Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar!



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/210
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#283173
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! 
Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» (Baqara surasi, 153). 
 
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Alloh taolo: «Men sizlar bilan birgaman, 
sizlarga yordam beraman, o‘z holingizga tashlab qo‘ymayman», deyapti». 
 
«Va, albatta, sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni 
kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: 
«Albatta, Biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga 
qaytguvchilarmiz», deydigan sabrli kishilarga xushxabar bering! Ana 
o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir. Ana 
o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» (Baqara surasi, 155–157). 
 
«Sizlarni imtihon qilamiz» jumlasining ma’nosi «sizlarga imtihon qiluvchidek muomalada 
bo‘lamiz», deganidir. Chunki Alloh taolo barcha ishlarning oqibatini biladi, oqibat – 
natijani bilish uchun imtihon qilib ko‘rishga muhtoj emas. Endi kimki sabr qilsa, sabriga 
yarasha savob oladi, sabr qilmasa, savobga ega bo‘lmaydi. 
 
«... xavfu xatar va ochlik bilan», degani dushman xavfi hamda ocharchilik va 
qurg‘oqchilik bilan, deganidir. 
 
Molga ziyon yetishi, talofatga uchrashi, chorvalarning halok bo‘lishi molni kamaytirish 
bo‘lsa, o‘lish, qatl etilish, kasalga chalinish va keksayish jonni kamaytirishdir. Meva-
chevalarni kamaytirish esa meva-chevayu, ekin-tikinlarga ofat yetishi, hosilning kamayib 
ketishi bilan bo‘ladi. 
 
Oyat musibatlarga sabr qilgan kishi Alloh taoloning savobiga musharraf bo‘lishi haqidagi 
xushxabar bilan xotimalangan. Ushbu baxtiyor zotlar mazkur musibatlardan birontasiga 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
duchor bo‘lgan vaqtlarida: «Albatta, biz Allohning bandalarimiz va, albatta, biz U zotga 
qaytguvchilarmiz», deyishadi. Ya’ni, biz Allohning qullarimiz, bizning ustimizda 
xohlagandek tasarruf qiladi va biz oxir oqibat U zot huzuriga, hukmiga qaytamiz. 
 
Said ibn Musayyabdan rivoyat qilindiki, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdilar: 
«Naqadar yaxshi ikki bashorat va qanday ham yaxshi ilova. «Ana o‘shalarga 
Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir» – bu ikki bashorat, 
«Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» – bu ilova». 
 
Said ibn Jubayr aytganlar: «Darhaqiqat, musibat chog‘ida bu ummatga ilgarigi 
payg‘ambarlarga berilmagan narsa – «Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, 
biz U zotga qaytguvchilarmiz» iborasi berilgan. Mabodo payg‘ambarlarga berilganda edi, 
Yo’qub alayhissalomga ham berilgan bo‘lardi. U zot o‘g‘lini yo‘qotganda: «Ey bechora 
Yusuf-a», degan edilar (Yusuf surasi, 84). 
 
Ulamolar aytishganki: «Baland ovozda quyushqondan chiqib yig‘lash haromdir. Dod-voy 
solmasdan, qichqirmasdan yig‘lash harom emas». 
 
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn 
Uboda roziyallohu anhuni ko‘rgani bordilar. Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos 
va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhumlar ham u zot bilan birga edilar. Rasuli akram 
ko‘zlariga yosh oldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yig‘laganlarini ko‘rib, 
ular ham yig‘lashdi. U zot: «Eshitmayapsizlarmi? Alloh ko‘z yoshi va qalb mahzunligi 
sababli azoblamaydi. Lekin bu tufayli azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar-da, tillariga 
ishora qildilar (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
 
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
qizlarining o‘g‘lini olib kelishdi. Bola o‘lim holatida edi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning ko‘zlaridan yosh quyildi. Sa’d u zotdan: «Yo Rasululloh, bu nimasi?» deb 
so‘ragan edi: «Bu Alloh taolo bandalarining qalbiga joylab qo‘ygan rahmatdir. Alloh 
rahmdil bandalariga rahm qiladi», deya javob berdilar (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
 
Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzandi 
Ibrohimning oldiga kirdilar. U zo‘rg‘a nafas olar edi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning ko‘zlaridan yosh quyildi. Abdurahmon ibn Avf u zotdan: «Yo Rasululloh, siz 
ham yig‘laysizmi?» deb so‘ragan edi, «Ey Ibn Avf, u rahmatdir», dedilar va yig‘lagan 
ko‘yi so‘zlashda davom etdilar: «Ko‘z yosh to‘kadi, qalb g‘amgin bo‘ladi, biz faqat 
Parvardigorimiz rozi bo‘ladigan so‘zni aytamiz, Ey Ibrohim, biz sendan judo 
bo‘layotganimizdan mahzunmiz» (Buxoriy rivoyati). 
 
«Mayyit yaqinlarining yig‘isi sababli azoblanadi», degan sahih hadisning zohiri olinmaydi, 
balki ta’vil qilinadi. Ulamolar uning ta’vili xususida turli fikrlarni bildirishgan. Ularning 
orasida asoslirog‘i – mayyitning o‘zi yig‘lashni vasiyat qilgan yoki boshqa bir sababi 
bo‘lgan bo‘lsagina azoblanadi. 
 
Mayyitning o‘lishidan oldin ham, keyin ham yig‘lash joiz. Quyidagi sahih hadisga binoan 
esa oldin yig‘lagan durustroq. «Agar biron kishi vafot etsa, hech kim yig‘lamasin». 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Imom Shofe’iy va ashoblari mazkur hadis karohatni ifodalaydi, deb ta’vil qilishgan va 
mayyit o‘lganidan keyin yig‘lashni makruh deb bilishgan. 
 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish