Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/210
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#283173
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

YOLG’ON GAPIRISH 
 
Alloh taolo aytadi: 
 
«Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas» 
(Zumar surasi, 3). 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
Ya’ni, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsani hidoyatiga muvaffaq qilmaydi, haq dinga yo‘llab 
qo‘ymaydi. 
 
«Yolg‘on so‘zlarni ham faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan 
kimsalargina to‘qirlar. Ana o‘shalar yolg‘onchidirlar» (Nahl surasi, 105). 
 
Ya’ni, Allohga va oyatlariga iymon keltirmagan kimsagina U zot sha’niga yolg‘on to‘qiydi. 
Chunki u azobga duchor bo‘lishidan qo‘rqmaydi. U haqiqiy yolg‘onchidir. Yolg‘on gapirish 
ulkan jinoyat bo‘lgani bois, mo‘min unga yaqinlashmaydi. 
 
«Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Fofir 
surasi, 28). 
 
Ya’ni, Alloh haddan oshib zalolatga botgan va U zot sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsani 
hidoyatga, iymonga muvaffaq qilmaydi. 
 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Rostgo‘ylikni mahkam tutinglar. Zero, rostgo‘ylik ezgulikka yo‘llaydi, ezgulik esa 
jannatga boshlaydi. Kishi rost gapirish va rostgo‘ylikka intilishda davom etaveradi, 
natijada Alloh huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar. Zero, 
yolg‘onchilik fojirlikka (gunohkorlikka), fojirlik esa do‘zaxga boshlaydi. Banda yolg‘on 
gapirish va yolg‘onchilikka intilishda davom etaveradi, nihoyat Alloh huzurida yolg‘onchi 
deb yoziladi», dedilar» (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati). 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: 
«Munofiqning alomati uchta: gapirsa yolg‘on gapiradi, va’da bersa, ustidan chiqmaydi, 
omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi» (Muttafaqun alayh). 
 
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, u haqiqiy munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan biri bo‘lsa, 
to uni tark etmagunicha unda munofiqlikning bir xislati bo‘ladi: omonat qo‘yilsa, xiyonat 
qiladi, gapirsa, yolg‘on gapiradi, ahd qilsa, (ahdida) turmaydi, xusumatlashsa 
(tortishsa), fojirlik qiladi», dedilar» (Buxoriy, Muslim rivoyati). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tushlari haqidagi hadisi sharifda shunday 
deyilgan: «So‘ng orqasi bilan chalqancha yotgan bir kishining yoniga keldim. Tepasida 
temir changak ko‘targan boshqa birov turardi. Shu payt u (yotgan kimsa) yuzining bir 
tomoniga yaqinlashdi-da, yuzini burnini va ko‘zini ensasigacha yirtib tashladi. So‘ngra 
nima qilgan bo‘lsa, shuni qildi. Bu tomonidan bo‘shamay turib, narigi tomoni tuzalib 
qoldi. So‘ng yana u tomonga o‘tib, birinchi safar qilgan ishini qila boshladi. Men: 
«Subhonalloh, bu nima?» deb so‘ragan edim, «Yur, ketdik», deyishdi. Keyin ikki farishta 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga buni izohlab: «Endi, yuzi ensasigacha, yuzi, 
burni va ko‘zi ensasigacha yirtilayotgan kishiga kelsak, u ertalab uyidan chiqib, 
ufqlargacha yetadigan darajada ko‘p yolg‘on gapiradigan kimsadir», deyishdi» (Buxoriy 
rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh 
gapirmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, ularga (rahmat nazari bilan) qaramaydi 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
va ularga alamli azob bo‘ladi. (Ular): zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh va mutakabbir 
kambag‘al» (Muslim, Nasoiy rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Odamlarni kuldirish uchun yolg‘on 
gapiradigan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin» (Abu Dovud, Termiziy 
rivoyati). 
 
Hadisi shariflardan birida: «Mo‘minning tabiatida xiyonatkorlik va yolg‘onchilikdan 
tashqari har qanday xislatga moyillik bo‘lishi mumkin», deyilgan (Bazzor, Abu Ya’lo 
rivoyati). 
 
Navos ibn Sam’on roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Birodaring seni tasdiqlab deb turganida, unga yolg‘on gap aytishing katta xiyonatdir», 
dedilar» (Ahmad rivoyati). 
 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka 
intilishdan to‘xtamaydi, nihoyat uning qalbida qora dog‘ paydo bo‘ladi. Borib-borib qalbi 
batamom qorayadi va Alloh nazdida yolg‘onchilardan deb yoziladi». 
 
Yolg‘on qasam ichish yolg‘on gapirishdan ham yomonroqdir. 
 
Alloh taolo munofiqlar haqida xabar berib bunday deydi:  
 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish