Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
140
Ya’ni, bir kishi boshqa bir birodarining aybini qidirmasin. Alloh
berkitgan narsani qilishga
urinmasin.
Mufassirlar: «Josuslik – musulmonlarning aybu nuqsonlarini qidirish», deganlar.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhuga: «Valid ibn Uqbaning soqolidan xamr tomib yuradi»,
deyishgan edi, u zot: «Batahqiq, biz josuslik qilishdan qaytarilganmiz. Biroq,
uning
rostdan ham ichuvchi ekani ma’lum bo‘lsa, uni jazolaymiz», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim
bir qavmning gaplariga, ular
yoqtirmasalar-da,
quloq solsa, qiyomat kunida uning quloqlariga eritilgan qo‘rg‘oshin
quyiladi».
Allohdan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan ishlariga muvaffaq etishini so‘raymiz. U
marhamatli, saxovatli zotdir.
Ellik to‘qqizinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: