdan keyin nozil bo’lgan.
16
Ziyovuddin Rahim. “Tajvid qoidalari”. T. Movarounnahr. 2006.B.4
17
Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. -T., 2006.B.597
18
Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. -T., 2006.B.597
@diplom_ishlari telegram kanali
24
Bularga javob shuki, bunday xitob, buyruq Rosululloh sollallohu alayhi va
sallamga bo’lsada bundan u Zotning ummatlari iroda qilingan va ular
Robbilaridan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nozil qilingan narsani
tajvidga amal qilib, tartil bilan o’qishlari talab qilinadi.
Shuningdek Alloh taoloning kitobida bu kabi xitobni Rasululloh sollallohu alayhi
va sallamga qaratib bundan u zotning ummatlari iroda qilingan misollar ko’pdir,
bunday misollardan quyidagilardan keltirish mumkin
19
.
1. Alloh taoloning Isro surasidagi quyidagi oyati karimasi.
ًﻻوُﺬْﱠﳐ ﺎًﻣﻮُﻣْﺬَﻣ َﺪُﻌْﻘَـﺘَـﻓ َﺮَخآ ﺎًﻬـَﻟِإ ِّا َﻊَﻣ ﻞَﻌَْﲡ ﱠﻻ
Ya’ni Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: “Allohga yana biror
“iloh”ni qo’sha ko’rmang. Aks holda qoralanuvchi va mahrum holda o’tirib
qolarsiz
20
” deb amr qilmoqda, bu oyati karimani qandoq tushunamiz,
barchamizga ma’lumki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohdan o’zgani
iloh qilmaydilar va qoralanuvchi va mahrum xolatda o’tirib ham qolmaydilar.
2. Alloh taoloning Isro surasidagi oyati karimasi.
ﺎﱠﻣِإ ًﺎَﺴْﺣِإ ِﻦْﻳَﺪِﻟاَﻮْﻟَِو ُهﱠِإ ﱠﻻِإ ْاوُﺪُﺒْﻌَـﺗ ﱠﻻَأ َﻚﱡﺑَر ىَضَﻗَو
ﻞُﻘَـﺗ َﻼَﻓ ﺎَُﳘَﻼِك ْوَأ ﺎَُﳘُﺪَﺣَأ َﺮَـﺒِﻜْﻟا َكَﺪﻨِع ﱠﻦَﻐُﻠْـﺒَـﻳ
ﺂَﻤُﱠﳍ
ﺎًﳝِﺮَك ًﻻْﻮَـﻗ ﺎَﻤُﱠﳍ ﻞُﻗَو ﺎَُﳘْﺮَﻬْـﻨَـﺗ َﻻَو ٍّفُأ
Ya’ni Alloh taolo o’z Rasuliga “Robbingiz uni O’zigagina ibodat qilishingizni
hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson) Agar ularning biri, har
ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf” dema va ularni jerkima!
Ularga (doimo) yoqimli so’z ayt!
21
” deb, amr qilmoqda. Barchaga ma’lumki
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ota-onalari bu oyati karima nozil
bo’lishidan ancha oldin o’tib ketishgan. Bu oyati karimada Rasululloh sollallohu
19
Muhammad ibn Saydi Muhammad Muhammad a-amin. “Al-Vajiz fi hukmit-tajvidil kitabil Aziz”, Madinatul
Munavvara. 2002.B.16
20
Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. -T., 2006.B.284
21
Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. -T., 2006.B.284
@diplom_ishlari telegram kanali
25
alayhi va sallamni ota-onalari o’tib ketishgandan so’ng “Agar ularning biri yoki
har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar” degan so’zni shart qilinishida
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamgas nisbatan hech qanday ahamiyati yo’q.
Oyati karimani bunday tarzda keltirilishi boshqalarga nisbatan shariatga kiritish
uchundir.
“Muzzammil” surasidagi oyati karima ta’kidni, Qur’oni karimda nozil
bo’lganidek lozim tutishni ifoda etadi va “Tartil” martabalarining eng afzali
ekanligini bayon qiladi hamda uni mahkam ushlashga undaydi.
Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu ummatga Robbilarini
amriga binoan Alloh taoloni kitobini tilovat qilishni va o’qishni o’rgatuvchi
birinchi muallim bo’ldilar. Alloh taoloning ushbu qavliga binoan.
َﻚْﻴَﻟِإ َلِزﻧُأ ﺎَﻣ ْغِّﻠَـﺑ ُلﻮُﺳﱠﺮﻟا ﺎَﻬﱡـﻳَأ َ
ِسﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣ
َﻚُﻤِﺼْﻌَـﻳ ُّاَو ُﻪَﺘَﻟﺎَﺳِر َتْﻐﱠﻠَـﺑ ﺎَﻤَﻓ ْﻞَﻌْﻔَـﺗ ْﱠﱂ نِإَو َﻚِّﺑﱠر ﻦِﻣ ﱠنِإ
َمْﻮَﻘْﻟا
َﻦﻳِﺮِﻓﺎَﻜْﻟا يِﺪْﻬَـﻳ َﻻ َّا
Ya’ni “Ey Rasul! Robbingizdan sizga nozil qilingan narsa (oyatlar) ni
(odamlarga) yetkazing! Agar buni qilmasangiz, uning risolasi (topshirig’i) ni
yetkazmagan bo’lursiz
22
”. (Moida 67-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni sahobai ikromlarga Alloh taoloning
kitobini tilovat qilishini o’rgatganliklari hadislarda ham mutavotir bo’lib kelgan,
hadislardan ba’zilarini keltiramiz:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadiki u kishi aytadilar
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga tashahhudni huddi Qur’ondan bir
surani o’rgatgandek o’rgatardilar”,-deydilar
23
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda u kishi aytadilarki: “Biz
Payg’ambar alayhissalomdan o’nta oyatni o’rgansak to uni yaxshilab o’rganib,
22
Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. -T., 2006.B.119
23
Muslim ibn Hajjoj Abul Husaynal-Qushayri an-Nisoburiy. Sahihul Muslim. Bayrut, Doru ehyo at-Turosal-Arabiy.
J.I.B. 302
@diplom_ishlari telegram kanali
26
tushunib unga amal qilmagunimizcha undan keyin nozil bo’lgan oyatlarni
o’rganmas edik”, -deydilar.
Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam: “Alloh taolo Qur’oni karimni senga o’qib berishligimga buyurdi
dedilar. Ubay ibn Ka’b rooziyallohu anhu: Robbingiz sizga meni ismimni
aytdimi?” dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “Ha”-dedilar, shunda
Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu Yunus surasidagi 58-oyatni o’qidilar. Ya’ni:
“Ayting Allohning fazli va rahmati bilan, bas, (albatta), shular sababli
(mo’minlar) shodlansinlar! U to’plagan narsa (boylik)laridan yaxshiroqdir,
dedilar
24
.
Abu Ubayd al-Qosim ibn Sallom aytadilarki: “Mening nazdimda bu hadisi
sharifni ma’nosi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’b
roziyallohu anhuga o’qib berishlik bilan, u kishiga qiroatni ta’lim berishlikni
xoxlaganlar va shu bilan bir kishiga o’qib berishlik sunnat bo’lib qoldi. Vaxolanki
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu o’qib verishlik bilan sedan
chiqarganlarini eslashlik uchun o’qib bermaganlar, faqat ta’lim uchun bo’lgan.
Qur’oni karim kitoblarning eng mukammali bo’lib insonlar uchun ummatlarning
eng yaxshisidan rosullarni afzaliga mukammal holatda nozil bo’lgan. So’ngra
sahobai kiromlar o’zlari o’rganganlaridek buzmasdan, o’zgartirmasdan naql
qilishgan. Qur’oni karim asrlar davomida mana shu davomida yetib kelmoqda.
Doniy aytadilarki: Qur’on qorilari bir-birlaridan tajvid ilmini va tahqiqni bilishlik
bilan farqlanishadi. Ulardan bu ilmlarni qiyosan, idrok qilishlik bilan
biladiganlari bor ular bu ilmda mohirlaridir. Ulardan bu ilmni eshitishlik bilan
taqlidan biladiganlari bor, ularni martabalari birinchilaridanoq pastroq bo’ladi.
24
Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. -T., 2006.B.215
@diplom_ishlari telegram kanali
27
Diroyatning o’z qonun-qoida va nizomlari bor, rivoyatning ham o’z naql qilish
yo’llari, o’rganish uslublari mavjud. Fazl Alloh taoloning qo’lidadir, uni hohlagan
bandasiga beradi va Alloh buyuk fazl egasidir
25
.
Tajvid puxta, mohir shayxlarning og’izlaridan Qur’on bilan birga o’rganib
kelinmoqda. Tajvidga rioya qilmaydigan kishi, harflarni qanchalik yod bilmasin,
Qur’onni buzib qiroat qiladi.
Tajvid ilmi borasida birinchi bo’lib kitob yozgan kishi Abu Muzohim Muso ibn
Ubaydulloh al-Hoqoniy al-Bog’dodiydir, (u kishi hijriy 325 yili vafot etganlar)
kitoblari Hoqoniyya qasidasi bo’lib undan bir necha bayt keltiramiz
ايا
رجﻷا نم ليزجلا ﷲ كل فعاضي هءادا نسحا نارقلا ئراق
ويرقم مهءرقي سانلا يف نم لك امو همقي باتكلا ولتي نم لك امف
رقلا ذخا انل نإو
ةنس ةءا
رتسلا يوذ نيءقملا نيلوﻷا نع
U kishidan keyin ko’plab ulamolar tajvid ilmi borasida ko’plab asarlar yozishgan
quyida ulardan ba’zilarini keltiramiz.
1. Aliy ibn Ja’far ibn Said abul-Hasanas-Saidiy arroziy Huzoiy “at-Tanbih ala al-
laxnul jaliy va lahnul xafiy” deb nomlangan kitobni yozdi.
2. Tajvid ilmi borasida Makkiy ibn abi Tulib al-Qaysi (437h.) “Arrioya litajvidil
qiroati va tahqiqi lafzit tilava” deb nomlangan asarini yozdi.
3. Abu Amr ad-Doniy (444-h) “Attahdidfil itqoni vat tajvid” kitobini yozdi.
4. Abul Hasan Sharih ibn Muhammad ibn Sharih ar-Ruayni al-Ishbiliy (539h)
kitoblari, “Nihoyatul itqon fi tajvidi tilavatil Qur’on”, deb nomlanadi.
5. Ilmuddin Abul Hasan Aliy ibn Muhammad ibn Abdusamad as-Saxoviy (634h)
kitoblari, “Umdatul mufid va iddatul majid fi ma’rifati at-tajvid” deb nomlangan.
6. Najmuddin Muhammad ibn Qaysar ibn Abdulloh al-Bag’dodiy al-Mardiniy
(732h) kitoblari “Ad-Durru an-Nazid fi ma’rifati at-tajvid” deb nomlangan.
25
Muhammad ibn Saydi Muhammad Muhammad a-Amin. “al-Vajiz fi hukmit-tajvidil kitabil Aziz”, Madinatul
Munavvara. 2002.B.18
@diplom_ishlari telegram kanali
28
7. Taqiyuddin abu Is’hoq Ibrohim ibn Umar al-Ja’bariy (732h) kitoblari “Uqudul
jaman fi tajvidil Qur’an” deb nomlangan.
8. Shamsuddin abul Xoyr Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad al-Jazariy
(833h) kitoblari “at-Tamhid fi ilmi at-Tajvid”deb nomlangan.
9. Burhoniddin abul Hasan Ibrohim ibn Umar ibn Hasan al-Baqoiy (885h) kitoblari,
“al-Qovlul mu’tabir fi usuli at-tajvid likitabi robbina al-Majid” deb nomlangan.
10. Zaynuddin abul Fath Ja’far ibn Ibrohim as-Sanhavariy (894h) kitoblari, “Al-
Jomeil mufid fi sanoati at-tajvid” deb nomlangan.
11. Ahmad ibn Nasr al-Maydoniy al-Muqri’ (923h) kitoblari “Qovaidu at-Tajvid”
deb nomlangan.
Ibn G’oziy o’z sharhlarida aytadilarki: “Bilginki tajvid ilmini farzi kifoyaligida va
unga amal qilish barcha muslim va muslimalarga farzi aynligida xilof yo’qdir.
Darhaqiqat, bu ilmning farzligi kitob, sunnat va ummatning ijmosi bilan sobit
bo’lgan.
Aliy roziyallohu anhu “Muzzammil” surasi 4-oyati to’g’risida, Tartil- harflarni
tajvid bilan chiqarish va oyatlarning to’xtash o’rinlarini bilish deb izohlaganlar
26
.
Agar Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Qur’onni o’zlariga nozil
qilinganidek tajvid bilan o’qigan bo’lsalar, uni tartil bilan o’qishlikga
buyurishdan nima ma’no chiqadi deb savol berilsa, oyatdagi buyruq Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam bo’lsada undan asl maqsad Rasululloh sollallohu
alayhi va sallamdan boshqa kishilar-ummatlari nazarda tutilgan deb javob
beriladi. Bunga misol sifatida Baqara surasining 147-oyatida keltirilgan xitobni
shuningdek Hud surasini 112-oyatida kelgan amrni va yana A’nom surasining 35-
oyatida kelgan buyruqlarni ham misol qilib keltirish mumkin.
Yuqorida o’tgan oyatlardagi buyruq va ta’qiqlar faqat Rasululloh sollallohu
alayhi va sallamga qaratilmaganligi barchaga ayon. Alloh taolo Qur’oni karimda
bir ishni qilishni faqat fel bilan buyuribgina qolmay, balki o’sha ishga
26
Shayx Muhammad Makkiy Nasru al-Jarisi. “Nihoyatul qovlul mufidfi tajvidil Qur’anil majid”. Dorul kutubul
ilmiyya. Bayrut.2003.
@diplom_ishlari telegram kanali
29
ahamiyatini qaratish, uning holatini ulug’lash va savobiga qiziqtirish uchun
yuqorida zikr qilingan felning masdarini ham keltirgan, bu hol jumla ma’nosini
ta’kidlash, Qur’onni tadabbur bilan o’qish va tushunishga yordam beradi
27
.
Endi sunnatdan kelgan dalillardan ba’zilarini keltirib o’tamiz: “Payg’ambar
sollallohu alayhi va sallam: Gohida Qur’on o’z o’quvchisini lanatlaydi”, deb
marhamat qilganlar. Bu hadisning shar’iy sifatida Qur’on, uning tajvidlari,
ma’nolari yoki unda kelgan ishlarga amal qilmay, ularga xalal yetkazgan kishini
la’natlaydi degan ma’nodagi so’z aytilgan. “Unda kelgan ishlarga amal qilish”
degan jumla Qur’onni tartil va to’g’ri tilovat qilish deganidir. Chunki Alloh taolo
Qur’oni karimni tajvidli-tartilli holda tushurgan. U shu holda Alloh taolo, lavhul
mahfuz, Jabroil alayhissalom, Payg’ambar alayhissalom va Qur’onni mukammal
biluvchi mashoyixlar silsilasi bilan muttasil sanadga ko’ra bizgacha yetib
kelgan
28
. Shuningdek imomi Molik muvatto asarida va Imom Nasaiy Sunanida
Huzayfa roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan:
“Qur’onni arab lahnlarida o’qinglar” degan so’zlari rivoyat qilingan. Imom
Tabaroniy “al-Avsat” asarida va imom Bayhaqiy “Shuabul-iymon” asarida:
“…arab sovtida (o’qing) fisq va kabira gunoh ahlining lahnidan saqlaning!”
rivoyati keltirilgan. Boshqa bir rivoyatda esa, “fisq ahli va kabira gunoh ahli”
ko’rinishida kelgan. Imom Tabaroniy “al-Avsat” asarida va Imom Bayhaqiy
“Shuabul-iymon” asarida kelgan boshqa bir rivoyatda esa, “ahli kitoblar va ahli
fisqlar lahnlaridan (saqlaningiz)” deyilgan. Shuningdek, bir rivoyatda “ishq ahli
(ning lahnidan saqlaning!), zero ular tezda paydo bo’ladi”, deyilgan. Yana bir
rivoyatda esa “tez kunda mendan keyin Qur’onni qo’shiq, rohiblarga xos va
navha (aytib yig’lash) uslubida qayta-qayta o’qiydigan qavmlar keladi. Ularning
bu o’qishi halqumlaridan nari o’tmaydi. O’shalarning qalblari va ularni
holatlaridan ajablanadigan kishilarning qalblari ham fitnalanur”, deganlar
29
.
27
O’sha kitob
28
Ibn G’oziy va Mulla Ali al-Qori sharhlari
29
Shayx Muhammad Makkiy Nasru al-Jarisi. “Nihoyatul qovlul mufidfi tajvidil Qur’anil majid”. Dorul kutubul
ilmiyya. Bayrut.2003. B.13
@diplom_ishlari telegram kanali
30
(Arab lahnida qiroat qilishlikdan iroda qilingan maqsad insonni o’z jibillasini
ya’ni Alloh taolo tarafidan qanday yaratilgan bo’lsa va o’z tabiatiga ko’ra o’sha
Alloh taolo uni tilida Qur’onni nozil qilgan ularni tilida arab ulamolarini usulida
qiroat qilishlik nazarda tutilgan. Fosiq ahli va gunohi kabira qiladigan
kishilarning lahnida degan ma’nodan fosiqlar va gunohi kabira qiladiganlar uchun
tuzilgan bir ilmdan istifoda qilingan bir nag’malar ma’nosida qiroat qilishlik
nazarda tutilgan. Agar qori nag’maga rioya qilsa va cho’ziladigan joylarini
qisqartirsa va qisqartiriladigan joylarini cho’zsa bu ish harom hisoblanadi.
Yana bir hadisi sharifda keladiki: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
ayollari Ummu Salama onamiz Payg’ambar sollallohu alayhi va sallamning
qiroatlari haqida so’raldilar shunda u kishi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
o’qisalar harfma-harf qilib, maxrajlaridan chiqarib, barcha sifatlarini ochiq qilib
o’qir edilar” deb javob qildilar
30
.
Ummatning ijmosidan dalillar keltiramiz: Darhaqiqat, Pay’g’ambar sollallohu
alayhi va sallamning zamonlaridan to xozirgi zamonimizgacha bo’lgan ulamolar
tajvid ilmining vojibligiga ijmo qilishgan. Ulamolardan hech birlari bunga xilof
qilishmagan.
Bu borada shayx abul Uzzo al-Qalonisiy o’zlarini sherlarini keltiradilar.
نارقلا اذ ديوجت ﻻءاس اي
نافنﻹا يلوا نع تيده ذخف
ةﻼصلا امك ضرف هديوجت
تايﻷا و رابخﻷا هب تءاج
رفاك وهف ديوجتلا دحاج و
رساخل هنإ هاوه عدف
همكح بوجولا دحاج ريغ و
بذعم
هنإ كلذ دعب و
تانجلا ةضورل هب ىتؤي
علا رءاس نم هريغك
تاص
لبقت ﻻ مهنم ةﻼصلا ذإ
لزنت مهيلع يلوملا تنعل و
اوفرح يبر باتك مهنﻷ
اوغاز قحلا قيرط نع و
تناف
30
Yahyo Abdurazzoq al-G’avsoniy. “Ilmut-tajvid ahkomun-nazariyya va mulahazatu-t tatbiqiyya”, Maktabatu dorul
G’avsoniy. Dimashq 1998. B. 17
@diplom_ishlari telegram kanali
31
Bu Qur’onning tajvidi haqida so’raguvchi, (javobni) itqon sohiblaridan olgin.
Uning tajvidi farzdir namoz kabi, buni xabarlar va oyatlar tasdiqlaydi.
Tajvidni inkor qiluvchi u kofirdir, uning havosini qo’ygin, albatta u ziyon
ko’rguvchidir.
Uning farzligini inkor qilmagan kishi (inkor qilmay amal ham qilmaydigan),
unday kishining hukmi u azobga mustahiqdir.
Shundan so’ng u Jannat bog’lariga kiradi (Alloh hohlasa), zero ulardan namozlari
qabul qilinmaydi va ularga mavloning la’nati nozil bo’ladi.
Chunki ular Robbilarini kitoblarini buzib o’qidilar, haq yo’ldan chetlashib
mardud bo’ldilar.
Imomi Jazariy o’z nashrlarida aytadilarki: ‘Tajvid barcha mukallaflarga farzdir”
deydilar, so’ngra yana aytadilarki: “Albatta tajvid ilmini farz deb aytamanki
chunki bu borada ulamolar o’rtasida ittifoq qilingan” deydilarю
@diplom_ishlari telegram kanali
32
II BOB TAJVID ILMINING O’ZBEKISTONGA KIRIB KELISHI
2.1. O’zbekistonga tajvid ilmining kirib kelishi va rivojlanish bosqichlari.
Mo’g’ullarning uzoq muddat hukmronligi davrida inqirozga uchragan Xuroson
o’lkasini Amir Temur jahon davrasiga olib chiqib, uning shon-shuhratini taratgan.
Iqtisodiy va madaniy hayotga jon kirgizib, uni rivojlantirishga boshchilik qilgan,
ilg’or va taraqqiyparvar davlat arbobi sifatida namoyon bo’lgan. Tarixdan
ma’lumki, Amir Temur mamlakatni taraqqiy ettirishda ilm-fan vakillariga
tayangan. U shahar va qishloqlarda masjidlar, madrasalar, shifoxonalar, saroylar,
qozixonalar, qo’riqxonalar, ko’priklar, savdo rastalari qurish haqida farmon
bergan.
“Movarounnahr, Xuroson va boshqa o’lkalarni birlashtirgan. Amir Temur
saltanatida milodiy XIV asrning ikkinchi yarmidan ilm-fan, madaniyat va
iqtisodtaraqqiy topdi. Islom tarixi, kalom ilmi, tafsir, hadis, fiqh, falakshunoslik
va boshqa ilmlarni, mukammal egallagan mutafakkirlar yetishib chiqdi. Bu
haqiqatni Samarqand zaminida faoliyat ko’rsatgan Balxiy va Dimashqiy,
Bag’dodiy va Marzaviy, Taftazoniy va Jurjoniy, Jazariy va Shomiy kabi yuzlab
allomalarning nomlari ham isbotlab turibdi
31
.
Sarkarda Amir Temurning Samarqandga olimu-fozillarni jalb etish siyosati
tufayli juda ko’p allomalar Samarqandda yashab, ijod qilganlar va ilm-fan
taraqqiyotiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.
Mustaqilligimiz tufayli nafaqat yurtimizdan yetishib chiqqan va dunyo ilm-fan
taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan mutafakkir va olimlar, balki, boshqa yurt
vakillarining ham vatanimizda yashab, ijod qilgan allomalarning hayot yo’llari
izchil o’rganib borilayotgani va izzat-ikromda ekanligi e’tiborga loyiqdir.
31
Karimov.I.A. Samarqand shahrining 2750-yilligi tantanalarida so’zlagan nutqi. “Xalq so’zi”. 2007-yil 20-sentabr 4-
bet.
@diplom_ishlari telegram kanali
33
Samarqandda bir muddat istiqomat qilib, qiroat ilmi ta’limidan saboq bergan
qiroat ilmi olimi, mufassir va muhaddislarning ustozi, alloma Shayx Abulxayr
Muhammad ibn al-Jazariy rahmatullohi alayh ham mana shunday
mutafakkirlardan biridir.
Islom dunyosida Ibn al-Jazariy nomi bilan mashhur bo’lgan olimning hayot yo’li
va ijodi xususida batafsil to’xtalishdan oldin, uning ijodining asosini tashkil
qilgan qiroat ilmi va uning tarixi haqida qisqacha to’xtalib o’tish lozim. Chunki,
ko’pchilikda qiroat turlari to’g’risida ma’lumot yetarli emas.
Qur’oni karim nozil qilinganidan buyon Allohning inoyati bilan u himoyalangan
va islom ummati uchun hidoyat qilib berilgandir. To undagi yer va mavjudotlar
bor ekan, Alloh taoloning o’zi uni yo’qolmay, buzilmay saqlanishini o’z
zimmasiga olgan:
َنﻮُظِﻓﺎََﳊ ُﻪَﻟ ﱠِإَو َﺮْكِّﺬﻟا ﺎَﻨْﻟﱠزَـﻧ ُﻦَْﳓ ﱠِإ
Albatta bu eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz O’zimiz nozil qildik va shubhasiz
O’zimiz uni saqlaguvchimiz
32
.
Qur’oni karim Alloh taoloning himoyasida bo’lishining sabablaridan biri, Qur’oni
karimni o’rganib, unga amal qiluvchi va boshqalarga o’rgatuvchi olimlar, tajvid
asosida tilovat qiladiganlar, ustozlardan ta’lim olib, so’ngra shogirdlarga silsila
asosida yetkazadigan kabilarning barcha zamon va makonda mavjud bo’lishidir.
Islom ummatining o’tgan solih kishilari Payg’ambar sollallohu alayhi va
sallamning “Sizlarning orangizdagi yaxshilaringiz-Qur’onni o’rganib uni
boshqalarga ham o’rgatuvchilardir!
33
Singari hadislarni eshitganlaridan so’ng
Qur’oni karim tilovati va ta’limi uchun qattiq ishtiyoqda bo’lib, bu ta’limni
boshqa ilmlardan yuqoriga qo’yganlar.
32
Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. T-.,2006. “Hijr” surasi, , 9-oyat
33
Shayx Abdulaziz Mansur. “Sahihul Buhoriy”. J.2.-T., “O’zbekiston milliy indeklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti.
2008. B 226.
@diplom_ishlari telegram kanali
34
Misol: Ba’zi muhaddis ustozlar shogirdlarni avval Qur’on saboqlaridan imtihon
qilib, keyin o’zining dars halqasiga qabul qilgan. Bu haqida Hafs ibn G’iyos (vaf.
194/810 y.) shunday deydilar: “Men 148 hijriy sanada A’mash Sulaymon ibn
Mihronning huzuriga kelib hadisdan saboq berishlarini so’radim. U kishi:
“Qur’onni yod olganmisan?”, -dedilar. Men: “Yo’q”, -deb javob bergan edim:
“Unday bo’lsa bor, Qur’onni yod ol, keyin hadis aytaman”, - dedilar. Men
ortimga qaytib, Qur’oni karimni yod oldim. Shundan so’ng u kishining huzuriga
yana kelgan edim, dastlab meni imtihon qilib ko’rdilar-da keyin hadisdan saboq
berdilar
34
”.
E’tibor qaratsak, bu ummatning o’ziga xos xususiyatlaridan biri-ilmni o’zidan
keyingilarga naql qilish va oldingilardan yetib kelgan ilm roviylarining silsila-
musnadi bog’lanishining ta’minlanishiga katta ahamiyat berganiga hamda bu
usulni barcha ilmlar borasida o’ta yuqori darajaga olib chiqilganiga guvoh
bo’lamiz. Xususan, Qur’on va hadis ilmlari eng avvalgi o’rinlarni egallagan.
Ilmda isnodning naqadar mavqega ega ekanini hadis ilmi olimlari o’z fikrlarida
bayon qilishgan. Misol: Abdulloh ibn Muborak: “Agar isnod bo’lmaganida har
kim hohlaganini gapiravergan bo’lar edi”, - degan bo’lsa, Imom Shofi’iy:
“Hadisni isnodsiz keltirgan kishining misoli huddi kechasi o’tin yig’ishga
chiqqan kishiga o’xshaydi. U bir bog’ o’tin yig’dim deb o’ylaydi. Bilmaydiki,
unga faqat ilon yiqqan bo’ladi”, -deydilar.
Isnod haqida muhaddis olimlarning juda ko’p so’zlarini keltirish mumkin. Ammo
qiroat ilmi olimlarining isnodlar haqidagi, uni to’liq o’rganish yo’lidagi ilmiy
safarlari, isnodning boshlanishi, va quyi vakillari, ular o’rtasidagi bog’liqlik yoki
uzilishi kabi yo’nalishlarda olib borgan mashaqqatli hizmatlari xususida
to’xtalishimiz joiz. Chunki, isnod hadisshunoslikda bo’lgani singari qiroat ilmida
ham mavjud va katta ahamiyatga egadir. Vaholanki, boshqa ilm sohalarida
rivoyat yo’llari va isnodlar bilan ishlash bir qadar uzilib qolgan hozirgi
kunlarimizda qiroat olimlari bu an’anani hamon davom ettirishmoqda.
34
Ijozoti qurroi-l-Qur’ani-l-Karim. B.6
@diplom_ishlari telegram kanali
35
Ko’pchilikda Qur’on bir xil yozilgan, isnod asosida uning nimasini o’rganish
mumkin, degan savol paydo bo’lishi tabiiy.
Bu savolga javob topish uchun Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam
davrlarini yodga olaylik. U Zot sollallohu alayhi va sallam Qur’oni karim Alloh
taoloning huzurida qanday bo’lsa o’sha holida Jabroil alayhissalomdan qabul
qilib olgan edilar va eshitib o’rganish bilan birga u kishiga o’qib ham berar edilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: “Har yili Rasulullohdan Qur’on bir bor
imtihon qilinar edi, vafot qilgan yillari esa ikki bor imtihon qilindilar
35
”.
O’z navbatida sahobai kiromlar ham Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan
Qur’oni karim Alloh taoloning huzurida qanday bo’lgan bo’lsa o’sha holida qabul
qilib olar edilar. Asta sekin sahobai kiromlarning ichida qiroat bo’yicha ko’zga
ko’ringanlari zohir bo’la boshladilar. Ular boshqa sahobai kiromlarga Qur’oni
karim qiroatidan dars ham beradigan bo’ldilar. Qiroatda ustoz bo’lgan sahobai
kiromlardan hazrati Usmon, hazrati Ali, Ubay ibn Ka’b, Abdulloh ibn Mas’ud,
Zayd ibn Sobit, Abu Muso Ash’ariy va Abu Dardo roziyallohu anhumlarni misol
tariqasida zikr qilishimiz mumkin
36
.
Katta sahobalar kichiklariga va keyinroq Islomga kirganlariga qiroatni o’rgatar
edilar. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu Abu Hurayra, Ibn Abbos, Abdulloh ibn
Soib va boshqa sahobai kiromlarga qiroatdan ustoz bo’lganlar
37
.
Xalifa Usmon roziyallohu anhu davrlarida Qur’on qiroatida ixtiloflar ko’paydi.
Shu sababli, u kishi bir necha adad mus’haf nusxalarini ko’chirtirib, islom
yurtlariga yubordilar. Yangi olingan nusxalarni bittadan qorilar bilan turli
markazlarga yuborilar ekan, halifa Usmon roziyallohu anhu faqat ushbu
mus’haflarga va ular bilan yuborilgan qorilarning qiroatiga e’timod qilish,
35
Shayx Abdulaziz Mansur. “Sahihul Buhoriy”. J.2.-T”. J.2-T., “O’zbekiston milliy insiklopediyasi” davlat ilmiy
nashriyoti. 2008. B.222.
36
G’oyatu-l-muriyd fi ilmi-t-tajvid. B.8.
37
Ibn al-Jazariy. An-Nashru fi-l-qiroati-l-ashara. Bayrut, Livan. B. 132
@diplom_ishlari telegram kanali
36
Allohning kalomi sifatida Qur’oni karimdan nimaiki yozilgan bo’lsa, kuydirib
yuborish haqida amr qildilar.
Keyinchalik nusxa ko’chirish yo’lga qo’yilish jarayonida faqatgina hazrati
Usmon davrlarida yozilgan nusxalarga suyanish joriy bo’ldi. Oxiri kelib har bir
nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida bu nusxa “Mus’hafi Usmon”
ga muvofiqdir deb deb yozib qo’yiladigan bo’ldi. Shunday qilib Qur’oni
Karimning harflarini yozish uslubi ham bir xilligi saqlab qolindi.
Shuni ham aytib o’tishimiz kerakki, o’sha davrdagi Qur’oni karimlarning
harflariga nuqtalari qo’yilmagan edi. Chunki, bu va islomdan oldingi zamonlarda
ham arab harflari nuqtalarsiz yozilar edi
38
.
Bu jarayon, ya’ni Qur’oni karimni yozib, kitob shakliga keltirish uning
qiroatidagi ixtiloflarga chek qo’ydi.
O’z navbatida sahobai kiromlardan keying avlod tobe’inlar ham Qur’oni karimni
Alloh taoloning huzurida qanday bo’lsa o’sha holatda qabul qilib oldilar. Asta-
sekin tobe’inlarning ichida qiroat bo’yicha ko’zga ko’ringanlari zohir bo’la
boshladilar. Ular boshqalarga Qur’oni karim qiroatidan dars beradigan bo’ldilar.
Bu vaqtda esa Islom ko’p yerlarga tarqalgan, musulmonlarning soni ko’paygan va
har bir o’lka o’z qorilariga ehtiyoj sezib qolgan edi. Madina, Makka, Kufa, Basra,
Shom kabi shaharlarda tobeinlardan: Said ibn al-Musayyab, Mujohid ibn Jubayr,
Ato ibn Raboh, Tovus, Asvad ibn Yazid, Hasan al-Basriy, Ibn Sirin. Taba’a
tobeinlardan: Abu Ja’far ibn Zayd al-Qa’qo, Abdulloh ibn Kasir, Yahyo ibn
Vassob, Abdulloh ibn Is’hoq, Abdulloh ibn Omir singari ko’plab Qur’on
qiroatiga mohir tobein va taba’a tobeinlar ko’zga tashlandi
39
.
Musulmonlarning sonlari, millatlari, irqlari, tillari va ehtiyojlarining haddan
tashqari ko’paygani e’tiboridan, qiroat bobida ham yuzinchi hijriy sanaga kelib
alohida ilmiy asosga suyangan yo’nalishlar paydo bo’ldi. Yuqorida qayd etilgan
38
Muhammad Tohir al-Kurdiy. “Tarixu-l-Qur’ani-l—karim”. Makka “Al-fath” matbaasi. 1946y. B. 179
39
Muhammad ibn Mahmud Havvo, Al-Madxalu ila ilmi-l-qiroat. B 26
@diplom_ishlari telegram kanali
37
va yana bir necha boshqa sabablar tufayli yana Qur’oni karim qiroatida ixtiloflar
paydo bo’ldi. Qiroatlarning turlari shu darajada ko’payib ketdiki, hatto u ellikga
yaqin edi. Shu kabi omillar Qur’oni karim qiroati bo’yicha alohida ilm paydo
bo’lishiga va ilmning imomlari paydo bo’lishiga olib keldi.
Qiroatlarni tartibga solish uchun bu ilm peshvolari, bir mezon ishlab chiqdilar.va
har qanday qiroa shunga binoan “O’lchanadigan” bo’ldi. Bu mezon: sanad, rasm,
va arab tili edi.
Qiroatning sanadi deyilganda, bir yo’nalishda qiroat qilgan kishi, ushbu
uslubning Payg’ambar sollallohu alayhi va sallamdan o’zigacha yetib kelishida
roviylar o’rtasidagi bog’lanishning uzviyligi va sahihligini ta’minlanishi lozim.
Ikkinchi shart bo’yicha esa qiroat uslubining rasmi (Qur’on yozilgan xat turi) –
yuqorida zikr qilingan Usmon roziyallohu anhu mus’hafiga muvofiq bo’lishi
shart edi.
Uchinchi sharti, da’vo qilinayotgan qiroat turi arab tilida bo’lishi – arab tili
qoidalari yo’nalishlaridan biriga muvofiq kelishi kerak.
Mana shu uchta shart qaysi qiroatda mavjud bo’lsa yana bir masala bor.
Hadislarda “Qur’oni karim yetti harfda nozil bo’lgan” deyilgan. “Yetti qiroat”
atamasi bilan hadisi sharifda zikr qilingan “Yetti harf” mutlaqo bir-biridan boshqa
narsalar hisoblanadi. 7 qiroat degan tushuncha Payg’ambarimiz sollallohu alayhi
va sallamning vaqtlarida bo’lmagan. Balki, hijriy 4 asrda Imom Abu Bakr ibn
Mujohid (vaf 324/936) ko’p sonli qiroatlarni yuqorida aytilgan uchta asosiy shart
asosida tekshirib chiqqanda, ulardan faqat yettitasi bu shartga javob bergan va bu
haqidagi “As-Sab’attu fil-qiroat” (Qiroatlardagi yettilik) nomli asarini ta’lif etgan.
Mana shu yetti qiroat ancha mashhur bo’lsada, yetti harf esa Qur’on ilmlari
mutaxassislarining chuqur tahlillaridan keyin Qur’on karimning tilovoti paytida
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o’zlari o’qigan va ruxsat bergan
ba’zi-bir holatlardagi o’zaro qiroatlar orasidagi farqlarni aytiladi.
@diplom_ishlari telegram kanali
38
Hadislarda kelgan Qur’oni karim “yetti harfda nozil bo’ldi” degan ma’no mutlaqo
qiroat ma’nosini anglatmaydi. Hozirgi kunda musulmon olamida imomi Osimdan
imomi Hafs rivoyat qilgan qiroat eng mashhuri bo’lib, bu qiroat hozirgi kunda
barchamiz eshitib, o’qib, tajvidini o’rganib talaffuz qilib yurgan qiroatimizdir.
Bugungi kunda keng tarqalgan qiroatlardan yana biri, “Varsh al Qolun” (imomi
Varshning imomi Qolundan qilgan rivoyati) qiroatidir. Imomi Varshdan
Qolundan rivoyat qilingan bu qiroat Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash va o’sha
tarafdagi ifriqa davlatlarida tarqalgan qiroat hisoblanadi.
Albatta, har bir qiroatning imomi o’z ustozidan eshitganini shogirdlariga aynan
o’zini naql qilgan. Biror harfning talaffuzida boshqacha bo’lishiga yo’l
qo’yilmagan. Shu tarzda irodat silsilasi, ya’ni ustoz shogirdlik silsilasi davom etib
kelavergan. Qaysi bir talaba to’g’ri qiroat qiladigan bo’llib yetishsa, ustozi unga
“Ijozat” deb ataluvchi hujjat bergan. O’sha hujjatda Rasululloh sollallohu alayhi
va sallamgacha yetib boradigan o’z ustozlari sanadi ham aniq keltirilgan.
Alloma ibn al-Jazariy ham mana shu soha rivoji uchun ulkan hissa qo’shgan
olimdir.
U kishining to’liq ismi Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ali ibn
Yusuf al-Jazariy al-Dimashqiy ash-Sheroziy bo’lib, kunyasi Abulxayrdir.
Ibn al-Jazariy hijriy 751 yil Ramazon oyining 25-kuni, shanba/1350 yil 30
noyabrda Suriyaning Damashq shahrida tavallud topgan. Dunyoga kelishi
xususida qiziq bir voqea sodir bo’lganligi rivoyatlarda qayd etiladi: Ibn al-
Jazariyning otasi savdogar bo’lgan ekan. Oilali bo’lgandan so’ng qirq yil farzand
nasib etmabdi. Bir yili haj ziyoratini ado etar ekan Zamzam suvidan ichib, Alloh
taolodan olim bir farzand ato etishini so’rabdi. Shundan so’ng o’g’li Muhammad
dunyoga kelgan va tug’ilishlari taroveh namozidan so’ng voqe’ bo’lgan ekan.
Onasi Oisha binti Hasan ibn Ali ad-Dimashqiy (vaf. 785/1383 y.) ham ziyoli,
olima ayol bo’lib, o’g’li Shamsiddin ibn al-Jazariydan bir qancha ilm xabarlarini
eshitgan va rivoyat qilgan.
@diplom_ishlari telegram kanali
39
Ibn al-Jazariy Damashqda o’sib voyaga yetadi va o’sha yerda Qur’oni karimni
yod oladi. O’shanda u o’n uch yoshda edi. O’n to’rt yoshga yetganda esa
namozda imomlik qilar edi. Fasohatli, bolig’ mantiq egasi bo’lgan. Ko’rinishi
qizilga moyil oq rangli, xushbichim bo’lib, badavlat inson bo’lgan va bir necha
bor tijorat safarlarini ham amalga oshirgan.
Ibn al-Jazariy dastlab qiroat ilmlariga katta e’tibor qaratdi. Bu ilmni Shom
40
,
Misr, Hijoz
41
lik zamonasining eng buyuk olimlaridan oldi. Imom ibn al-Jazariy
saboq olgan olimlarning barchasi nomini sanab o’tish mushkul. Shunday bo’lsa-
da ularning ayrimlarini nomlarini eslab o’tish joiz.
Damashqlik ustozlari: Abu Muhammad Abdulvahhob ibn as-Sular (698/1298-
782/1380) , Shayx Ahmad ibn Ibrohim at-Tahhom(702/1302-782/1380), Shayx
abu-l-Maoliy Muhammad ibn Ahmad al-Lubbon (715/1315-776/1374 y) va
boshqalar.
Misrlik ustozlari: Shayx Abu Bakr Abdulloh ibn al-Jundiy (tug’ilgan yili
699/1300), Abu Abdulloh Muhammad ibn as-Soig’ (704/1304-776/1374) va
boshqalar.
Imom ibn al-Jazariy hijriy 768/1376 yili muborak haj ibodatini ado etish
maqsadida Makkaga va Payg’ambar sollallohu alayhi va sallam qabrlarini va
masjidlarini ziyorat qilish uchun Madina shahriga borganida masjid imom-xatibi
Shayx Abu Abdulloh Muhammad ibn Solihga qiroat qilib bergan. Bundan
tashqari, bir necha ustozlardan hadis, fiqh, usul, bayon kabi ilmlarni olishga
muvaffaq bo’ldi. Xususan, bu ustozlardan ikki kishining nomini alohida qayd
etish lozim. Ular:
Olimlar imom, mufassir, muhaddis, tarixchi Abulfido Ismoil ibn Kasir (701/1302-
774/1327). Bu kishi Ibn al-Jazariyga fatvo va dars berishga ruxsat bergan
(774/1327) eng birinchi ustozdir.
40
Suriya davlati va Dimashq shahrining tarixiy nomi.
41
Saudiya Arabistonining Shimoliy G’arbida joylashgan tarixiy viloyat.
@diplom_ishlari telegram kanali
40
Shayxu-l-islom Umar ibn Raslon ibn Nasir al-Kanoniy Sirojuddin Abu Hafs al-
Asqaloniy (724/1324-805/1402). U ibn al-Jazariyga hadis aytish va fatvo berishga
ijozat bergan.
Ibn al-Jazariy nafaqat tajvid va qiroatlar olimi balki tafsir, hadis, fiqh, usul,
tavhid, tasavvuf, balog’at, nahv, sarf va boshqa bir necha tur ilmlar borasida ham
olim bo’lgan.
Ibn al-Jazariy ustozlardan saboq olgach, bir qancha mansabli vazifalarda xizmat
qildi. Yashagan har bir shahrida qiroat va hadis ilmlaridan saboq berdi.
Shular jumlasidan, ummaviylar hukmronligi davrida Damashqda qurilgan
“Qubbatu-n-nasr” (‘Burgutsimon qubba”), Qohira yaqinida joylashgan “Turbatu
ummi-s-Solih” (“Ummu Solih Maqbarasi”) nomli madrasada bir necha yillar
qiroat va hadisdan talabalarga saboq berdi.
Damashq (793/1391), Sheroz (Eron) shaharlarining qozisi vazifasida ham
ishlagan. Mana shu ikki shahar, Damashq va Sherozda qorilar uchun madrasa
bino qildirib, ularni “Daru-l-Qur’an” (“Qur’on o’rganish dargohi”) deb nomlagan.
Ibn al-Jazariy Damashqdagi “Odiliya”, “Ashrafiya” hadis bilim yurtlari hamda
Quddus shahridagi “Salohiya” madrasalarida ham talabalarga qiroat va hadisdan
saboq bergan.
Imom ibn al-Jazariyning shogirdlari soni shu darajada ko’p bo’lganki, ularning
hammasini zikr qilish mushkul. O’n qiroatni to’liq egallagan shogirdlaridan, Ibn
Jazariyning o’g’li Abu Bakr Ahmad
42
, Shayx Mahmud ibn Huqayn ibn Sulaymon
Sheroziy, Shayx Abu Bakr ibn Musbih al-Hamaviy, Shayx Abdulloh ibn Qutb ibn
Hasan al-Bayhaqiy, Ahmad ibn Mahmud iibn Ahmad al-hijoziy, Shayx Mumin
ibn Ali ibn Muhammad Rumiy, Shayx Ali ibn Husayn ibn Ali al-Yazdiy va
boshqalarni aytishimiz mumkin.
42
U otasining “Toyyibatu-n-nashri fi-l-qiroati-l-ashara” (“O’n qiroat haqida nashrning eng yaxshisi”), asariga sharh
yozgan.
@diplom_ishlari telegram kanali
41
Bu nomlarni ibn al-Jazariy o’zining “G’oyatu-n-nihoya fi tabaqoti-l-qurro”
(“Qorilar tabaqasi haqidagi mukammal kitob”) asarida keltirgan.
Ibn al-Jazariy Damashq qoziligi vazifasida bo’lgan paytda amir Qutlubak Istodor
Aytamush bilan munosabatlari buzilgandan keyin 798/1396 yil Rum shaharlariga
chiqib ketishga majbur bo’ladi. Rum podshohi Abu Yazid ibn Usmon uni iliqlik
bilan qabul qilib, izzat va ikrom ko’rsatadi. Rum aholisi undan qiroatlar ilmidan
bahramand bo’ladilar va u bir necha yil shu yerda istiqomat qiladi. 805/1402 yili
Abu Yazid ibn Usmon Sarkarda Amir Temur bilan to’qnashuvda mag’lubiyatga
uchragandan keyin ibn al-Jazariyni Amir Temir Movarounnahrga olib keladi. Ikki
yil mobaynida Samarqand va uning atrofidagi shaharlarda qiroat turlari bo’yicha
shogirtlarga saboq beradi. 807/1404 yil Amir Temur vafotidan so’ng ibn al-
Jazariy Samarqanddan chiqib, Xurosonning bir qancha shaharlari: Hirot, Yazd,
Isfahonda, bo’lib, o’sha shahar aholisiga o’nta qiroat bo’yicha saboq beradi.
Shogirdlari orasida mana shu o’n qiroatni to’liq o’zlashtirganlar ham bo’lgan.
808/1405 yil Sherozga kelganida uning sultoni ibn al-Jazariyni shu yerda
istiqomat qilishga va keyinchalik shaharga qozilik qilishga ko’ndiradi. Sheroz
aholisi alloma, qorilar ustozi Imom ibn al-Jazariyning salohiyatidan unumli
foydalanib, uning ilmidan ko’proq foydalanib, uning ilmidan ko’proq bahramand
bo’lishga erishadi. Bir necha yil bu joyda istiqomat qilgandan keyin qorilar
imomi Sherozdan chiqib, Basraga yuzlanadi. 822/1419 yili esa do’sti
Mu’iynuddin ibn Abdulloh bilan muborak haj safarini maqsad qilib yo’lga
chiqadilar. Najd viloyatining Unayza qishlog’iga yetganlarida mahalliy yo’l
to’sarlar tufayli safarni davom ettira olmay ortga qaytadilar. Shunday bo’lsa-da,
kelgusi yil haj ibodatini ado etishadi. Makka va Madina shaharlarida bir muddat
istiqomat qilgan ibn al-Jazariy Sherozga qaytib keladi va 827/1424 yil
Damashqqa tashrif buyuradi. So’ng 829/1426 yilning boshlarida Qohiraga borib,
u yerda biroz turgandan keyin Shomga boradi. Keyinroq Basra orqali yana
Sherozga qaytgan alloma, umrining oxirigacha shu joyda qiroat va hadisdan
saboq beradi.
@diplom_ishlari telegram kanali
42
Imom ibn al-Jazariy 833-yil Rabi’ul avval oyining oltinchi juma kuni /1430 yil 2
dekabr tongda vafot etadi va Sherozda o’zi bino qildirgan “Doru-l-hadis”
hududiga dafn etiladi.
Imom ibn al-Jazariy ko’p yo’nalishdagi ilm va fanlar borasida asarlar yozish
bo’yicha eng sermahsul ijodkordir. Qiroatlar va Qur’on ilmlari sohasidagi asarlari
qatoriga hadis va uning istilohi, fiqh va uning usuli, tarix hamda kishilarning
fazilatlari, xulq-atvorlar, biografiyalariga arab tili va boshqa mavzularga doir
yetmishdan ziyod asarlar yozgan. Shundan 25 tasi Qiroat, 19 tasi hadis, 4 tasi
fiqh, 4 tasi lug’at, 11 tasi tarix va biografiyalar haqida, 8 tasi esa har xil
mavzularda yozilgan asarlardir.
Ibn al-Jazariyning Qur’on ilmlari yo’nalishida yozgan aksar asarlari o’n qiroat
yo’llarining turli jihatlarini bayon qilishga bag’ishlangan. Ularga: “An-Nashru fi-
l-qiroati-l-ashara” (“O’n qiroat haqida nashr (qo’llanma)”), “Tarqiybu-n-nashri fi-
l-qiroati-l-ashara” (“O’n qiroat haqida nashrga yaqinlashish”), “Toyyibatu-n-
nashri fi-l-qiroati-l-ashara” (“O’n qiroat haqida nashrlarning eng yaxshisi”)
“Tahbiyru-l-taysir fi-l-qiroati-l-ashara” (“O’n qiroat haqida yengil yozishma”) va
boshqalar.
Qur’on ilmlari haqidagi boshqa ta’lifotlari qiroat usullari va turlari, undagi
isnodlar, tajvid va boshqa mavzularda yozilgan. Yana shuni ta’kidlash joizki, Ibn
al-Jazariy bir necha asarlarini nazm yo’nalishida yozgan. “Toyyibatu-n-nashri fi-
l-qiroati-l-ashara” (“O’n qiroat haqida nashrlarning eng yaxshisi”), “Hidoyatu-l-
bararati fi tatimmati-l-ashara” (O’n qiroatni to’liq o’zlashtirishda yaxshilarga
ko’rsatma”) asarlari bunga misol bo’ladi.
Ibn al-Jazariyning mavqeyi va qadr qimmatining naqadar ulug’ligi xususida o’z
zamonasidan to hozirgi kungacha ko’pchilik olimlar guvohlik berishgan.
Darhaqiqat, ibn al-Jazariy o’z asrining eng yetuk olimlaridan biri bo’lgan.
Zamondoshlari va keyingilar u kishi haqida ko’p tahsinlar aytishgan. Ulardan
ba’zilarining ta’riflarini keltirib o’tamiz.
@diplom_ishlari telegram kanali
43
Al-Hofiz ibn al-Hajar: “Hofiz, qiroat ilmi olimlarining imomi (ibn al-Jazariy)
Damashqda tug’ilib, shu yerda tahsil oldi. Hadis va qiroatlar ilmi talabida
mustahkam turdi va qiroatlar ilmi sohasida ko’zga ko’rindi. Qorilar uchun
madrasa bino qilib, uni “Daru-l-Qur’an” deb nomladi. Bir marta Shom qoziligiga
ham tayinlandi”.
“Bir necha mamlakatlarda qiroatlar raisi bo’ldi. Shaharlarda uni “al-imam al-
a’zam” – “ulug’ imom” – deb atashar edi”.
“Insonlar uning molu-dunyosi ko’p bo’lishi va yoshi ulug’ bo’lishiga
qaramasdan, ilmga bo’lgan rag’batidan ajablanar edi. U hijoz ahliga ko’p
ehsonlar ulashardi”.
Ibn al-Jazariyning shogirdlaridan biri Imom an-Nuvayriy shunday deydi:
“Qiroatlar va hadis ilmlariga e’tibor qaratib, bu sohani oliy darajaga ko’tardi.
O’zi shu ilmlar samosida porloq yulduz, mohir olim boldi. Shayx Imoduddin ibn
Kasirdan saboq oldi. Bu kishi ibn al-Jazariyga dars va saboq berishga izn bergan
eng birinchi ustozidir”.
Imom Suyutiy: “Ibn al-Jazariy o’z asrining tengsiz olimi, hadis hofizi. “An-
nashru fi-l-qiroati-l-ashara” (“O’n qiroat haqida nashr”) nomli asar yozgan. Hali
bu kabi asar yozilmagan. Bundan tashqari ham uning bir qancha asarlari va hadis
ilmiga doir yozishmalari mavjud”.
Ash-Shavkoniy: “Dunyo bo’yicha qiroatlar ilmi borasida yolg’izdir. Bu ilmni juda
ko’p shaharlarda yoygan. Qiroat ilmlari uning eng buyuk fani va undagi bor
ilmlar orasida eng ulug’idir”
43
.
Imom ibn al-Jazariy va Amir Temur Samarqandga yetib kelganlaridan so’ng,
sarkarda juda katta ziyofat uyushtirgan. Uning chap tarafida vaziru amirlar, o’ng
tarafida olimlar turar edi. Imom ibn al-Jazariy o’rnidan turib, imom Sayyid Sharif
Muhammad Al-Jurjoniy (740/1339-816/1416 y.) ni huzuriga keladi. Jurjoniy bu
43
“Al imam ibn al-Jazariy muhaddisan”, B.15
@diplom_ishlari telegram kanali
44
holatga e’tiroz bildirilganda ibn al-Jazariy: “Kitob (Qur’on) va sunnatni biladigan
inson huzuriga ne sababdan kelmas ekanman?!” degan ekan
44
.
Ibn al-Jazariy Movarounnahrning Samarqand va Kesh shaharlarida ilm toliblarga
qiroat ilmidan saboq bergan. Imom ibn al-Jazariydan bu diyorimizda o’n qiroatni
to’laligicha o’qib berib, bu borada dars berishlikga “ijozat” olgan shayxlarimiz
bo’lib ularni ba’zilarini keltirib o’tamiz, ular:
1. Shayx Abdulqodir ibn Tulla ar-Rumiy
2. Hofiz Boyazid al-Keshiy
3. Hofiz Mahmud ibn al-Muqriy kabi shogirdlari o’zlashtirgan
45
.
Imom ibn al-Jazariyning Samarqandga kelishi bilan bog’liq voqeani kengroq
o’rganish maqsadida o’zbek tilidagi bir necha adabiyotlarga murojaat qildik.
Shulardan faqatgina tarixshunos olim professor U.Uvatovning “Sohibqiron arab
muarrixlari nigohida” asarida ibn al-Jazariyning Samarqandga tashrifi xususida
bir ma’lumot keltirilganiga duch keldik
46
.
Biz yuqorida keltirgan ma’lumotlar ibn al-Jazariyning salohiyatli olim, iqtidorli
mufassir, zabardast muhaddis bo’lganligini tasdiqlaydi. Ul zotning ilmiy-ma’rifiy
merosini yanada sinchiklab o’rganish tadqiqotchilarimiz oldida turgan
ma’suliyatli vazifalardan biri deb hisoblaymiz. Bu meros bugungi
zamondoshlarimiz uchun qimmatli manbaa bo’lar edi.
Islom ilmlari rivojiga ulkan hissa qo’shgan olim imom ibn al-Jazariyning Alloh
rahmatiga olsin.
Diyorimizga Islom dini VII-asrda kirib kelgan bo’lsada, Qiroat va tajvid
ilmlarining rivoji asosan Amir Temur imom Ibn al-Jazariyni Samarqandga olib
kelishi bilan bog’liqdir. Chunki imom ibn al-Jazariy o’sha davrda bu sohaning
eng yetuk ustozlaridan bo’lganlar. Ibn al-Jazariy diyorimizda ikki yil shu borada
dars berib ko’plab mukammal shogirdlar chiqarganliklari ma’lumdir. Imom ibn
44
O’sha kitob. B.16
45
“An-Nashr fil qiroatil ashara”. B.6
46
U. Uvatov. “Sohibqiron arab muarrixlari nigohida”, -T. “Sharq”. 1997. B 60
@diplom_ishlari telegram kanali
45
al-Jazariy Samarqanddan ketganlaridan so’ng u kishidan ta’lim olgan shogirdlari
bu soha rivoji uchun o’lkamizda juda ko’p va xo’b xizmat qilganliklari tayin. Shu
keltirilgan sabablarga ko’ra diyorimizda Qiroat va tajvid ilmlarini rivojlanishida
imom ibn al-Jazariyning beqiyos hizmatlari tufayli u kishini bir ma’noda
o’lkamizda bu ilmlarning mukammal tarzda kirib kelishi va rivojlanishida
sababchi sifatida keltirishimiz mumkin.
2.2. XIX-XX asrda O’zbekistonda yetishib chiqqan mashhur qorilar.
Odam bolasini yer yuzida halifa qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin.
Bashariyatni afzali bo’lmish Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamga
salovatu salomlar bo’lsin.
O’tmishni yod etishda ko’p manfaatlar, hikmatlar bor. Alloh subhanahu va
taoloning o’z kalomi bo’lmish Qur’oni karimda o’tgan xalqlarning, shaxslarning
ibratli qissalariga katta o’rin berganligi ham albatta, bejiz emas. Rasulimiz
Muhammad Mustafo sollallohu allayhi va sallamning o’z ummatlariga qadimgi
ummatlar hayotidan misollar keltirib berganliklari ayni hikmat asosida bo’lgan.
Islom ummati ham eng dastlabki kunlaridan hozirgi onlarigacha ushbu masalaga
katta e’tibor bergan va natijada tarixda misli ko’rilmagan asarlar dunyoga kelgan.
Biz ham ana shu ummatning kichik bir vakili o’laroq, yaqin tariximizdan kichik
bir guldasta taqdim qilishni niyat qildik. Bu borada XX-asrda yashab o’tgan
ulamolarimiz, ahli Qur’onlarimizdan ba’zilari haqida qisqacha bo’lsada ma’lumot
berib o’tishga harakat qilamiz. Bularni keltirishdan maqsad, kechagi kunimizdan
bir namuna sifatida holos. Toki o’zimiz va kelajak avlod uchun yodgorlik bo’lsa,
xalqimiz o’zligini tanisa, hozirgi va kelajak avlodlar o’z hayotiy yo’llarini
tanlashda ularning hayotidan ibrat olsalar. Chunki ular yetuk, solih, insoniy
fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan kishilar bo’lganki, ularga ergashgan kishi
albatta saodat topadi, inshaa Alloh! Ular haqidagi suhbat qalbga taskin, ruhga
quvvat, yaxshi amallarga ilhom baxsh etadi.
@diplom_ishlari telegram kanali
46
Abdulg’ofir qori domla
Abdulg’ofir qori domla “G’ofir qori domla” degan nomi bilan tanilganlar. O’z
davrida Qur’on ilmini mukammal egallagan bo’lib, u kishi juda ko’p qorilar
chiqarganliklari uchun xalq u zotning “Qorilar zavodi” deb atashardi!
Abdug’ofir qori domla o’tgan asrda yashab, o’zlarining 84 yillik hayotlari
davomida Qur’oni karimni yod olib, uning nuri bilan dillarni munavvar etgan,
ilmu amali, axloqu odobi bilan katta-yu kichik – barchaga birdek manzur bo’lgan,
Qur’on va ilm yo’lida el yurtga katta xizmat qilgan dinimiz namoyondalaridan
edilar.
Abdug’ofir qori domla ilmu taqvo muhitida ulg’aya boradilar. U kishi ilk savodni
o’z ota onalarining qo’lida chiqaradilar. Keyinchalik u kishini o’sha davrda
Qur’on va tajvid ilmlarini olimi, beqiyos ustoz tatar millatiga mansub bo’lgan
Gulchi qori nomi bilan mashhur Izzatulloh qori domlaga topshirishadi.
Abdug’ofir qori domla pok qalb, sof fitrat, kuchli ruh, buyuk ilm, yetuk taqvo,
benazir axloq, o’tkir zehn, beqiyos muhofaza, nodir iste’dod sohibi edilar.
Abdug’ofir qori domla 9 yoshlarida Qur’oni karimni to’liq yodlab, hatmga o’tib
berganlar.
Qori domlaning 1 inilari va 6 opa-singillari bo’lgan bo’lsa, farzandlari 12 ta
bo’lib 7 o’g’il 5 qizlari bo’lgan.
Abdug’ofir qori domla 9 yoshlarida qori bo’lib, 12 yoshlarida Qur’oni karim
ta’limiga o’tirganlar. Abdug’ofir qori domlaning 3 mingdan ortiq Qur’onni
mukammal yod olgan shogirdlari bo’lib ulardan mashhurlarini keltiramiz.
Qori domlaning birinchi bitiruvchilaridan mashhur Abdusamad qori domla,
Abduqayum hoji domla, Abdulvoris halfa domla, Zargaron nomi bilan mashhur
bo’lgan Muhammad Ali qori domla bo’lishgan. Shular bilan bir qatorda mashxur
Shayxul Islom, O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari boshqarmasida ko’p
yillar davomida o’zlarining juda katta hizmatlarini qilgan shayx Ismoil Mahdum,
@diplom_ishlari telegram kanali
47
Is’hoq mahdum va Ibrohim mahdumlar ham shogirdlaridan bo’lganlar. Shular
bilan bir qatorda barchamizga ma’lum va mashhur O’rta Osiyo va Qozog’iston
musulmonlari diniy boshqarmasida faoliyat olib brogan shayx Ismoil Mahdum
hazratlari ham qori domlaning shogirdlaridan bo’lganlar.
O’g’illaridan Abdulhamid mahdum, Ma’sumxon mahdum, Zoxidjon qori
domlalar Qur’oni karimni yod olishlik bilan birga kuchlik olim ham olishgan.
G’ofir qori domlaning 2 ta qorixonalari bo’lgan, xar ikki qorixonalari Namangan
shahrida bo’lib 1-To’raqo’rg’on ko’chasida joylashgan. Masjidi Jome’da bo’lgan
bo’lsa 2-hozirgi Samarqand ko’chasining boshida joylashgan edi.
Bu qorixonalardan xar yili kamida yuz- ikki yuz nafar tirik Qur’onlar yetishib
chiqgan.
Inkor qilib bo’lmas haqiqat shuki, Alloh subhanahu va taolo Abdug’ofir qori
domlaga Qur’oni karim hizmatida ulkan barakot ato etgan. Abdug’ofir qori domla
Namanganda katta Qur’on maktabiga asos solganlar. Abdug’ofir qori domlaning
shogirdlari nafaqat O’zbekiston, balki Qirg’iziston, Tojikiston, boringki, O’rta
Osiyo bo’ylab ko’payib borgan. Namangan shahri esa “Qorilar shahri” deb tan
olingan. Hozirgi kundagi O’zbekiston qorilarining ko’pchiligi o’sha zotning
ma’nan avlodlari hisoblanadilar.
Abdug’ofir qori domla alayhi rohma 1949 yil 84 yoshlarida yoz oyida, bir asrlik
hayotni tamomlab, abadiy hayotga yo’l oladilar. U zotni tavalludidan vafotigacha
hurmat va e’zozda qilgan, bir asr siylab, iltifot ko’rsatgan Robbining huzuriga
inshaa Alloh u Zotdan rozi bo’lgan, u Zot ham bu erka bandasidan rozi bo’lgan
holda rihlat qiladilar.
Qori domlaning janozalariga Buxoro tomondan o’zlari kichkinagiina salla,
cho’ponlik, farishtasifat noma’lum bir zot kelib o’qib, so’ng qayytib kelganlar.
Alloh taolo Qori domlamizni o’z rahmatiga olgan bo’lsin, azmu qaror qilib turgan
narsasidagi ajrni ziyoda ato etsin, oxiratda ham dunyodagidek Shayxul Qurrolar
@diplom_ishlari telegram kanali
48
safida qilsin. Biz va keying avlodlarga ham ana shunday sharafli yo’lda ularning
izidan borishni nasib aylasin. Amin!
Abdulmalik qori domla
Abdulmalik qori domla o’tgan asrda yashab, o’zlarining qisqagina hayotlari
davomlari Qur’oni karimni yod olib, uning nuri bilan dillarni munavvar etgan,
ilmu amali, axloqu odobi bilan katta-yu kichik, barchaga birdek manzur bo’lgan.
Qur’on va ilm yo’lida el yurtga katta xizmat qilgan dinimiz namoyondalaridan
edilar.
Abdulmalik qori domla ajoyib iste’dodlar sohibi edilar. U kishini zehnlari,
xotiralari shu qadar kuchlik ediki, eshitgan narsalarini darhol yodlab olar va
yodlaganlarini deyarli unutmas edilar. Abdulmalik qori domla sherlar yozishni
ham mashq qilib turar edilar. U kishi nihoyatda ziyrak, so’zamol, hozirjavob,
keng fellli inson edilar. Abdulmalik qori domla 1937-yil 5-mayda (1310) Andijon
viloyati Haqqulobod shahrida tavallud topganlar. Abdulmalik sakkiz oylik
paytlarida onalari Shukrinisoxon tush ko’radi. Tushida bir nuroniy kishi (uni
farishta deb biladi) kelib, qo’lidagi bir hovuch tillani unga uzatar ekan: “Buni
olib, bolani menga ber, men uni yettinchi osmonga olib chiqib ketaman”, deydi.
Ona qattiq qo’rqib uyg’onib ketadi va bexosdan yonidagi bola yotgan beshikni
quchoqlab oladi. So’ng ko’rgan tushini eriga aytib beradi. Abdurahim uni
tinchlantirishga harakat qiladi. Shukrinisoxon ona qishlog’iga kelganida
qishloqning ilmli va fazilatli ayoli Oyimxon otinga tushida ko’rganlarini aytib
beradi. Oyimxon otin: “Bunda bir hikmat bor, hali Hudo hohlasa bu bola hosiyatli
bola bo’ladi”, deya, tushga yaxshi ta’bir aytib, onaga dalda beradi.
Alloh taolo o’z ilohiy hikmati bilan bandaga biror eshikni yopsa, o’rniga boshqa
bir eshikni ochib qo’yadi. U Zot Abdulmalik ham uning ko’z nurini olish evaziga
bir qancha ne’matlarrni ato etgan edi. Abdulmalik nihoyatda iste’dodli, ziyrak,
eshitgan hamma narsasini yodlab olish qobiliyatga ega inson bo’lib voyaga yeta
boshlaydi. Boladagi iste’dodni sezgan otaning ko’ngliga o’glini Hofizi Qur’on
@diplom_ishlari telegram kanali
49
qilish ishtiyoqi tushadi va 5 yoshli Abdumalikni hamqishlog’i Abdulahad qoriga
Qur’on ta’limi uchun olib borib: “Buni sizgina tarbiya qila olasiz”, deya ustozga
bo’lgan ishonchini izhor qiladi. Chunki ustoz ham yoshligidan ko’zi ojiz edi…
Ustoz Abdumalikka Qur’oni-karimni oyatma-oyat ta’lim berardi. Avval
beriladigan darsni uch martta o’qib berar, oradan o’n daqiqalar chamasi o’tkazib,
yana ikki-uch martta o’qib eshittirar, shogird esa olgan sabog’ini esda olib qolar,
300-400 marotaba mustaqil takrorlab, so’ng ustozga topshirardi. Shu bilan birga
oyatlar to’planib bir rub bo’lganda ularni jamlab o’qib berar, ikkinchi rubga
yetgach, ikkisini qo’shib, yarim pora qilib, keyin yarim pora ham tugagach esa bir
porani to’liq o’qib topshirardi. Yangi porani boshlashdan avval yod olib bo’lgan
barcha suralarni bir qator takrorlab, mustahkamlab olib, so’ng navbatdagi poraga
o’tardi. Shu boisdan u Qur’ondan qancha yod olgan bo’lsa hammasiga doimo
tayyor edi.
Asror aka shunday hikoya qiladi: “Keyinroq ustoz Abdumalikka bir qo’y olib
berib, uni parvarishni ham o’ziga yukladi. Yosh shogird ko’zlari ojiz bo’lsa-da,
yaylovdan o’t o’rib kelib, qo’yni boqardi. Qizig’i shundaki, agar bola o’rib kelgan
ikki uch donasi olinsa ham, ushlab ko’rib, uning kamayib qolganini darhol
sezardi. Qo’y yetilganda uni sotib, pulini Abdumalikning o’ziga sarflardi”.
Shu zaylda olib borilgan ta’lim natijasida Abdumalik to’qqiz yoki o’n yoshida
Qur’oni karimni to’la yod olishga musharraf bo’ladi.
Abdumalik nihoyatda ziyrak, puxta qori bo’lib yetishgan edi. U Oyimga qaytib
kelganida qishloqdagi ilmli ayollardan biri Bahriniso otinga Qur’onni to’liq o’qib
beradi. Baxriniso otin bolaning hech qanday xatosiz, tutilmay o’qishini ko’rib,
uni ehtiyot qilish, ko’z tegib qolishidan asrash maqsadida: “Bolam, hech
bo’lmasa bir-ikki adashib qo’y” – der, yosh qori esa: “Nega adashar ekanman”, -
deya, o’qishda yana davom etardi. Ko’pni ko’rgan otin xolaning ko’ngli
nimanidir sezgandek, bolaninng ota-onalariga: “Bu bola Qur’onni hech ham
adashmay o’qidi, uni qirq yoshida nihoyatda ehtiyot qilinglar. Qadimgilar
@diplom_ishlari telegram kanali
50
bolaligidan Hofizi Qur’on bo’lgan bola haqida shunday deyishardi”, - deb
tayinlagan ekan.
Keyinroq Abdumalik Bahriniso otin qizi Nazrxon otinga ham Qur’oni karimni
o’qib beradi. Nazrxon otin nihoyatda fazilatli, taqvodor, ilmli, adiba va shoirta’b
ayol edi. Abdulmalik bu ayoldan ozmi-ko’pmi she’riyat ilminiham o’rganadi va u
bilan mushoiralar ham qilib turadi.
Abdulmalik yangi qori bo’lgan, chamasi 12-13 yoshlik davri… Ramazon oyida
ustozning Jaloloboddagi uyida taroveh namozida ustoziga Qur’onni hech ham
adashmasdan o’qib berardi. Bir kuni ustozi ikki-uch martta xato luqma beradi.
Yosh va mag’rur Abdulmalik qattiq hafa bo’ladi, biroz achchiqlanadi ham:
“Ustozning maqsadi nima o’zi?” Ertasiga iftorga ustoznikiga kirmay, qo’shni
Abdurahimjon akanikiga kirib oladi. Ustoz Abdulmalikning kelmaganini bilgach,
sababini darhol payqaydi va: “Arazlabdi-da! U Abdurahimnikida bo’ladi, chaqirib
chiqinglar”, - deydi. Abdulmalik biroz tushkun kayfiyatda kirib keladi. Ustoz
unga: “Ha bolam, arazladingmi?”, -deydi. U: “To’g’ri o’qisam ham luqma
berasizmi?” –deganda, ustoz vazminlik bilan: “Bolam, sen endigina o’sib
kelayotgan novdasan. Ko’z tegib, nobid bo’lmagin, deb seni ehtiyotlash
maqsadida shunday qildim”, - deya ko’zi namlanadi. Yosh qori darhol bekorga
arazlaganini anglaydi va “Dod!” deb yig’lab, ustozining oyog’iga yiqilib, uzr
so’raydi.
Shundan so’ng Abdulmalik qori o’z uyida har yili Ramazonning birinchi kunidan
boshlab, uch kunlik hatm qilar, undan tashqari, qadrdonlarining uyida hatm qilib
berardi.
1953- yoki, 1954-yili Abdurahim aka o’g’li Abdulmalik qorini olib,
qarindoshlardan birining vafoti sababli fotiha o’qish uchun Toshkentga keladi.
Ular Jum’a namozinni o’qish maqsadida Xastimom masjidiga kirishadi. Namoz
vaqti kirishiga oz vaqt qolganda masjidga muftiy Eshon Boboxon hazratlari va u
kishining o’g’illari Ziyovuddin qori domla ham kirib keladilar. Ziyovuddin qori
@diplom_ishlari telegram kanali
51
domla ma’ruza qiladi va Jum’a xutbasini o’qib bo’lgach, namozga imomlikka
o’tadi. Namozni o’qib bo’lganidan so’ng, odatdagidek bir qori tilovat qiladi. Shu
payt birinchi safning chekkasida, devor oldida ko’zi ojiz o’g’lini yoniga olib
o’tirgan Abdurahim aka o’rnidan turadi va imomga yuzlanib: “Bizning bir qori
o’g’limiz bor, ruxsat bersangiz, u ham tilovat qilib bersa, haqqiga duo
qilarsizlar”, - deydi. Ijozatdan so’ng Abdulmalik qori Ar-Rohman suasidan o’qib
beradi. Ajoyib tilovatdan odamlar qattiq ta’sirlanadilar. Ziyovuddin qori aka
Abdulmalik qorining ko’zlari ojiz ekanligini ko’rib, shu holida mana shunday
yetuk qori bo’lganini ibrat qilib ko’rsatib, nutq so’zlaydi. Bu nutq butun jamoani
larzaga keltiradi. Abdulmalik qori masjid chetida bo’lganligi sababli Qur’onni
mikrofonsiz o’qigan edi. Odatda ikki-uch oyatdan keyin tarqalib ketadigan jamoat
ko’pchilik yaxshi eshita olmaganini aytib, yana mikrofonda tilovat qilib berishini
iltimos qilishadi. Qori yana o’qiy boshlaydi. Masjid namozxonlarning yig’isiga
to’ladi, hech kim o’rnidan qimirlamasdan, Qur’on tilovatini tinglaydi.
Odamlarning talablariga ko’ra qori uchinchi bor ham o’qib beradi. So’ng yana
iltimos qilishadi, lekin Ziyovuddin qori aka unamaydilar. Jamoat Qur’on
lazzatiga to’ymay tarqaladi…
Abdulmalikning qiroati xususan, Eshon Boboxon hazratlariga juda ham manzur
bo’lgan edi. Shu bois u zot mulla Abdurahimdan qorining tarovehda xatmga o’tib
berishini so’rab, shaxsan o’zlari iltimos qiladilar. Ramazon oyining boshlanishiga
sanoqli kunlar qolgan edi. Ular taklifni mamnunniyat bilan qabul qiladilar va
Muftiy hazratlarining aziz mehmonlari bo’ldilar.
Ramazonning birinchi kechasi taklif qilingan ustoz qorilar xatmni boshlab
beradilar. Uchinchi tasbeh (to’rt rakat) da navbat bizning qahramonimizga
beriladi. Qori domla kelgan joydan davom ettirib, o’qiy boshlaydilar. Ularning
qiroatlari butun jamoatni to’lqinlantirib yuboradi. Namozdan so’ng salom
berishlari bilan Eshon Boboxon hazratlari: “Qolganini ham shu bola o’qisin”, -
deb marhamat qiladilar va Abdulmalik qorining o’qishini bulbulning sayrashiga
qiyoslab, unga “Bulbul qori” degan “Unvon” beradilar. Boshqalar ham uni
@diplom_ishlari telegram kanali
52
shunday nomlashlari lozimligini aytadilar. Shu shu bu nom qoriga laqab bo’lib
qoladi. Xatmning ikkinchi kkuni boshqa qorilarga javob beriladi.
Shundan so’ng Abdulmalik qori tarbiyasi bilan Muftiy hazratlari – Ziyovuddin
qori domla ham shug’ullana boshlaydilar. U kishi Abdulmalik qorining
Toshkentda yurib arab, fors va rus tillarini o’rganishini ta’minlab beradilar.
1968- yili Misrdagi Al-Azhar universiteti rahbari Shayh-ul Azhar boshchiligida
kelgan mehmonlarr ichida dunyoga mashhur Misr qorilarining Shayhi Mahmud
Halil Xusoriy Toshkentga tashrif buyurganida Ziyovuddin qori domla
Abdulmalik qori domlani Poytaxtga chaqirtiradi. U kishi mehmonnlar bilan bir
necha kun birga bo’lib, Kamolon masjididagi yig’ilishda Qur’on o’qib beradilar.
Xalil Xusoriy Abduulmalik qori akaning qiroatidan ta’sirlanib, tebranib o’tirib
tinglaydi va tilovat tugagach: “Ahsanta” - “Yaxshi zo’r o’qiding”, deb unga
tahsin aytadi. Mehmonlar o’z yurtlariga qaytish uchun Toshkent aeroportoga
kelganda ularni kuzattishga kelgan mezbonlarning ko’zlaridan duv-duv yosh
to’kilardi. Ular bilan xayrlashib, samalyotga chiqib ketayotgan Shayx Xalil
Xusoriyning ko’zi mezbonlar orasida turgan ko’zi ojiz Abdulmalik qori domlaga
tushadi va orqaga qaytib kelib, uni quchoqlab, bir zum bag’riga bosib turadi.
So’ng ko’zlari yoshga to’lgan holda xayrlashadi.
Abdulmalik qori aka 38 yoshda 1975-yil 9-mart (1395-yil 25-safar), yakshanba
kuni kech soat 10 larda oxiratt diyoriga safar qiladilar. Alloh taolo u zotni
rahmatiga olgan bo’lsin, qabrlarini nurli, darajotlarini balandd qilsin! Bu
dunyodagi izzatlariga sabab qilgan Qur’onni oxiratda shafoatchi etsin! Amin!
@diplom_ishlari telegram kanali
53
Muhammad Mubin qori domla
Muhammad Mubin qori “Mubinxon qori domla” nomi bilan tanilganlar. O’z
davrida Qur’on ilmini mukammal egallagan bo’lib, u kishi “Bulbul qori” laqabini
olganlar.
Nasabi:
Otalari: Muhammad amin domla bo’lib, u kishi “Aminjon mahdum domla” degan
nom bilan mashhur bo’lgan. Aminjon mahdum Andijon shahrining Izboskan
tumanida yashab o’tgan Habibulloh qori o’gli. Onasi- Zulayho xonimni
“Achaxon oyim” deb ham atashgan. U Andijonning eng peshqadamlaridan
Abdussame’ xalfa domlaning qizi bo’lgan.
Tavalludi:
Muhammad Mubin qori domla 1914-yil 11-yanvar kuni (1332-yil 14 safar)
Andijon shahri, Chuqur masjid mahallasida ilmlii va taqvodor oilada tavallud
topganlar.
Aminjon maxdum domlaning 6 nafar farzandi bo’lib, Muhammad Mubin ularning
to’ng’ichi edi.
Dastlabki ilmni otasidan olgan Muhammad Mubin qori Nabijon qori aka qo’lida
Qur’on yodlashga kirishadi. “Xamirturush” i Qur’on ilmi bilan qorilgan yosh
tolib Kalomullohni 9 yoshida taroveh namozida hatm qilib beradi. Yana ikki
yillik takror bilan Qur’on hifzini takomillashtirish natijasida u katta jamoatlarda
ham hatmga o’ta boshlaydi. Hatto ba’zi katta jamoatlar o’zlarining “jajji
imom”ini bo’ylariga tenglash maqsadida oyog’i ostiga sandal qo’yib berishar edi.
1945-1947 (1364-1365) yillar atrofida Aminjon mahdum domla “Devonaboy”
masjidida imom xatib bo’lib xizmat qilardi. Taxminan shu yillar orasida bir
izdihom bo’ladi. Majlisga shahrixonlik mashhur Qur’on ustozi Abduqahhor
maxdum domla rahbarlik qilardi. Qur’on bazmi boshlanadi. Muhammad Mubin
qorining ham tilovat qilib berishini taklif qilishadi. Shunda Abduqahhor maxdum
@diplom_ishlari telegram kanali
54
domla: “Uning qiroati yaramaydi, batajvid emas”, - deya u kishiga o’qitmay,
navbatni boshqa qoriga o’tkazib yuboradi. (Chunki Muhammad Mubin qori
domla Nabijon qori akada “Forsiy lahja” da yotlagan edi.) Aminjon mahdum
domlaga bu gap og’ir botadi. Abduqahhor domlaning bir qarashda salbiy
ko’ringan bu tadbiri tez fursatda o’zining ijobiy natijasini ko’rsatdi, go’yo yer
bag’riga sinchilgan nayza daraxtga aylanib, meva tuga boshlaydi:
Aminjon maxdum domla yig’indan so’ng o’g’liga o’sha kundan boshlab Imom
Jazariyning “Muqaddima” sini mingta sanoqqa yetkazib yotlashini buyuradi.
Vazifa bir kunda bajarilgach, maxdum domla Hofizi Qur’on o’g’lini olib,
Shahobiddin qori akaning huzuriga olib boradi. “Muhammad Mubin qori Imom
Jazariyning “Muqaddima” sini yod oldi. Uning amaliy tatbig’ini sizdan olsa”, -
deya, iltimos qiladi, Zero, Maxdum domlaning qiroat, tajvid ilmlariga bo’lgan
muhabbatlari zavqlari ham beqiyos edi. Faqat imkonoyatning torligi bu ishning
shu mahalgacha surilishigacha olib kelgan bo’lsa kerak. Bu Qur’on shaydosi
Shahobiddin qori akaga Qur’ondan ba’zi suralarni topshirgach, ustoz shogirdning
layoqatini tasdiqlab, Qur’oni karimning hammasiga mutlaq “Ijozat” –o’qish,
o’qitishga ruhsat beradi. Zehnining o’tkirligi, Qur’onga bo’lgan muhabbati va
iste’dodi Muhammad Mubin qori domlaning ustozlari va barchaning muhabbati
hamda e’tiborini qozonishlariga oz fursatda yetuk darajaga erishishlariga sabab
bo’ladi.
Mubinxon qori domla 1948-1951 yili (1367-1369) yillar orasida ilmiy
faoliyatlarini davom ettirish maqsadida otalarining ko’rsatmalari bilan
Buxorodagi Mir Arab madrasasiga boradilar. U yerda shar’iy ilmlarini o’stirish
bilan birga, talabalarga Qur’ondan dars berish bilan ham shug’ullanadilar.
Qori do Buxoroga ketishlari oldidan otalari Aminjon maxdum hazratlari duo
qilib, shunday deydi: “O’g’lim, sen tabarruk maskanlardan biriga ketmoqdasan.
Modomiki Buxoroda bo’lar ekansan, Muhammad Bahouddin Naqshbandiy
alayhirrohmaning qabrlariga borib, Qur’on xatm qilib bag’ishlab tur. Ahli fazl
kishilardan “Naqshbandiy Alayhirrohmaning qabrlariga tunning ma’lum bir
@diplom_ishlari telegram kanali
55
paytida osmondan nur inadi, Alloh taolo buni ko’rishni ba’zi bandalarigagina
nasib qiladi”, degan gap bor. Ajab emaski, Alloh taolo seni o’shalar jumlasidan
qilsa”.
Mubinxon qori aka shunday deydilar: “Men padari buzrukvorim nasihatlariga
muvofiq har payshanba Jum’aga o’tar kechasi Bahouddin Naqshbandiy
alayhirrohmaning qabrlariga borib, Qur’on xatm qilib bag’ishlashni odat qilib
oldim. Alloh taolo kaminaga ham otam aytgan iltifotni bir necha bor nasib etdi”.
Mubinxon qori aka 64 yoshlar o’tgan paytlari “Qizilo’ngach saratoni” dardiga
chalinadilar. Bir yarim yil davom etgan betoblik alaloqibat olti oy mutlaqo taom
yeyolmay qolishga olib keladi. Natijada Tojikistondagi muxlis shogirdlarning
harakati bilan u kishini o’sha yerdagi mutaxassis shifokorlarga olib borishadi.
Shifokorlar bemorni jarrohlik yo’li bilan ochib ko’rishsa, saraton chirmovi
allaqachon oshqozon taraflariga o’tib bo’lgan ekan. Ular bemorni darhol uyga
qaytarib olib ketishni maslahat bergach, tezlik bilan samalyotda Andijonga olib
kelishadi.
Andijonning eng yetuk siymolaridan biri, ushbu diyorga Qur’oni karim nurini
taratib turgan porloq quyoshi 1979 yil 10 mart (1399 yil 4 zulhijja), yakshanba
oqshomida Allohning amri bilan bu dunyoni tark etadi. Mubinxon qori akaning
Kalomullohga oshiq ruhi Allohning huzuriga yo’l olar ekan, bu ruhni yaqin 67 yil
o’zida olib yurgan muborak jasad Andijondagi Yakxon Shayx qabristoniga
dushanba kuni qoyiladi.
Janoza uyda o’qiladi. Janozaga kattalarning maslahati bilan “O’rta Osiyo va
Qozog’iston musulmonlari diniy idorasi” nomidan kelgan mehmon Po’latjon qori
aka imom bo’ladi va ta’sirli bir mav’iza qilib beradi.
Butun yurt motam to’nini kiyadi. Qur’on toliblari otasini yo’qotgan yetimdek
dovdirab qolishadi. Barcha Qur’on va ilm ahli ustozi kiromning haqlariga
to’xtovsiz tilovatu, duoyi xayrlar qiladilar.
@diplom_ishlari telegram kanali
56
Muhammad Mubin qori aka tiriklarida farzandlariga janozani o’zlari o’qishlarini
vasiyat qilgan ekanlar. Vafotlaridan ikki-uch kun o’tar o’tmay, kelinlarining biri
tush ko’radi: Hovliga tashqaridan kirib kelayotgan Muhammad Mubin qori
akaning yuzlaridan nimadandur ranjiganlari, g’azablanganlari balqib turar edi. U
kishi: “Bularning (o’g’illariga ishora qilib) qilgan ishiga qaraganda kelmas
edimku-ya, sizlarni deb keldim-da!” der edilar.
Bu tushni eshitgan farzandlar bu hafalikni vasiyat ijro qilinmaganidan, deb
biladilar va hali dafnga uch kun bo’lmaganligini inobatga olib, shogirdlar bilan
birgalikda qabr ustiga qayta janoza o’qiydilar. Katta o’g’il Muhammadiy qori
imom bo’ladi.
Rahmatulloh qori aka
Rahmatulloh qori Abulqosim o’g’li 1917 yil 15 mayda (1335 yil 24 Rajab)
Andijon shahrida hunarmand oilasida tavallud topganlar. Onalarining ismi
Halimaxon bo’lgan.
Rahmatulloh qori aka o’n ikki yoshlarida akalari Ne’matulloh qori akada Qur’on
yodlashni boshlaganlar va 24-25 yoshlarida Hofizi Qur’on bo’lib yetishganlar. 26
yoshlarida uylanganlar. Keyinroq Qur’oni Karimni Shahobiddin qori akada qayta
o’tkazib, qiroat va tajvidlarini takomillashtirganlar. 1967 (1386 1387) yili
Pokistonda Karachi shahrida bo’lib o’tgan jahon qorilar ko’rigida 2 o’rinni
egallaganlar.
Rahmatulloh qori aka o’z davrida Andijonning eng mashhur qorilaridan
bo’lganlar. Andijonlik alloma Abdulmajid Qozi domla Rahmatulloh qori akaning
qiroatlariga baho berar ekan: “Bolam, Qur’oni Karimni bir yo’la ma’nosi bilan
o’qiysan-da”, - deb qo’yar edilar.
Rahmatulloh qori aka alayhirrohma milodiy 1981 yil 12 sentyabrda (1401 yil 11
Zulqa’da) olamdan o’tdilar. Tiriklik chog’larida Qur’on nurini dillarga taratib
@diplom_ishlari telegram kanali
57
o’tgan ustozimiz Rahmatulloh qori akaning qabrlarini ham Alloh taolo Qur’on
nuri bilan munavvar aylasin! Amin!
XULOSA
1)
Tajvid ilmini o’zlashtirishda eng birinchi bosqich kishi nutqini arabiy
harflar talaffuziga o’rgatishdir. Harflar talaffuzini to’liq o’zlashtirgach, keyin
asta-sekin qiroat qoidalari o’rganila boshlanadi.
Shuni eslatib o’tish lozimki, kishi agar harflarni to’liq talaffuz qilmasa, u xolda
uning namozi ham, namozdan tashqaridagi qiroati ham durust bo’lmaydi. Kishi
to’g’ri o’qishga qodir bo’la turib, harflarni noto’g’ri talaffuz qilsa yoki ohangga
solib, xato qiroat qilsa, buning uchun u kishi gunohkor bo’lib qoladi. Tajvidsiz
namozni risoladagidek o’qish mumkin emas. Shu sabab, har bir mo’min banda
o’z imkoniyati darajasida ushbu ilmni o’zlashtirishga harakat va qattiq jiddu jahd
qilishi kerak. Shunday ekan bu ilmni madrasalarimizda mukammal ravishda
o’qitilishini umid qilib qolardik.
2)
O’tmishni yod etishda ko’p manfaatlar, hikmatlar bor. Alloh subhanahu va
taoloning o’z kalomi bo’lmish Qur’oni karimda o’tgan xalqlarning, shaxslarning
ibratli qissalariga katta o’rin berganligi ham albatta, bejiz emas. Rasulimiz
Muhammad sollallohu alayhi va sallamning o’z ummatlariga qadimgi ummatlar
hayotidan misollar keltirib berganliklari ayni hikmat asosida bo’lgan. Islom
ummati ham eng dastlabki kunlaridan hozirgi onlarigacha ushbu masalaga katta
e’tibor bergan va natijada tarixda misli ko’rilmagan asarlar dunyoga kelgan.
Biz ham ana shu ummatning kichik bir va’kili o’laroq, yaqin tariximizdan kichik
bir guldasta taqdim qilishni niyat qildik. Bu borada XX - asrda yashab o’tgan
ulamolarimiz, ahli Qur’onlarimizdan ba’zilari haqida yuqorida qisqacha bo’lsada
ma’lumot berib o’tishga harakat qildik. Bularni keltirishdan maqsad, kechagi
kunimizdan bir namuna sifatida holos. Toki, o’zimiz va kelajak avlod uchun
yodgorlik bo’lsa, xalqimiz o’zligini tanisa, hozirgi va kelajak avlodlar o’z hayotiy
@diplom_ishlari telegram kanali
58
yo’llarini tanlashda ularning hayotidan ibrat olsalar. Chunki ular yetuk, solih,
insoniy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan kishilar bo’lganki, ularga
ergashgan kishi albatta saodat topadi, inshaa Alloh! Ular haqidagi suhbat qalbga
taskin, ruhga quvvat, yaxshi amallarga ilhom baxsh etadi.
3)
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o’zbek xalqi milliy va
diniy qadriyatlarini to’la o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ma’lumki “Sho’rolar
zamonida tarixiy haqiqatni bilishni o’zi jinoyat edi, hukmron mafkura
manfaatlariga xizmat qilmaydigan har qanday manbaa lar iloji boricha xalq
ko’zidan yiroq saqlanardi. Ahvol shu darajaga yetib borgan ediki, o’z tariximizni
o’zimiz yozish huquqidan mahrum bo’lib qolgan edik. Mustaqillikga
erishganimizdan so’ng yutimizning barcha sohalarida taraqqiyot shu jumladan
dinimizga qaytish va diniy – ma’naviy meroslarimizni o’rganishdek sharafga ega
bo’ldik.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi dinimizni chuqur o’rganish ayniqsa
musulmonlarning dasturul amali bo’lgan Qur’oni karimni ma’nolarini va o’qish
qoidalarini o’rganishda ham asta sekin o’sish va rivojlanish bo’lib bormoqda.
Qur’oni karimga oid kitoblar, hadisi shariflar tarjimasi, ma’naviy boyligimiz
bo’lgan bobokalonlarimiz qoldirishgan beqiyos me’roslari xalqimizga katta
ne’mat sifatida taqdim etildi. Bundan tashqari mustaqillikdan buyon hozirgi
kunimizgacha olimlarimiz tomonidan barcha sohalarda yangi kitoblar chop etilib
kelinmoqda. Bugungi kunimizga kelib yurtimizda o’n xil turdan ortiq tajvid
qo’llanmalari chop etildi. Bu qo’llanmalar ta’kidlaganimizdek yildan-yilga o’sib
bormoqda. Bu borada boshqa tillarda yetarlik miqdorda ishlar amalga oshirilgan.
Biz ustozlarimizdan bu borada xalqimizga, ayniqsa biz talabalarga yanada
ko’proq yanada mukammalroq manbaalarni taqdim etishlarini umid qilib
qolardik.
@diplom_ishlari telegram kanali
59
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov asarlari va
nutqlari.
1. Karimov I.A. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. O’zbekiston, 1999.
2. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T.7-T.: O’zbekiston,1999.
3. Karimov I.A. “Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz”. T.7-T.:
O’zbekiston 1999
4. Karimov I.A. Samarqand shahrining 2750 yilligi tantanalarida so’zlagan
nutqi. “Xalq so’zi”. 2007 yil
O’zbek tilidagi adabiyotlar
5. Qur’oni Karim
6. Shayx Abdulaziz Mansur. “Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri”.
– T., 2006
7. Shayx Abdulaziz Mansur “Sahihi Buxoriy”. J.2, -T., “O’zbekiston milliy
enstiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2008.
8. U. Uvatov. “Sohibqiron arab muarrixlari nigohida”. - T., “Sharq”. 1997
Arab tilidagi adabiyotlar.
9. Muhammad ibn Saydi Muhammad Muhammad al-Amin. “al-Vajiz fi
hukmit-tajvidil kitabil Aziz”, Madinatul Munavvara. 2002.
10. Shayx Muhammad Makkiy Nasru al-Jarisi. “Nihoyatul qovlul mufid fi
tajvidil Qur’anil majid”, Dorul kutubul ilmiyya, Bayrut. 2003
@diplom_ishlari telegram kanali
60
11. Yahyo Abdurazzoq al-G’avsoniy. “Ilmut-tajvid ahkomun-nazariyya va
mulahazatu-t tatbiqiyya”, Maktabatu dorul G’avsoniy. Damashq 1998
12. Ibn al-Jazariy. “An-Nashru fi-l qiroati-l-ashara”. BAyrut, Livan.
13. Muhammad Tohir al-Kurdiy. “tarixu-l-Qur’ani-l-karim”. Makka “Al-fath”
matbaasi. 1946 y
14. Shahobiddin Ahmad ibn Muhammad ad-Dimyotiy. “Ithofu fuzaloi-l-
bashar fi-l-qiroati-l-arbaati ashar”. -Livan. 1998.
15. Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazariy. Matnul Jazariyya fi ma’rifati
tajvidil ayatil Qur’aniyya., Shomila
16. “G’oyatu-l-muriyd fi ilmi-t-tajvid”. Shomila.
17. “Ahkomu-t-tajvid”. Shomila.
18. “Al imam ibn al-Jazariy muhaddisan” Shomila
19. “G’oyatu-l-muriyd fi ilmi-t-tajvid” Shomila.
20. “An-Nashr fil qiroatil ashara” Shomila.
@diplom_ishlari telegram kanali
61
Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta maxsus
islom bilim yurti talabasi Najimova Habiba-
ning “Tajvid ilmining rivojlanish bosqichlari
va ularning xususiyatlari” mavzusida yozgan
bitiruv-malakaviy ishiga
ILMIY XULOSA
Diyorimiz mustaqillikka erishgan paytdan xalqimiz o‘z tarixiy, ma’naviy,
milliy va diniy meroslariga qaytadan ega bo‘la boshladi. Ajdodlarimizdan qolgan
buyuk ilmiy meros, ular yozib qoldirgan bitik va bilimlar bitmas-tuganmas xazina
o‘laroq bizlargacha yetib keldi. So`nggi yillarda barcha sohada yangilanish ishlari
amalga oshirildi. Jumladan, ma’naviy sohada xalqimizdan yetishib chiqqan buyuk
siymolar tarixini o’rganishdek buyuk baxt biz yoshlarga nasb qilib turibdi.
Shu ma’noda har bir millat va xalqning iftihori uning dunyoda ilm-fan
madaniyat ravnaqiga o’z mehnatini ayamagan olimlari va jahon tamadduni
rivojiga qo’shgan hissalari bilan ham o’lchanadi. Mana shu me’zonga qarab
aytadigan bo’lsak, bizning ushbu ko’hna zaminimiz ham hech bir mubolag’asiz,
dunyoda eng ilg’or o’rinlardan birini egallaydi. Chunki bu o’lkadan yetishib
chiqqan olimlar, fozillar ilmning deyarli har bir sohasi rivojiga o’zlarining
beqiyos hissalarini qo’shganlar. Imom al-Buhoriy, Muhammad Muso al-
Horazmiy, Imom Moturudiy, Burhoniddin al-Marg’inoniy, Mahmud az-
Zamahshariy va shu kabi yuzlab, balki minglab siymolarni sanab o’tishimiz
mumkin. Shu jumladan Islom dinining asosiy manbasi bo’lmish Qur’oni karim va
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning eng to’g’ri hadis
to’plamlari bir necha martta nashr qilindi.
Bugungi kunda har bir millat o’z dini tarixi va o’sha dinda bitilgan asarlarini
o’rganayotgan bir paytda, musulmon olamida yashayotgan insonlar uchun ham o’z
dinlari bo’lmish Islomni o’rganish va uning eng asosiy manbasi bo’lmish Qur’onni
o’rganish va uning o’qilish qonun qoidalarini puxta egallash bilan bo’ladi.
Shuningdek, bu Kitobni o’qishda ishlatiladigan qonun-qoidalar, qachon va kimlar
@diplom_ishlari telegram kanali
62
tomonidan ta’lif etilganligini ham bilish yanada ahamiyatliroqdir. “Tajvid ilmining
rivojlanish bosqichlari va ularning xususiyatlari” mavzusidagi ushbu bitiruv
malakaviy ishda talabamiz Najimova Habiba yuqorida zikr etilgan ma’lumotlarni
keng yoritib o`tgan.
Talabamiz mavzuni yoritishda bor imkoniyatlarini ishga solgan va mavzuni
juda yaxshi yoritib bergan. Reja bandlari mukammal darajada ochib berilgan.
Ularni yoritishda ko`plab zaruriy manba va adabiyotlardan foydalangan. Talaba
o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishgan. Shunday ekan, mazkur bitiruv-malakaviy
ishini ijobiy baholash mumkin.
Ilmiy rabar: Kenjaboy Gulruh
@diplom_ishlari telegram kanali
63
Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom
bilim yurti talabasi Najimova Xabibaning
“Tajvid ilmining O’zbekistonga kirib kelishi”
mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishiga
TAQRIZ
Qur'oni Karimni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrlaridan to bizning
zamonimizgacha tajvid bilan tilovat qilish vojibligiga islom ummati ijmo qilgan,
bunga hech kim hilof qilmagan. Tajvid ilmi va uning tarixi hozirgacha dunyoning
ko'pgina yurtlarida islomshunos olimlar tomonidan turkiy tillarda o'rganib
kelingan. O'zbek tilida esa bu borada deyarli juda kam ma'lumot uchratish
mumkin. O'zbek tilida yozilgan tajvid asarlari ham faqat Qur'on o'qish uchun
ishlatiladigan qoidalarni sharhlash bilan cheklanilgan. Mazkur “Tajvid ilmining
O’zbekistonga kirib kelishi” mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishi mana
shu mavzuni keng yoritishga qaratilgan. Ma'lumki, diyorimizga Islom dini VIII
asrda kirib kelgan bo'lsada, Qiroat va tajvid ilmlarining rivoji asosan XIV asrda
Amir Temur xukmronligi davrida ularning shaxsiy buyruqlari bilan imom Ibn al-
Jazariyni Samarqandga olib kelishi bilan bog'liqdir. Ibn al-Jazariy ikki yil
mobaynida Samarqand va uning atrofidagi shaharlarda qiroat turlari bo'yicha
saboqlar bergan. Ibn al-Jazariyning mavqeyi va qadr qimmatining naqadar ulug'ligi
xususida o'z zamonasidan to hozirgi kungacha ko'pchilik olimlar guvohlik
berishgan.
Mazkur bitiruv-malakaviy ishning birinchi bo'limida tajvid ilmining ta'rifi,
ahamiyati va uning kelib chiqish tarixi xaqida, uning ikkinchi bo'limida esa
O'zbekistonga tajvid ilmining kirib kelishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek
XIX-XX asrda O'zbekistonda yetishib chiqqan mashhur qorilar xaqida batafsil
ma'lumotlar berilgan. Bitiruv-malakaviy ishi uchun dolzarb mavzu tanlangan va
reja bandlari to'liq yoritishga harakat qilingan. Lekin, Ibn al-Jazariydan keyin
tajvid ilimining raivojlanish bosqichlari uzviy ravishda ochib berilmagan.
@diplom_ishlari telegram kanali
64
Shuningdek, diplom ishida ayrim imloviy va texnik xatolar uchrab turadi, ammo
bu xatolar diplom ishi mazmuniga ta'sir qilamagan. Mazkur bitiruv-malakaviy
ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.
Taqrizchi: Gulobod Qurbonova
Do'stlaringiz bilan baham: |