«Sizlar butun olamlardan (ajrab – hech bir jonzot qilmagan ishni qilib,
ayollarga uylanish o‘rniga) erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Va
Parvardigoringiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisizlar?!
Yo‘q, sizlar haddan oshguvchi qavmdirsizlar» (Shuaro surasi, 165–166).
Sizlar hech bir jonzot qilmaydigan ishni qilib, ya’ni, ayollarni qo‘yib erkaklarga yaqinlik
qilish bilan insoniylik chegarasidan chiqib, hayvon darajasiga tushib qoldinglar. Hattoki
hayvon ham bu ishdan jirkanadi. Sizlar hayvonlardan ham tuban, yaramas kimsalarsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |