ZAIFLAR VA QO‘L OSTIDAGILAR – XOTIN, QUL, JONIVORLAR HAQINI POYMOL
QILISH
Alloh taolo aytadi:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-
onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va
begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va
qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta, Alloh mutakabbir va
maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi» (Niso surasi, 36).
Alloh taolo O‘zini bir, yakka va yolg‘iz deb bilish, ulug‘lash qatorida quyidagilarga yaxshi
munosabatda bo‘lishni buyurdi:
Ota-onaga – ularga mehribonlik ila yaxshi munosabatda bo‘lish, qo‘pol muomala
qilmaslik, huzurlarida baland ovozda gapirmaslik va qul ho‘jayiniga itoat etganday
itoatkor bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |