www.ziyouz.com kutubxonasi
94
qiyomat kunida Alloh undan na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur» (Buxoriy, Muslim
rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yuziga
tamg‘a bosilgan eshak yonidan o‘taturib: «Uning yuziga tamg‘a bosgan kimsani Alloh
la’natlasin», dedilar» (Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzga tamg‘a bosadigan kimsani la’natlaganlar
(Tabaroniy rivoyati).
Erining to‘shagini tark etgan holda tunaydigan ayol qaytmagunicha la’natlanadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Er xotinini to‘shagiga chorlagan vaqtda
(xotini) kelmasa va eri undan norozi bo‘lib tunasa, to tong otguncha farishtalar u ayolni
la’natlaydilar» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Ayol uyidan chiqsa-yu, eri norozi bo‘lsa, to uyiga qaytgunicha, osmondagi
barcha farishtalar va insu jindan tashqari u yonidan o‘tgan har bir narsa unga la’nat
aytib turadi» (Tabaroniy rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari o‘tgan Bani Isroil
qavmida biron kishi xato ish qilsa, boshqa biri uni koyib, bu ishdan qaytarardi. Ertasiga
esa, kechagina uning xato qilganini ko‘rmaganday, u bilan birga o‘tirar, yeb-ichar edi.
Alloh taolo ularning bu ishini ko‘rgach, ayrimlarining qalblarini ayrimlari tufayli muhrladi
hamda ularni Dovud va Iso ibn Maryam tilida la’natladi. Ular osiylik qilganlari va
hadlaridan oshganlari sababli shu balolarga duchor bo‘ldilar. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga
qasamki, albatta, yaxshilikka buyurasizlar, yomonlikdan qaytarasizlar, xatokorning
qo‘lidan tutib, haqqa, albatta, yo‘llaysizlar. Bo‘lmasa, Alloh, albatta, ayrimlaringiz
qalblarini ayrimlaringiz tufayli muhrlaydi va ularni la’natlagandek, sizlarni ham
la’natlaydi» (Tabaroniy rivoyati).
Abu Said Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir
necha qurayshlik o‘tirgan uyga kirdilar-da, eshikning ikki kesakisidan tutib turib: «Uyda
faqat qurayshliklar bormi?» deb so‘radilar. Ular: «Yo‘q, singlimizning o‘g‘li ham bor»,
deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Qavm singlisining o‘g‘li ham ulardandir»,
dedilar va davom etdilar: «Albatta, bu ish rahm-shafqat so‘rashganda rahm-shafqat
ko‘rsatar, hukmda adolat qilar va taqsimotda to‘g‘ri, halol taqsimlar ekan, Quraysh
qo‘lida bo‘ladi. Kimki buni qilmas ekan, unga Allohning, farishtalarning va barcha
insonlarning la’nati bo‘lur» (Tabaroniy rivoyati).
Urva ibn Zubayrdan rivoyat qilinadi: Zubayr roziyallohu anhu bir o‘g‘rini uchratib qoldi
va uni shafoatiga oldi. Undan: «Imomga (boshliqqa) olib borguncha shafoatingizga
oldingizmi?» deb so‘rashgan edi, u zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytganlaridek, (imomga) yetgan vaqtda shafoat qiluvchini ham, shafoat qildiruvchini
ham Alloh la’natlaydi», deya javob berdilar (Tabaroniy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biron
hukm borasida pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlaganlar» (Termiziy, Ibn
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |