www.ziyouz.com kutubxonasi
124
Ellik uchinchi gunohi kabira
ZINO
Alloh taolo bandalarini zinoga yaqinlashishdan va zinoga sabab bo‘ladigan ishlardan
qaytarib shunday deydi:
«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki bu buzuqlikdir va eng yomon yo‘ldir» (Al-
Isro surasi, 32).
«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga duo-iltijo qilmaslar va Alloh
(o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar.
Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur.
Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda
xorlangan holida mangu qolur» (Furqon, 68–69).
«Zinokor ayol va zinokor erkak – ulardan har birini yuz darradan uringlar...»
Bundan tashqari ular bir yilga shaharlaridan badarg‘a qilinadilar. Bu haqda sahih hadis
vorid bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |