www.ziyouz.com kutubxonasi
115
bo‘lsa-da, sira hukm chiqarmaganimda edi», deb orzu qiladi», deganlarini eshitdim»
(Ahmad, Ibn Hibbon rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, kimki ummatimning bironta
ishiga boshliq bo‘lib, ularni mashaqqatga qo‘ysa, uni Sen ham mashaqqatga qo‘y. Kimki
ummatimning bironta ishiga boshliq bo‘lib, ularga mehribonlik qilsa, unga Sen ham
mehribonlik qilgin», der edilar (Muslim, Nasoiy rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh kimni musulmonlarning bironta
ishiga rahbar qilib qo‘ysa-yu, u musulmonlarning ehtiyojlari, muhtojliklari va
faqirliklaridan ko‘z yumsa, Alloh qiyomat kunida uning ehtiyoji, muhtojligi va faqirligidan
ko‘z yumadi» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mendan so‘ng amirlar bo‘ladi. Kimki
ularning huzuriga kirib, yolg‘onlarini tasdiqlasa, zulmlariga yordam bersa, u mendan
emas, men ham undan emasman. Va u hovuzga yaqin kelmaydi. Kimki ularning
huzuriga kirmasa va zulmlariga yordam bermasa, yolg‘onlarini tasdiqlamasa, u mendan
va men ham undanman. Va u hovuzga keladi» (Termiziy rivoyati).
Abu Umoma roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Ummatimdan ikki toifasi hargiz shafoatimga noil bo‘lmaydi: «Zolim, adolatsiz
rahbar hamda har bir yovuz murtad» (Tabaroniy rivoyati).
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Qiyomat kuni eng qattiq azobga duchor bo‘ladigan do‘zaxiy –
payg‘ambarni o‘ldirgan yoki payg‘ambar tomonidan o‘ldirilgan kimsa va haq yo‘ldan
adashgan rahbar» (Bazzor rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki odamlarga rahm qilmas ekan,
unga Alloh ham rahm qilmaydi» (Tabaroniy).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga
yuborayotganlarida: «Mazlumning duosidan qo‘rq. Zero, uning duosi bilan Alloh orasida
hijob – to‘siq yo‘qdir», deganlar (Muttafaqun alayh).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qiyomat kunida uch toifa odam bilan
gaplashmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi ham», deb ulardan biri yolg‘onchi
podshoh ekanini bayon qilganlar (Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlar yaqinda amirlikka qiziqib
qolasizlar. Holbuki, u qiyomat kunida nadomatga sabab bo‘ladi» (Buxoriy rivoyati).
Yana bir hadisi sharifda: «Biz bu ishga (amirlikka) uni so‘ragan kishilarni ham, unga
qiziqqan kishilarni ham tayinlamaymiz», deyilgan.
Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam menga: «Amirlikni so‘rama. Agar unga so‘ramasdan yetishsang, uni qo‘llab-
quvvatlaysan. Bordi-yu, unga so‘rab yetishsang, unga suyanib qolasan», dedilar»
(Buxoriy va Muslim rivoyati).
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |