«Biz, to biron payg‘ambar yubormaguncha (u orqali o‘zimizning amru
farmonlarimizni yuborib, unga itoat qilishdan bosh tortmagunlaricha, biron
kimsani) azoblaguvchi emasmiz» (Al-Isro surasi, 15).
Sahobalar Habashistonda ekanliklarida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga vahiy
orqali vojib va haromlar nozil bo‘lgan. Bu hukmlar esa ularga bir necha oydan keyin
yetib borgan. Ular bu muddat mobaynida bilmaganlari uchun ma’zur hisoblanishgan.
(Qolaversa, islom ummatidan bilmagan, unutgan va majbur etilgan amallarining gunohi
ko‘tarilgan. – (Tarjimon.)
Birinchi gunohi kabira
KATTA SHIRK
Katta shirk – Allohga biron bir narsani sherik qilish, teng bilish va u zot bilan birga tosh,
daraxt, quyosh kabi boshqa narsalarga ibodat qilishdir. U gunohi kabiralarning eng
kattasidir. Allohning O‘zi saqlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |