MUSIBAT CHOG'IDA HADDIDAN OSHISH
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yuzlariga uradigan, yoqalarini yirtadigan
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
43
va johiliyat da’volari bilan baqirib-chaqiradigan kimsalar bizdan emas» (Buxoriy
rivoyati).
Abu Burda roziyallohu anhu aytadilar: «Abu Muso Ash’ariy dardga chalindilar. Boshlarini
ayolining tizzasiga qo‘ygan holda hushlaridan ketdilar. Ayoli zorlanib dod-voy qila ketdi.
Uni biron yo‘sin bilan qaytarishga qurblari yetmadi. O‘zlariga kelgach: «Men Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam pok-begona bo‘lgan kimsalardan pokman. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam esa, musibat chog‘ida dod-voy solib baqiradigan, sochlarini yuladigan va
kiyimlarini yirtadigan ayollardan pokdirlar», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Mazkur hadisda bayon qilingan noo‘rin xatti-harakatlar harom ekanligiga ulamolar ittifoq
qilishgan. Xuddi shuningdek, sochini yoyib olish, yanoqlariga shapatilash, yuzini
yumdalash va o‘ziga o‘lim – halokat tilash ham haromdir.
Ummu Atiyya (roziyallohu anho) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizdan
bay’at chog‘ida dod-voy solib yig‘lamaslikka ahd olganlar» (Buxoriy rivoyati).
Sarvari olam sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlar o‘zlaridagi narsa sababli kofir
bo‘ladilar, nasabga ta’na qilish va mayyitga dod-voy solib yig‘lash» (Muslim rivoyati).
No‘mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadilar: «Abdulloh ibn Ravoha hushlaridan
ketdilar. Singlisi yig‘lab: «Ey tog‘im, ey falonim, ey fistonim», deya sanay ketdi. U zot
hushlariga kelgach: «Sen nima degan bo‘lsang, mendan «Sen shunaqamisan?» deb
so‘rashdi», dedilar».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Dod-voy solib yig‘laganliklari sababli
mayyit qabrida azoblanadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Qaysi odam o‘lsa-yu, uning yig‘lovchilari: «Ey suyangan tog‘im, ey sayyidim»,
desa yoki shu kabi so‘zlarni aytsa, mayyitga ikki farishta vakil qilinadi-da, ko‘kragidan
itarishib: «Sen shunaqamisan?» deb so‘rashadi» (Termiziy rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytganlar: «Dod solib yig‘lovchi ayol agar
o‘lmasidan oldin tavba qilmasa, qiyomat kunida qatrondan (qora yelimdan) ko‘ylak va
qora qo‘tirdan sovut kiygan holda turg‘aziladi» (Muslim va Ibn Moja rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Men ikki ahmoqona, gunohkorona
ovozdan qaytarildim: xursandchilik vaqtdagi ovoz – o‘yin-kulgi va shayton surnayi
(nag‘masi) hamda musibat chog‘idagi ovoz, yuzni yumdalab, yoqani yirtish va zorlanish»
(Termiziy rivoyati).
Abu Said Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dod
solib yig‘lovchi va unga quloq soluvchi ayollarni la’natlaganlar» (Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ikki ovoz dunyo va oxiratda
la’natlangandir: ne’mat – xursandchilik vaqtidagi nag‘ma va musibat chog‘idagi
zorlanish» (Bazzor rivoyati).
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |